XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.37K videos
32 files
6.18K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Yangi O‘zbekiston” universitetida hujjatlar qabuli boshlandi!

Endilikda siz 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va ilg‘or materiallar muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektronika muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Hujjatlar qabuli boshlandi! Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

☑️ O‘qishga ariza topshirish uchun siz:

🔗 Mazkur havolaga kirishingiz: https://newuu.uz/uz/admission/form
📝 O‘zingiz haqingizdagi so‘ralgan barcha ma’lumotlarni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

📞 Hujjat topshirish bilan bog‘liq barcha savollarga ushbu telefon raqami orqali javob olishingiz mumkin: +998712024111

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TA'ZIYA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayevga volidai muhtaramalari Shoira Karimovaning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya bildiramiz.
Oila a'zolariga, yaqinlariga sabr tilaymiz.

Marhumani so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi ertaga, 13-yanvar kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
#Vatan_muqaddasdir
#Vatan_himoyachilari_kuni

Bugun Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi 92-sonli farmoyishi talablarini bajarish, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida "Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlangan 10-11-sinf o‘quvchilari tarkibidan tuzilgan jamoalar o‘rtasida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi. Jamoalar

👨‍🚒 "Harbiylashtirilgan estafeta",
🎯 "Mohir mergan",
🏋️ "Tosh ko‘tarish",
🩺 "Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish" hamda
〰️"Arqon tortish" shartlari bo‘yicha kuch sinashdilar.

Musobaqada maktabning 10-sinf o‘quvchilari jamoasi g‘oliblikka erishib, maktab direktori ko‘chma kubogini🏆 qo‘lga kiritishdi.

♻️Harbiy-sport tadbirida "Veteran" faxriy jangchilar birlashmasi tuman bo‘limi raisi A. Otajonov, 14069-harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Xorazm.uz
#Эълон
Ота-оналар ва мактаб ўқувчилари диққатига!

Вилоят ҳудудида кузатилаётган аномал совуқ ҳамда ота-оналарнинг мурожаатларини эътиборга олиб, Хоразм вилоятининг умумтаълим мактаблари ва мактабгача таълим ташкилотларида 2023 йилнинг 13-14 январь кунлари қўшимча таътил берилишини маълум қиламиз. Мактабларда дарс машғулотлари ва мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти 2023 йил 16 январдан бошланади.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎 " Onam u "

Muhammad Yusuf

🎙 She'rni Sarvar Abdullayev o'qidi.

👉
@piima_xorazm
#Bu_fakt

Oʻzbekistondagi birinchi universitet-O’zMU

🏢 Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri;
Oʻrta Osiyodagi birinchi universitet.

⚜️1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan.
1920-yildan Turkiston davlat universiteti,
1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU),
1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan.
1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.

⚜️ Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi Farmoniga muvofiq, universitetga Milliy universitet maqomi berildi va u hozir shu nom bilan ataldi.

🌐 Telegram | Facebook
🏫Navbatdagi manzil Xonqa tumanida yangi tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan maktab binosi bo‘ldi

Prezidentimizning 2022-yil 14-apreldagi Farmoniga muvofiq mazkur maktab ixtisoslashtirilgan maktab sifatida qayta tashkil etildi.

📊Ishlab chiqilgan loyihaga asosan taʼlim muassasasi kapital rekonstruksiya qilinib, yangi qo‘shimcha bino ham barpo etildi

🔴Tuman hokimi Murodbek Davlatov taʼlim maskanidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi

👉 @xonqahokimiyat

Xonqa tumani hokimligi axborot xizmati
#faxrimiz

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining geografiya fani o'qituvchisi Nurmetova Muyassar Jumanazarovna Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida "Ta'limda loyihalarni boshqarish" mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi.

O'qituvchimizning keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ham zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Murojaatnoma

🔰 Tuproqqal'a  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi (2022- yil 20-dekabr) ning mazmun-mohiyati hamda ta'lim borasidagi islohotlar yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

🔹 Murojaatnomaning mazmun mohiyatini  tajribali, oliy toifali ingliz tili fan o'qituvchisi Ruzmat Matyaqubov  tushuntirib o'tdilar.

𝘐𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘬𝘤𝘩𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘥𝘢𝘷𝘭𝘢𝘵𝘪𝘮𝘪𝘻 𝘳𝘢𝘩𝘣𝘢𝘳𝘪 𝘮𝘶𝘳𝘰𝘫𝘢𝘢𝘵𝘪𝘥𝘢 𝘪𝘭𝘨𝘢𝘳𝘪 𝘴𝘶𝘳𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘺𝘶𝘬𝘴𝘢𝘬 𝘨'𝘰𝘺𝘢𝘭𝘢𝘳, 𝘵𝘢'𝘭𝘪𝘮 𝘵𝘪𝘻𝘪𝘮𝘪𝘥𝘢 𝘢𝘮𝘢𝘭𝘨𝘢 𝘰𝘴𝘩𝘪𝘳𝘪𝘭𝘪𝘴𝘩𝘪 𝘬𝘰'𝘻𝘥𝘢 𝘵𝘶𝘵𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯  𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪 𝘪𝘴𝘭𝘰𝘩𝘰𝘵𝘭𝘢𝘳 𝘵𝘰'𝘨'𝘳𝘪𝘴𝘪𝘥𝘢 𝘮𝘢'𝘭𝘶𝘮𝘰𝘵 𝘰𝘭𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘷𝘢 𝘧𝘪𝘬𝘳 𝘢𝘭𝘮𝘢𝘴𝘩𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳.

🌐 Telegram | Facebook