XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.

Festivalning birinchi bosqichi joriy yilning 27-31-may kunlari Agentlik tizimidagi maktablar va umumtaʼlim muassasalarining koreys tilini B1 darajasida biladigan 7-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida onlayn formatda o‘tkazilgan edi.

Eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘quvchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Festival doirasida Koreya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” ham bo‘lib o‘tadi.

Festivalga Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

Ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 7-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

🕊Telegram |🕊X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🎉1
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

4-SINFNI TAMOMLAGAN O‘QUVCHILAR BIR VAQTNING O‘ZIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING QAYSI MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRISHI MUMKIN?
Umumtaʼlim maktablarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hujjat topshirishlari mumkin.


➡️ Prezident maktablari
➡️ Ijod maktablari
➡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Qabul_2024

Qabulning 7-kuni

⚡️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar 1-iyundan – 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

✔️ Yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

- Urganch shahar 1-son IMI,
- Bog'ot tumani IM,
- Xiva shahar 2-son IM,
- Hazorasp tumani IM,
- Yangibozor tumani IMI,
- Yangiariq IM
larda tashkil qilingan shtablardagi jarayonlar fotosuratlarda.


☎️ Call-markaz: 1206

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Davlat_imtihoni

YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

7-iyun sanasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi

▪️Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va
▪️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 11- sinf tabiiy fanlar yo‘nalishi o'quvchilari KIMYO fanidan yakuniy davlat imtihonlarini topshirdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun poytaxtimizda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi.

Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi.

✔️Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi.

Mazkur tadbirda mamlakatimizdagi 100 nafardan ortiq tanlangan tajribali maktab direktorlari hamda 300 nafarga yaqin ustozlar hamda metodistlari ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot o’rnida: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

🔴 Konferensiya davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM