XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
35 files
7.25K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tavsiyalar asosida o‘tkazildi.

🔔“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida 340 nafar maktab o‘quvchilari, pedagogik jamoa a’zolari, 85 nafar ota-onalar va mehmonlar ishtirok qilishdi. Tadbir mehmoni Qo‘shko‘pir tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Husainov bitiruvchi yoshlarga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori tashakkurnomasini maktab jamoasiga topshirdi.

🖼Tadbir so‘ngida o‘quv yili davomida namunali xulqi va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan, maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Bogʼot_IM

🏢 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan  maktabi 2023-2024-o'quv yilida 57 nafar bitiruvchi qaldirg‘ochlarini yorqin kelajak sari uchirma qildi. Shu munosabat bilan maktabda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning bitiruvchi yoshlar uchun yo‘llagan tabrigini Bogʻot tumani IIB boshligʻi Axmedov Ergashbek Erkinovich o'qib eshittirdi.

🔰Maktab bitiruvchilari o'zlarining tabrik va samimiy dil izhorlarini chiroyli she'rlar va musiqiy chiqishlar orqali namoyon qilishdi.

❇️ Maktab direktori D.Ro'zmetov tomonidan 2023-2024-o'quv yilidagi yutuqlari uchun o'quvchilar va ularning ota-onalarini hamda pedagoglarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Aziz bitiruvchilar, sizga oq yo'l tilaymiz !!!

🌐 Telegram | Facebook
4👍1🔥1🎉1🤩1
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Yangibozor_IMI

Baxtga narvon bilimga kon erur maktab,
Zakovat doniga xirmon erur maktab,
O‘g‘il-qizlar, o‘qing ulkan murod ko‘zlab,
Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.

⚡️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida Viloyat   yozuvchilar uyushmasi rahbari G.Ibodullayeva, faxriy ustozlar Q.Ramazanov va D.Ramazanova, tarix fanlari dotsenti M.Safarboyev, maktab-internat pedagoglari, o‘quvchilar va ota-onalar qatnashdilar.

⚡️
2023-2024-o‘quv yilida fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar va musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda o‘zining namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

⚡️
Tadbirga o‘quvchilar ijrosidagi  kuy va qo‘shiqlar yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.


🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🛎 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
"SO'NGGI QO'NG'IROQ" bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

⚡️Xorazm viloyati hokimining maktab-internat hayotida faol ishtirok etayotgan o'quvchilar ota-onalariga "Eng faol ota", "Jonkuyar ona", "Masʼuliyatli ota-ona", "A'lochi o'quvchi otasi", "Bilimli qiz onasi" nominatsiyalari bo'yicha tashakkurnomalari topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
👏4