XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.2K photos
1.27K videos
30 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Loyiha_ishi
#Xiva_1_son_IMI

📑 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-B sinf o'quvchilariga ingliz tili fanidan loyiha ishi bo'lib o'tdi. Loyiha ishiga ingliz tili fani tajribali o'qituvchisi Komiljanova Shaxrizoda boshchilik qildi.

Loyiha ishining mavzusi "Shopping survey" bo'lib, o'quvchilar o'zlarining loyiha ishi mobaynida ijodiy ishlarini namoyish qilib, gapirib berishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Davra_suhbati
#Xalqaro_oila_kuni

⚪️ 15-may kuni Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-sinflar ota-onalari bilan "Farzandlarimizning oliy ta'lim muassasalariga kirishlarida xalqaro va milliy sertifikatlarning o'rni" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

⚪️ Davra suhbati juda qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#tadbir

Ixtisoslashririlgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda "Harakat xavfsizligi oyligi" doirasida targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Jumladan,

🚸 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
viloyat IIB bilan hamkorlikda "Diqqat, bolalar!" targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Targ'ibot tadbirida maktab-internatining 10-11-sinf o'quvchilari qatnashdilar.

🚸 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-11-sinflarida yo‘l harakati qoidalari targ‘iboti o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati IIB JXX YHXB xodimi Ruslan Matyoqubov ishtirok qildi.

🚸 Ogahiy nomidagi ijod maktabida Xorazm viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yo'l qoidasi - umr foydasi" mavzusida targ'ibot va tashviqot ishlari o'tkazildi.

🚷 O'quvchilarga yo'l belgilari, yo'llarni kesib o'tish qoidalari,  piyodalar harakati, bolalar bilan bog'liq bo'lgan yo'l hodisalarni oldini olish bo'yicha ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xorazm_хususiy_маktablar

👉 2024-yil 15-may holatiga Xorazm viloyatidagi Xususiy(nodavlat)umumiy-o‘rta ta’lim maktablari bilan tanishing.

‼️ Hurmatli ota-onalar!

O‘z farzandingizni xususiy maktabga o‘qishini ko‘chirish yoki 1-sinfga berishdan oldin, ushbu xususiy maktabning LITSENZIYASI va tadbrkorlk subyekti sifatida GUVOHNOMASIsi borligiga ishonch hosil qiling.

(Guvohnomada ko‘rsatilgan MCHJ yoki korxonaning nomi Litsenziyadagi MCHJ nomi yoki korxona nomi bilan mos bo‘lishi shart )

Xususiy maktablar tomonidan Sizga taqdim qilingan litsenziyani ko‘rib chiqishda quyidagilarga e’tibor qarating: 👇

1. Litsenziyaning amalda  ekanligini tekshirib ko‘ring. Buning uchun
https://license.gov.uz/ saytiga kirib (reyestr menyusidan) ma’lumot olishingiz mumkin.

2. Litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat manzili va ayni vaqtda shu xususiy maktab joylashgan manzil bir xil ekanligini tekshiring.

3. Litsenziada shu xususiy maktabning qaysi sinflarni o‘qitishi  va qabul qilishi mumkinligi bo‘yicha aniq sinflar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
(Masalan, ayrim xususiy maktablar litsenziyasiga asosan 1-9 sinf o‘quvchilarini qabul qilishi va o‘qitishi mumkinligi ko‘rsatilgan, shunga asosan ular 10-11-sinf o‘quvchilarini o‘qishga qabul qila olmaydi va kelgusida ular Shahodatnoma bera olmaydi).

Agar Sizda Xorazm viloyatidagi qaysi xususiy maktabda o‘quvchilarni qabul qilish va o‘qitish uchun litsenziyasi bor yoki yo‘qligi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, unda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas'ulining ushbu +998999656682 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtirishingiz mumkin.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

"Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun musobaqaning sinflar kesimida o‘tkazilish vaqtlari bilan tanishing.

🗓 22-may, chorshanba.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
👏👏

@tashkent_imo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Mustafakulov
#fizika_musobaqasi

📢 Barcha maktablarning 8, 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilarini ilko‘bor respublika "BOLALAR OMBUDSMANI SOVRINI" musobaqasiga chorlaymiz!

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun albatta TasIMO botlaridan foydalanish YO‘RIQNOMASI bilan tanishib oling!

👉 https://youtu.be/_gvhggbgYCM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

⚡️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Saidov Bexzod Yuldashbayevichning tavallud kuni!

✴️ Ta'lim sohasi rivojiga qo'shayotgan xizmatlaringiz, yosh avlod kelajagi va ularning ta'lim-tarbiyasiga jonkuyarligingiz, kasbiy mahoratlaringiz tahsinga sazovordir.

▫️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasida olib borayotgan faoliyatingizga doim zafarlar yor bo'lsin. Sizga sog'lik-omonlik, oilangizga fayz-u baraka tilab, rejalashtirgan ishlaringizda ulkan natijalarga erishishingizga tilakdoshmiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

18-may - Xalqaro muzeylar kuni

1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashida ilk bor xalqaro muzeylar kunini nishonlash masalasi qoʻyildi.

1978-yildan buyon bu kun har yili 18-may sanasida nishonlanadi.

Bugun “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan bu muzeylarning bari barchamizga bepul kirish imkoniyatini beradi.

🌐 Telegram | Facebook
Dunyo muzeylariga onlayn sayohat qiling!

🎥 Dunyoning mashhur Luvr, Ermitaj va Britaniya muzeylari, NASA va Tretyakov galereyalari hamda jahon madaniyatining eng nodir namunalari saqlanadigan yana ko‘plab maskanlarga bepul onlayn sayohat qilish imkoni mavjud:

🫥Ermitaj — https://bit.ly/33nCpQg
🫥Metropoliten-opera — https://bit.ly/2TTSr1f
🫥Vena Operasi — https://bit.ly/39OINlQ
🫥Googlening «Arts and Culture» loyihasi — https://artsandculture.google.com
🫥Van Gog muzeyi — https://bit.ly/2TRdiSQ
🫥Vena san’at tarixi muzeyi — https://bit.ly/3d08Zfm
🫥Luvr — https://bit.ly/2WciGBi
🫥Britaniya muzeyi (3,5 mln dan ortiq eksponatlar kolleksiyasi) — www.britishmuseum.org
🫥Prado (11 000 dan ortiq san’at asarlari) — www.museodelprado.es
🫥Vatikan muzeyi va Sikstin kapellasi — www.vatican.va/various/cappelle/sistina_vr/index.html
🫥Nyu-York zamonaviy san’at muzeyi — www.moma.org/collection/?=undefined&page=3&direction=fwd
🫥Guggenhaym muzeyi onlayn-kolleksiyasi www.guggenheim.org/collection-online
🫥Salvador Dali muzeyi — https://bit.ly/33iHVmX
🫥NASA video-galereyasi — www.nasa.gov/content/ultra-high-definition-video-gallery
🫥Smitsonlar muzeyi — https://www.si.edu/exhibitions/online
🫥Krakov milliy muzeyi — https://bit.ly/3d29dT0
🫥Budapesht tasviriy san’at muzeyi — https://bit.ly/3d08L80
🫥Sankt-Peterburg muzeyi — https://bit.ly/2IOQDjq
🫥Tretyakov galereyasi — https://artsandculture.google.com/partner/the-state-tretyakov-gallery
🫥Ermitaj bo‘ylab sayohat (5 soatlik) — https://bit.ly/39VHDoI

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#amaliy_seminar

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN TASHKIL ETILGAN SEMINAR YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan seminar jarayonlaridan fotoreportaj.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube