XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#Qabul_2024

🔊BIZ BILAN BIRGA SIFATLI TA'LIM OLING

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2024/2025-oʻquv yili uchun 5-sinf aniq fanlar yo'nalishi hamda vakant o'rinlarga qabul eʼlon qiladi!

🎥Yuqoridagi videolavhada maktab-internat sharoitlari bilan tanishishingiz mumkin.

2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Yangiliklarni kuzatib boring.

🌐 Telegram | Facebook
🔥2👍1
#dars_jarayoni
#Ogahiy_ijod_maktabi

Joriy yilning 17-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ochiq darslar kuni" bo'lib o'tdi.


9-B sinfda "Maqsadlar qoʻyish psixologiyasi" mavzusida sinf rahbari B.Yusupova tomonidan ochiq maʼnaviyat soati oʻtkazildi.

9-A sinfda adabiyot fanidan H.Karimova "Soʻz jilosi" mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtdi.

11-B sinfda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi R.Vohidova "Takrorlash" mavzusida ochiq dars tashkil etdi.

8-A sinfda ona tili fanidan "Takrorlash" mavzusidagi ochiq darsda M.Shixovaga o'quvchilar N.Olimboyeva va N.Saparboyevalar assistentlik qilishdi.

9-A sinfda "Punktuatsiya boʻyicha oʻtilganlarni takrorlash" mavzusida Sh.Jumaniyazova ochiq dars o'tkazdi.

8-A sinfda Z.Atayeva Sadriddin Ayniyning "Sudxo‘rning o‘liimi" asari matni ustida ishlash mavzusi yuzasidan ochiq dars tashkillashtirdi.

Z.Matyaqubova tomonidan 9-"B" sinfda "Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati" mavzusida ochiq dars oʻtildi.

🌐 Telegram | Facebook
👏1
#ota_onalar_majlisi
#Tuproqqalʻa_IM

🏢2024-yilning 20-21-22 may kunlari Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ota-onalar majlisi bo'lib o'tdi.

🎯Majlisda 2023-2024-o'quv yildagi qilingan o'zgarishlar,CHSB va BSB natijalari, erishilgan yutuqlar, yozgi ta'tilda o'quvchilarning xavfsizligi haqida suhbatlar o'tkazildi.

Majlis davomida ota-onalarning taklif va mulohazalari tinglandi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#Qabul_2024
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARIGA QAYSI SINFGA NECHA NAFAR O‘QUVCHI QABUL QILINADI?
Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.


O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.


PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN O‘QUVCHINING BAHOLARIGA QANAQA TALAB QO‘YILADI?
Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.


🕊 PREZIDENT MAKTABLARI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉2
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri uchun faqat bir soat vaqt ajratiladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq”da faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, tadbir 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/646

Telegram I Facebook I YouTube
👍1
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qoʻshkoʻpir_IM

🔈Yurtimizda ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda.

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o’qituvchisi Sevara Jumaniyozova;

📍Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o’qituvchisi Zufarbek Bekdurdiyevlar

"IQtidorli" yoshlar oromgohining ilk yozgi mavsumiga MENTORLIKKA qabul qilindilar.

🏕Oromgohga qatnashish imkoniyatiga ega boʻlgan ustozlarimizni yutuq bilan tabriklab, keyingi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍4🔥3