XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#qabul_2024
#ijodiy_imtihon

⚡️IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.

Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi

🗣 Imtihon jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabriklaymiz
#Shovot_IMI

Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi

💠 Shovot tumani hokimligi majlislar zalida, umumiy o‘rta taʼlim maktablarini aʼlo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o'tdi.

✔️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining jami 22 bitiruvchisidan 7 nafari OLTIN va KUMUSH medallarga sazovor bo'lishdi.

Shulardan:

🥇5 nafari OLTIN medal
🥈2 nafari KUMUSH medal

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi, rejalarimiz qamrovi esa kundan-kun oʻsib bormoqda.

Mazkur jarayonlarni xalqimizga yetkazish, OAV va keng jamoatchilik vakillarining sohaga doir soʻrovlariga doimo “labbay” deb javob berib kelayotgan vazirlik va tizim tashkilotlari Axborot xizmatlari xodimlarining fidokorona mehnati biz uchun doimo qadrli.

Bayramingiz muborak boʻlsin, vazirligimiz Axborot xizmati jamoasi!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#tabriklaymiz
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

📰
27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" sifatida bilan bir qator jurnalistlar, axborot xizmati xodimlari, blogerlar, noshirlar munosib xizmatlari uchun taqdirlandilar.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

🎖
Otaboyeva Asaloy - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining 2024-yil 26-iyun 1676-sonli qaroriga muvofiq “Umid uchquni” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

🖥 Ma'lumot o‘rnida, bitiruvchi o‘quvchimiz viloyatimizda faoliyat yuritayotgan "TTV Telekanal" i teleboshlovchisi sifatida turli ko‘rsatuvlar orqali ushbu soha bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etib kelmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#tabriklaymiz

Yoz - o'tmoqda soz

🎨 Viloyat Prokraturasi  tashabbusi bilan "Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida Xorazm viloyati Yangibozor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida asfaltga rasm chizish tanlovining tuman bosqichida Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 8-B-sinf o'quvchisi

🥇
Sobirova Mushtariy
1-o'rinni egalladi.

☝🏻
Tanlovda  1-,2-,3- o'rinlarni qo'lga kiritgan to'garak a'zolari tuman prokraturasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar va viloyat bosqichida PROKUROR SOVRINI uchun ishtirok qilish huquqiga ega bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook