XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tadbir
#Xiva_Prezident_maktabi

🌎 Xiva Prezident maktabi
ning 5-sinf o'quvchilari Urganch Davlat universiteti o'tkazilgan xotira tadbirida faol qatnashib, faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

UrDU tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetida bo'lib o'tgan tadbirda bir guruh professor-o'qituvchilar marhum ustoz Rustam Qurbonniyozovning shogird-u izdoshlari olimni xotirladilar. Tadbirga bag'ishlab ko'rgazmalar tashkil qilindi. Xotira kechasida so'zga chiqqanlar tomonidan ustozning ezgu amallari, hayrli ishlari, esda qolarli voqealar xotirlandi. Kechada talabalar o'rtasida ko'rgazmali qurollar va zamonaviy metodlar tanlovi bo'lib o'tdi.


🌐 Telegram | Facebook
#Tadbir
#Xiva_shahar_1_son_IMI

💫 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "The earth day" (Yer kuni) munosabati bilan maxsus ingliz tili tadbiri o'tkazildi.

⚡️ Tadbirda har bir sinf ishtirok etib, bir biridan qiziqarli sahna ko'rinishlari, savol-javob viktorinalari uyushtirib, raqsga tushishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#tadbir

☀️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi maktablarda “Jasorat millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida o'tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy TADBIRLAR dayjesti:

Xiva Prezident maktabida urush va mehnat faxriylari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Ogahiy ijod maktabidagi tadbirda teatrlashtirilgan ko‘rinishlar va "Bir haykal tarixi" nomli videorolik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Yangibozor tumani IMIda o'tkjazilgan "Inson-aziz, xotira-muqaddas" mavzusidagi tadbirda teatr gruppasi sahna ko'rinishlari bilan qatnashdi.

Xonqa tumani IMda Ikkinchi jahon urushida qatnashgan tumandagi urush qatnashchilari yodga olindi.

Shovot tuman IMIda o'tkazilgan tadbirda ushbu dargohda uzoq yillar faoliyat ko'rsatib, hayotdan ko'z yumgan ulug' ustozlar haqida ma'lumotlar berildi.

Xiva shahar 1-son IMIda "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Hazorasp tuman IMda tarixni, ajdodlarni xotirlash maqsadida tadbir o'tkazildi.

🌐 Telegram|Facebook
👌21🔥1
#YANGIBOZOR_IMI
#TADBIR

🌴Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati yotoqxonasida
tadbir bo'lib o'tdi.

O'quvchilar tomonidan raqslar namoyish etildi. Arqon tortish, armrestling, shaxmat musobaqalari o'tkazilldi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#tadbir

Ixtisoslashririlgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda "Harakat xavfsizligi oyligi" doirasida targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Jumladan,

🚸 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
viloyat IIB bilan hamkorlikda "Diqqat, bolalar!" targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Targ'ibot tadbirida maktab-internatining 10-11-sinf o'quvchilari qatnashdilar.

🚸 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-11-sinflarida yo‘l harakati qoidalari targ‘iboti o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati IIB JXX YHXB xodimi Ruslan Matyoqubov ishtirok qildi.

🚸 Ogahiy nomidagi ijod maktabida Xorazm viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yo'l qoidasi - umr foydasi" mavzusida targ'ibot va tashviqot ishlari o'tkazildi.

🚷 O'quvchilarga yo'l belgilari, yo'llarni kesib o'tish qoidalari,  piyodalar harakati, bolalar bilan bog'liq bo'lgan yo'l hodisalarni oldini olish bo'yicha ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Tadbir
#Ogahiy_ijod_maktabi

"UCH BUYUK DAHO" NOMLI
TADBIR O‘TKAZILDI

📅 May oyining 17-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oʻquvchi almashish dasturi" doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi va Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda "Uch buyuk daho" nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijod bo‘stoni, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, raqs va musiqiy kompozitsiyalar, buyuk siymolar xotirasiga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, Erkin Vohidov ijod maktabi tomonidan Matnazar Abdulhakim qalamiga mansub "Darsdan so‘ng" she'riga sahnalashtirgan ko‘rinish barchaga manzur bo‘ldi.


