XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.15K subscribers
23.4K photos
1.6K videos
33 files
7K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.

Tadbirga kelganlarga bu yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim tizimi va metodikasi, shuningdek, dars jarayonlari va noakademik to‘garaklardagi amaliy faoliyat natijalari haqida maktab o’qituvchilari va o’quvchilari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Mehmonlar maktab binosi, laboratoriyalar, kutubxona va sport inshootlari bilan tanishdilar. O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari va to‘garaklardagi ijodiy ishlari namoyish etildi. Yangi o‘quv yiliga qabul jarayoni va shartlari bo‘yicha ham batafsil axborot berildi.

✔️ Tadbir 2 smenada tashkil etilib, 500 dan ortiq o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Xiva shahridagi Prezident maktabi — kelajak yetakchilarini tarbiyalaydigan zamonaviy ta’lim maskani!

🌐 Telegram | Facebook
#Mahorat_darsi
#Hamkorlik
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda Farg'ona viloyatining yosh ijodkorlari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

🎙 Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi va Farg'ona viloyati Madaniyat boshqarmasi hamkorligida Farg'ona viloyati Madaniyat boshqarmasining Madaniy faoliyatni rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho'basi bosh mutaxassisi, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi Murodjon Kamoliddinov va “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Layloxon Saynazarovalar ishtirokida Xiva shahridagi Prezident maktabida "Farg'ona vodiysi va Xorazm vohasi musiqa san'ati" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni
#Xiva_shahar_2_son_IM

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan  maktabida o'tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" jarayonlari videolavhalarda.

Kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta'lim fidoiylari va yetuk mutaxassislar ishtirokida tarixiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

⚡️Taniqli matematik olim, mohir pedagog, ilm-fan fidoiysi, ustoz Mirfozil Mirzaahmedov o'quvchilar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berib, hayotiy tajribalari asosida unutilmas motivatsiyalar berdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Xiva_shahar_2_son_IM

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining dars jarayonlaridan lavhalar:

⏺️ 9-"A" sinfida kimyo fanidan "Oʻzbekistonda metallurgiya. Choʻyan ishlab chiqarish" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Fan ustozi: Matyoqubov Jo‘rabek

⏺️ 7-"D" sinfda "Maʼlumotlar bazasini yaratish" mavzusida informatika fanidan amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Fan oʻqituvchisi: Ismoilov Joʻrabek

⏺️ 5-sinfida ingliz tili fanidan "Our solar system" mavzusida loyiha ishlari taqdimoti boʻlib oʻtdi Fan ustozi: Jumaniyozova Nilufar

⏺️ Kimyo fanidan 9-"B" sinfda "Xromning ikki va olti valentli birikmalari" mavzusida laboratoriya ishi o‘tkazildi. O‘qituvchi: Matyoqubov Joʻrabek

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Xiva_Prezident_maktabi

Xotira – muqaddas, qadr – abadiy

🇺🇿 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Matniyazov Amin ota xonadonida bo'ldilar.

O’quvchilar 103 yoshni qarshilagan urush faxriysi bilan suhbatlashib, u kishining mardlik va fidokorlik yo‘li, boshidan kechirgan sinovli kunlari haqida eshitdilar. Bu uchrashuv o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, tinchlik qadri va tarixga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

🌐 Telegram | Facebook
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🇺🇿 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlar:

CHQBT rahbari Ulliyev Xursandbek boshchiligida 8-A va 9-B sinf oʻquvchilari va ularning sinf rahbarlari, tarbiyachi ustozlar bilan birgalikda Xiva shahridagi "Xotira maydoni"ga sayohat uyushtirdilar.
   
"Vatan ravnaqi tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi" shiori ostida rasmlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

5-6-7-8-sinf oʻquvchilaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

8-9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida  Voleybol sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Bu o'yinga tarbiyachi ustoz Abdullayev Jamol boshchilik qildi.

8-B sinf o'quvchilari ustozlari boshchiligida bayram munosabati yoshi ulug' faxriylarning holidan habar olib, ularning duolarini olish maqsadida Ro'zmetova Tojigul ona xonadonida mehmonda bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Xiva_shahar_2_son_IM

🇺🇿 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar:

8-may kuni 7-"A"sinf oʻquvchilari ustozlar hamda oʻquvchilarni munosib tarzda kutib olishdi. Oʻquvchilar tomonidan bayram mavzusi asosida tuzilgan savollarga javob berishdi.

8-"A" va 8-"B" sinf o‘quvchilari oʻrtasida futbol musobaqalari oʻtkaziladi.

5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Tasviriy sanʼat", "Videorolik", "Booktreyler yaratish" yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#Psixolog_faoliyati

Oila qudrati - jamiyat kelajagi
!

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabi psixologi N.Kariyeva tomonidan "15-may - Xalqaro oila kuni" munosabati bilan 5-sinf o'quvchilari va  ularning ota-onalari uchun psixologik trening tashkil etildi.

Treningdan  ko'zlangan asosiy maqsad  ota-ona va farzand munosabatlarini yanada mustahkamlash va bu orqali o'quvchilar ongida barqaror jamiyat tushunchalarini shakillantirishdan iborat edi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Xiva_shahar_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarbiyachi-pedagoglari faoliyatidan lavhalar.

Tarbiyachi Komiljanova Shamsqamar boshchiligida 7"A"‐ sinf o'quvchilari bilan "Mening sog'ligim" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Abdusharipova Barchinoy tomonidan 5-"A" sinf o'quvchilari uchun "Personal Hygiene" - "Shaxsiy gigiyena" mavzusida davra suhbati olib borildi.

7-"b" sinf oʼquvchilariga tarbiyachi-pedagog Nazarova Adolat tomonidan "Ekologik Global muammo" mavzusida suhbat oʼtkazildi.

🌐 Telegram | Facebook