XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Agentlik_olimpiadasi
#Xorazm
#2_kun

🔘 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilayotgan STEM fanlari olimpiadasi Agentlik bosqichida o'quvchilar Fizika, Biologiya va Kimyo fanlaridan laboratoriya topshiriqlarini bajardilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_fan_olimpiadasi
#10_11_may

⚡️STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazildi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi barcha hududlarda yakunlandi.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazildi.

Ma'lumot uchun, Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi shu yilning 23-24-fevral kunlari o’tkazilgan edi.

Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi. Gʻolib va sovrindorlar joriy oʻquv yilining yakunida tantanali tarzda taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tuproqqalʻa_IM
#Hazorasp_IM
#Attestatsiya
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️INGLIZ TILI fani o'qituvchlari uchun o'tkazilayotgan attestetsiya jarayonlarida ustozlarimiz kun qahramoni bo'lishda davom etmoqdalar.


▪️Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchisi Karimboyeva Sevara 96 ball to'plab 2-toifaga o'tdi.

▪️Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchisi Atajonov Sultonmurod 8 daqiqada 96 ball to'plab 2-toifaga o'tdi.

🎉Ustozlarni ushbu yutug'i bilan tabriklab, muvaffaqiyatlari bardavom bo'lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#dars_jarayoni
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Xonqa_IM

🎗9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 5 -"B"sinfida "Inson irodasi - jasoratning yuksak ko'rinishi" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Mavzu orqali o'quvchilarda ajdodlarimizga bo'lgan hurmat va ehtirom, Vatandan g'ururlanish hissi yanada ortdi.

Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Jasorat - milliy g‘urur va iftixor" shiori ostida dars mashg‘ulotlari sinflar kesimida tashkil qilindi. O‘quvchilarga Ikkinchi jahon urushining oqibatlari, Vatan tinchligi va saodati uchun kurashgan, millatimiz faxr-u iftixoriga aylangan ota-bobolarimiz, bugungi farovon va osuda hayotimiz uchun jon fido etgan ajdodlarimiz haqida ma'lumotlar berildi.

📝 Ushbu darslarda bugungi tinch hayotimizni qadrlash va asrash, ajdodlarga munosib jasoratli va shijoatli, vatanparvar avlodlar bo‘lishimiz lozimligi haqida tushunchalar berildi.

🌐 Telegram | Facebook