XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Iśhoqxon_Ibrat_ijod_maktabi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida “O'quvchi almashish dasturi” doirasida Namangan viloyati To'raqo'rg'on shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchilari bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindilar.

➡️  Bir hafta davomiida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tahsil oladigan o'quvchilar maktab sharoitlari, Ogahiy uy muzeyi bilan tanishdilar, maktabimiz amfiteatrida mushoira o'tkazdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Forwarded from Grantlar.uz
”IQtidorli” yoshlar oromgohi: STEM sohasidagi yoshlar va ustozlar uchun 1 haftalik yozgi dastur

Bu oromgohda ishtirok etuvchi (oʻquvchi) yoki bilim ulashuvchi (mentor) sifatida qatnashish mumkin.

Oʻquvchilar uchun yosh chegarasi – 15-25 yosh, mentorlar uchun esa 25-45 yosh.

Oromgoh mashgʻulotlari 2024-yil may-iyun oylarida Toshkentning Boʻstonliq tumanida boʻlib oʻtadi.

Manfaatli jihatlar:
– bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– STEM taʼlim yoʻnalishlari doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va tanishlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/iqtidorli-yoshlar-oromgohi/

@grantlar
#zakovat
#tabriklaymiz

12-may, yakshanba kuni Xorazmda "Intellektual olimpiada" bo'lib o'tdi. Unda quyidagi o‘yinlar tashkil etildi:

✔️Zakovat;
✔️Breyn ring;
✔️Erudit-kvartet
.

"Intellektual olimpiada" da Agentlik tizimidagi maktablar faol ishtirok etibб quyidagi sovrinli o'rinlarni egallashdi:

"Zakovat" intellektual o'yinida:
🥉3- o'rin - Urganch shahar 1-IMI jamoasi

"Breyn ring" intellektual o'yinida:
🥇1- o'rin - Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi
🥈2- o'rin - Xonqa tuman IMI jamoasi

"Erudit-kvartet" intellektual o'yinida:
🥇1- o'rin - Xonqa tuman IMI jamoasi

"Intellektual olimpiada"da UMUMJAMOA hisobida:
🥇1- o'rin - Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi

🎁 Sovrindorlar "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi
. Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi 🏆maxsus kubok bilan taqdirlandi!

G'oliblarni tabriklaymiz va kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:

- Ta’lim
- Imkon
- Madaniyat va san’at
- Ekologiya
- Media
- Sport
- Liderlik va jamoani shakllantirish
- IT


📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA

Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangibozor_IMI
#tajriba_almashish

⚡️
12-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari direktorlari Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mehmon bo'ldilar.

⚡️Direktorlar seminar davomida yaqinda maktab-internat maqomini olgan o'quv dargohining ish faoliyati, "Kasb ta'limi" binosi va yotoqxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar bilan tanishdilar, o'zaro fikr almashdilar.

Bunday seminarlarning o'tkazilishi ish samaradorligini yanada oshiradi.

🌐 Telegram | Facebook