❇️ Tadbir yakunida maktab ma'muriyati tomonidan o‘zining bilim-salohiyati, tashabbuskorligi, ijodiy tafakkuri, maktab doirasidagi loyihalarda faolligi uchun mehmon ustozlar va o‘quvchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Tadbir
#Xonqa_IM

🎵Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "May - ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi" hamda "Besh tashabbus" tadbirlari doirasida maktabning musiqa fani o‘qituvchisi Hamdambek Rahimov rahbarligidagi musiqa yo‘nalishidagi to‘garak a'zolari tomonidan "San'atning bebaho durdonalari" nomli badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.

🪕Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-7-sinflari hamda 10-sinf o‘quvchilari tomonidan milliy qo‘shiqchiligimiz durdonalaridan "Aliqambar", "Tanovor", "Lazgi" kuy va qo‘shiqlari, "Go‘ro‘g‘li" turkum dostonlaridan "Avazxon" dostoni ijro qilindi. Shuningdek, o‘quvchi qizlar tomonidan dutor kuylari va milliy raqslar, xalq folklor qo‘shiqlaridan laparlar ijro qilindi.

🎤 Tadbirni 10-D sinf o‘quvchisi Sevinchoy Qilicheva olib bordi.

🌐 Telegram | Facebook
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#Tadbir

📹Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan "Al-KHOREZMI SPEAKERS'CLUB MEETING -10" tadbirini tomosha qiling.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Xonqa_IM
#Tadbir

🍀 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida biologiya fani o'qituvchisi Bekchanova Muazzam rahbarligida "22-may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni"ga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbir o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#tadbir
#halollik

"O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI" O‘N KUNLIGI O‘TKAZILMOQDA

⚪️ Urganch shahar 1-son IMI
da 16-oktabr kuni maktab psixologi L.Atajanova mavzu doirasida o’quvchilarni kutib olish tadbirini tashkil qildi.
17-oktabr kuni 9-03 sinf o’quvchilari bilan "Kaft alifbosi", "Kaft metodi" treninglarini o’tkazdi.

⚪️ Ogahiy ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglar boshchiligida oktabr oyining 16-sanasida 10-11-sinf o'quvchilari bilan "Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta'siri" mavzusida ochiq dars mashg'uloti, 7-8-9-sinf o‘quvchilari uchun esa "Halollik qadriyatlari" mavzusda ochiq dars mashg‘ulotlari o'tkazildi. Mashg‘ulotda o‘quvchilar donolar bisotidan halollik haqida turli hikmatlar, rivoyatlardan misollar keltirdilar.

⚪️ Bog'ot tuman IMda tarix fani o'qituvchisi J.Jumaniyazov mavzuga oid ochiq darslar tashkillashtirdi. B.Gapporova tomonidan 9-sinf o'quvchilariga "Halollik qadriyatlari haqida suhbat" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍5
#tadbir
#halollik

"O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI" O‘N KUNLIGI DAVOM ETMOQDA

🔺Yangibozor tumani IMIda 10-11 sinf o‘quvchilari uchun “Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta’siri”, 5-9 sinf o‘quvchilari uchun “Halollik qadriyatlari haqida suhbat” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, maktab psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan 11-sinf oʻquvchilari bilan "Halollik va axloqni kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.

🔺Xonqa tumani IMning 10-sinf o‘quvchilari bilan "Halol fuqaro - faol fuqaro" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

🔺Xiva shahar 2-son IMda "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunligi doirasida insholar tanlovi o'tkazildi.

🔺Yangiariq tuman IM o'quvchilari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
1👍1
#Shovot_IMI
#tadbir

☀️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida matematika fani o'qituvchisi, O'zbekiston Xalq  o'qituvchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi SOBIROV AHMED YO‘LDASHEVICHning 70 YOSHga to'lganligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

⚜️Ushbu tadbirga ustozning oila a'zolari, shogirdlari, yaqin do'stlari tashrif buyurishdi. O'quvchilar tomonidan ustozning mehnat faoliyati hamda yutuqlari haqida ma'lumot berildi, turli xil chiqishlar qilindi.

