XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.28K videos
32 files
5.96K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Xiva_shahar_2_son_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining direktor o'rinbosari M. Matyoqubova, maktab kutubxonasi rahbari Sh. Ismoilova, maktab psixologi S. Qalandarova, tasviriy san'at fani o'qituvchisi Sh. Ro'zmetovalar hamda maktab o'quvchilari "𝗔𝘀𝘀𝗮𝗹𝗼𝗺, 𝗫𝗼𝗿𝗮𝘇𝗺" tonggi dasturiga taklif qilindi.

👆Ushbu videolavhada ustozlar va o'quvchilarning chiqishlarini to'liq tomosha qilishlaringiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#kitobxonlik

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari maktab kutubxonasi xodimlari bilan birgalikda turli tadbirlar tashkil qilib kelmoqdalar. Jumladan:

📕16-sentabr kuni ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Matluba Hamrayeva 6-B sinf o'quvchilari bilan birgalikda maktab kutubxonasida "Bir haftada-bir kitob" shiori ostida G'afur G'ulomning "Shum bola" asari bo'yicha taqdimot o'tkazdi.

📘17-sentabr kuni o'zbek adabiyoti taniqli vakili Abdulla Qahhor tavalludi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavluda Rahmonova va 6-A sinf o'quvchilari ishtirokida qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tuproqqalʻa_IM
#ELDP

🇺🇸16-Sentabr kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika Kengashlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston bo‘ylab maktab rahbarlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan Educational Leadership Development Program (ELDP) “Taʼlim sohasida rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” dasturining birinchi o‘quv modulini ishga tushirdi.

14 hududdan 28 nafar maktab rahbarlari AQSHning Jorj Meyson Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan kursda o‘zlarining rahbarlik va taʼlim sohalaridagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida intensiv treningda ishtirok etishadi.

28 nafar ishtirokchi o‘quv yili davomida respublika bo‘ylab yana 280 nafar maktab direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun trener sifatida faoliyat olib borishadi.

✔️ELDP treninglarida Xorazm viloyatidan TUPROQQAL'A TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN maktabi direktori LOBARXON MATYAKUBOVA ham qatnashmoqda.

Mashg'ulotlar 27-sentabrga qadar davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

Ixtisoslashtirilgan maktablarda darslar zamonaviy talablarga ko'ra tashkil qilinmoqda.

🕹Yangibozor tumani IMI geografiya fanida ozon qatlamining ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar berildi.(R.Xolmuratov)
7-A,7-B sinflarda "O'lchashlarni baholash"mavzusida fizikadan amaliy mashg'ulot o'tkazildi. (Z.Vaisova)

🕹 Xonqa tumani IM 7-D sinfida "O‘simlik ildizlarini o‘rganish. O‘q va popuk ildizlar" (M. Xudoyberganova) va "Ildiz turlari va ildizmevalarni o‘rganish" (D.Sobirova), 8-G sinfda "Dixotomik kalit tuzish" (D.Sobirova) mavzusida biologiyadan amaliy mashg‘ulotlar o'tkazildi.

🕹Xiva shahar 1-son IMIda 7-B sinfda "Matematik mayatning tebranish davri" mavzusida fizikadan amaliy mashg'ulot o'tkazildi. (Q.Do'schanov)

🕹Shovot tuman IMIda "Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni" munosabati bilan amaliy mashg'ulot tashkil qilindi. (I.Soriyeva)
7-"D" sinfda "Zulfiya va Asqad Muxtor she'riyati qiyosiy tahlili" mavzusida muhokama darsi o'tkazildi. (Z.Atajonova)

🌐 Telegram | Facebook