XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.55K subscribers
24K photos
1.62K videos
33 files
7.19K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xonqa_IM
#Tadbir

🍀 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida biologiya fani o'qituvchisi Bekchanova Muazzam rahbarligida "22-may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni"ga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbir o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Oʼqishga_marhamat
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Targʼibot

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2024-2025- o'quv yiliga o‘quvchilar qabuli uchun maktab-internati  jamoasi tomonidan targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda. 

📍Targ'ibot tadbirlari viloyatimizning Urganch shahar, Shovot tumani, Gurlan tumani, Urganch tumanining umumta'lim maktablarida bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Qabul_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI STEM FANLARI INGLIZ TILIDA OʻQITILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.


📝 Farmonga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab quyidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktabda STEM fanlarini bosqichma-bosqich ingliz tilida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi:

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi;
Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi;
Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi;
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

📶 Mazkur maktablarda STEM fanlari ingliz tilini mukammal biladigan malakali oʻqituvchilar tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

🪪 Bunda, imtihon asosida qabul qilingan 5-sinf aniq hamda 7-sinf tabiiy fanlar yoʻnalishidagi oʻquvchilar belgilangan sinovlar asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflarga saralab olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida maktab bitiruvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov, viloyat prokurorining katta yordamchisi J.Qalandarov, tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, viloyatdagi mavjud 557 ta maktab direktori, o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari va 24 mingdan ziyod maktab bitiruvchilari
ishtirok qildi.

Yig‘ilish davomida 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ustuvor vazifalar, yozgi ta’til davrida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va ombudsman olimpiadasida o‘quvchilarning ishtirok qilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

Maktab bitiruvchilariga “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish borasida muhim tavsiyalar berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍1
#olimpiada
#Tabriklaymiz

"Al-Xorazmiy 2024" olimpiadasi

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida fizika, matematika va informatika fanlari bo'yicha "Al-Xorazmiy 2024" olimpiadasi viloyat bosqichi
bo'lib o'tdi.


Ushbu olimpiadada Agentlik tizimidagi maktablardan go'lib bo'lgan o'quvchilar bilan tanishing:

Fizika
fani bo'yicha:

🥇
1-o'rin Zaripova Nafosat - Urganch shahar 1-son IMI

Informatika fani bo'yicha:

🥇
1-o'rin Jumaboyev Dilmurod - Xiva shahar 2-son IM
🥈2-o'rin Baxtiyorov Diyorbek - Yangibozor tuman IMI
🥉3-o'rin Sultonmurotov Sultonmurod - Xonqa tuman IM

Matematika fani bo'yicha:

🥇1-o'rin Sultonmuratov Bekzod - Xonqa tuman IM
🥇1-o'rin Ahmadjonov Adham - Xonqa tuman IM
🥈2-o'rin Ismoilov Umrbek - Hazorasp tuman IM
🥉3-o'rin Sharifboyev Jalolbek - Yangibozor tumani IMI

🎉O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklab, muvaffaqiyatlari bardavom bo'lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍4