XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.28K videos
32 files
5.96K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tuproqqalʻa_IM
#ELDP

🇺🇸16-Sentabr kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika Kengashlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston bo‘ylab maktab rahbarlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan Educational Leadership Development Program (ELDP) “Taʼlim sohasida rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” dasturining birinchi o‘quv modulini ishga tushirdi.

14 hududdan 28 nafar maktab rahbarlari AQSHning Jorj Meyson Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan kursda o‘zlarining rahbarlik va taʼlim sohalaridagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida intensiv treningda ishtirok etishadi.

28 nafar ishtirokchi o‘quv yili davomida respublika bo‘ylab yana 280 nafar maktab direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun trener sifatida faoliyat olib borishadi.

✔️ELDP treninglarida Xorazm viloyatidan TUPROQQAL'A TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN maktabi direktori LOBARXON MATYAKUBOVA ham qatnashmoqda.

Mashg'ulotlar 27-sentabrga qadar davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

Ixtisoslashtirilgan maktablarda darslar zamonaviy talablarga ko'ra tashkil qilinmoqda.

🕹Yangibozor tumani IMI geografiya fanida ozon qatlamining ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar berildi.(R.Xolmuratov)
7-A,7-B sinflarda "O'lchashlarni baholash"mavzusida fizikadan amaliy mashg'ulot o'tkazildi. (Z.Vaisova)

🕹 Xonqa tumani IM 7-D sinfida "O‘simlik ildizlarini o‘rganish. O‘q va popuk ildizlar" (M. Xudoyberganova) va "Ildiz turlari va ildizmevalarni o‘rganish" (D.Sobirova), 8-G sinfda "Dixotomik kalit tuzish" (D.Sobirova) mavzusida biologiyadan amaliy mashg‘ulotlar o'tkazildi.

🕹Xiva shahar 1-son IMIda 7-B sinfda "Matematik mayatning tebranish davri" mavzusida fizikadan amaliy mashg'ulot o'tkazildi. (Q.Do'schanov)

🕹Shovot tuman IMIda "Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni" munosabati bilan amaliy mashg'ulot tashkil qilindi. (I.Soriyeva)
7-"D" sinfda "Zulfiya va Asqad Muxtor she'riyati qiyosiy tahlili" mavzusida muhokama darsi o'tkazildi. (Z.Atajonova)

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Girls_club

🪩 Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchi qizlari "Girls club"ning bu yilgi rejasi bilan tanishib, bir jamoa sifatida o'z qo'shimchalari va fikrlarini bildirishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuproqqalʻa_IM
#hamkorlik

Davlatimiz rahbarining o‘quvchilarni kasb-hunarga  yo‘naltirish masalasidagi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tumanda faoliyat ko'rsatayotgan idoralar, xizmat ko'rsatish korxonalar bilan memorandum imzolandi.

🏢Maktab maslahatchisi Ruzmat Matyakubov hamda maktab psixoligi Saboxat Saparova o'quvchilar bilan suhbatlashib ular qiziqqan sohalar bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.

⚡️ Tez kunlarda kasbga yo'naltirish bo‘yicha ekskursiyalar boshlanadi.


🌐 Telegram | Facebook