🔆  Shogirdlaringiz, farzandlaringiz  ilm  cho'qqilarini zabt etib yuzingizni  yorug' etaversin, aziz ustoz!

🌐 Telegram | Facebook
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yurtim_bayrogʻi
#Tadbir
#Shovot_IMI

🇺🇿 MILLAT BAYROG'I

📹 O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Millat bayrog'i" shiori ostida o'tkazilgan tadbirdan videolavha

🌐 Telegram | Facebook
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#tadbir

"Milliy libosimiz - ma'naviy boyligimiz" mavzusidagi ko‘rgazma tashkil qilindi

Xiva shahridagi Prezident maktabining "Girls Club" a'zolari tomonidan "Milliy libosimiz - ma'naviy boyligimiz" mavzusida liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🌈 Ko‘rgazmada turli xil milliy liboslar namoyish etildi. Har bir kiyimning o‘ziga xosligi, go‘zalligi va an’anaviy qadriyatlari alohida ta’kidlandi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥5
#Ogahiy_ijod_maktabi
#tadbir

Ogahiy ijod maktabida Mahtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mahtumquli butun dunyo adabiyot ixlosmandlarining sevimli shoiriga aylangan.  Uni nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida oʻrin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir.


➡️ "Mahtumquli qo‘shiqlari barhayot" nomli tadbirni tarbiyachi-pedagog Xurmat Allayorov va "Musiqa" to‘garagi rahbarlari olib bordilar.

🎶 Tarbiyaviy ahamiyatga ega nasihat yo‘lida kuylangan qo‘shiqlar jonli tarzda ijro qilindi. O‘quvchilar tomonidan ijodkor she'rlaridan o‘qib berildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Hazorasp_IM
#Tadbir

⚡️Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 5-A sinfida "Goodbye Autumn" mavzusida o'tkazilgan tadbirdan lavhalar.

📌 Tadbirda o‘quvchilar mevalar haqida she'rlar aytib, qo'shiqlar kuylashdi. Kuz haqidagi savollarga javob berib sovg'alar yutib olishdi.

🌐Telegram | Facebook
👍3
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tadbir

OGAHIY TAVALLUDINING 215 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY
TADBIR O‘TKAZILDI

⏺️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 215 yilligiga bag‘ishlangan "Ogahiyning mangu merosi" nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, UrDPUI iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev va adabiyotga, so‘zga oshufta bo‘lgan mehmonlar tashrif buyurishdi.

Adabiy kechada Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan shoir qalamiga mansub go‘zal ash'orlar mahorat bilan ijro qilindi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ogahiyning tarixiy asarlari va tarjimalari haqida ma'lumotlar berildi.

Viloyatimiz bo‘ylab Ogahiyning tavalludi munosabati bilan adabiy tadbirlar davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
🎉1
#tadbir
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 215 yilligiga bag'ishlab "NAZM ICHRA BIR GAVHAR" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

O'quvchilar olgan bilimlarini sinovdan o'tkazish va yanada mustahkamlash maqsadida ikkala sinf o'quvchilari o'rtasida ZAKOVAT o'yini ham tashkillashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
👏2
#Xiva_Prezident_maktabi
#Tadbir

TEDxKhivaPS
🎤

💡 Xiva shahridagi Prezident maktabida ilk bor TEDxKhivaPS tadbiri o‘tkazildi.

🔘 Tadbirda nafaqat maktab o‘quvchilari, balki boshqa muassasalardan ham ko‘plab ishtirokchilar qatnashdi. Jumladan, Ma'mun Universiteti, Nukusdagi Al-Xorazmiy maktabi va boshqa ta’lim muassasalaridan kelgan yoshlar va mutaxassislar TEDx sahnasida o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdi. Ularning ilhomlantiruvchi nutqlari barcha ishtirokchilarga yangi g‘oyalar va motivatsiya ulashdi.

Ushbu loyiha dunyoni o‘zgartiruvchi fikrlarni tarqatish va yoshlarni ilhomlantirish maqsadida tashkil etildi.


🌐 Telegram | Facebook
👍3