XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20.4K photos
1.39K videos
32 files
6.24K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_oromgohi

🗓️ 8-KUN. 22-iyul

⭕️ Renessans oromgohidagi dam oluvchilar Oq Qum plyajiga sayohatga chiqishdi.

⛴️ Kema sayrida dam oluvchilar Oq Qum plyajining betakror tabiati, dengizning moviy suvlari va quyosh nuridan zavq oldilar. Kema sayridan so'ng, dam oluvchilar plyajda turli xil o'yinlar o'ynashdi va bir-birlari bilan vaqt o'tkazishdi.

❗️Ushbu sayohat oromgoh dam oluvchilari uchun haqiqiy sarguzasht va unutilmas xotiralar bilan to'ldi. Ularga nafaqat tabiatning go'zalligi, balki jamoaviy dam olish va quvonchli lahzalar ham katta zavq bag'ishladi.

🌐 Telegram | Facebook
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 37 548 taga, qamrov koʻrsatkichi 74,6 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi qamrovi 93 foizga yetganligini taʼkidlab oʻtdi.

Joriy oʻquv yilida 500 ta maktabda joriy etilgan yangi baholash tizimi natijasida mazkur maktablardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 6 foizga oshdi.

Tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirildi. 5. 7 949 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar oʻqituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etildi. “Menejerlik oʻquv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar oʻqitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar ham atroflicha tilga olib oʻtildi. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darjada tushganligi tanqid qilindi.

Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi oʻquv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-oʻqituvchilarini oʻqitish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilish davomida har bir rahbar oldiga tegishli yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʻa_IM

🏢
Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi

Xudayberganov Akbar muddatidan oldin Westminister Universiteti talabasi bo'ldi!

🎯Ma'lumot tariqasida shuni ta'kidlash joizki, Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2024-yil bitiruvchilaridan 4 nafari Westminister Universiteti talabasi bo'ldilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar

Xalqaro "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tadi

🔷 Joriy yilning 9-11-avgust kunlari Xiva shahri Alleya maydoni hududida xalqaro "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tadi.

Festivalda:
Agroturizm salohiyati namoyishi
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmasi
Folklor jamoalari chiqishlari
Konsert dasturlari
Tasviriy san'at asarlari namoyishi
Hunarmadchilik mahsulotlari ko'rgazmasi
Dorbozlar o‘yini
Xon va ayonlari chiqishi
Qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari
Milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari
Xorazm nonini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari
Milliy liboslar ko‘rgazmasi
Jonli ijrodagi sahna ko‘rinishlari
va boshqa madaniy tadbirlar bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram | Facebook
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi, XORAZM viloyati bo‘yicha ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 6 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

1⃣. Ogahiy nomidagi ijod maktabi viloyat miqyosida birinchi oʻrinda – 145,53 ball;

2⃣. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida ikkinchi oʻrinda – 143,81 ball;

3⃣. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida uchinchi oʻrinda – 136,46 ball;

4⃣. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi viloyat miqyosida to‘rtinchi oʻrinda – 133,04 ball;

5⃣. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi viloyat miqyosida beshinchi oʻrinda – 127,91 ball;

6⃣. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida oltinchi oʻrinda – 123,25 ball;

🌐 Batafsil koʻrish uchun

🌐 Telegram | Facebook