XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.82K subscribers
22.5K photos
1.55K videos
32 files
6.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bu_fakt

📸 Xudoybergan Devonov - birinchi oʻzbek fotografi

U Xiva xoni saroyidagi ilk fotosuratchi edi. Oʻzbek kinosi va fotografiyasi asoschisi boʻlgan. Josuslikda nohaq ayblanib, Stalin qatagʻoni qurboniga aylangan.

Xudoybergan Devonov 1879-yilda Xivada, badavlat oilada tugʻilgan. Otasi Nurmuhammad devon (mirza) Xiva xonining Xoʻjaylidagi mulklari boshqaruvchisi boʻlgan. Xudoybergan Xivadagi madrasada savodini chiqargan, arab tilini oʻrgangan. Adabiyot bilan oshno boʻlib, sheʼrlar yozib turgan. Soatsozga shogirdlikka tushgan. Koʻplab musiqa asboblarini chalishni bilgan. Bogʻdorchilikka qiziqib, bogʻida atirgullarning 40ga yaqin navlarini oʻstirgan. Ammo uning taqdiriga fotografiya va kinematografiya sohasida nom qozonish yozilgan edi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

⚡️ XIVA SHAHAR 2-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov, viloyat hokimi o‘rinbosari San'at Salayev, Xiva shahar hokimi Temur Davletov hamda ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

💠 Ochilish marosimidan so'ng mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o'quvchilar bilan suhbatlashishdi.
__________
✔️ Ma'lumot o'rnida, mazkur maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan bo'lib, bugungi kunda muassasada 284 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

XIVA SHAHRIDAGI 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABNING OCHILISH JARAYONIDAN

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm  viloyati Xiva shahrida tashkil etilgan 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyat hokimi Raximov Jo'rabek Raximovich va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📌Ma'lumot o'rnida, mazkur maktab 330 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq  fanlarga ixtisoslashgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
#Yangi_yil_shukuhi

🎄Xorazm viloyati musiqali drama teatrida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Yangi yil bayramiga bag'ishlangan teatrlashtirilgan konsert dasturida o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

❄️ Bayram barchaga muborak bo‘lsin.

🌐 Telegram | Facebook
#Faxrimiz
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy amaliy markaz tomonidan "Xalqaro o'qituvchilar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan "Ilk ustozlik kunimdan hozirgacha" mavzusidagi esselar tanlovida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavluda Rahmanova diplom bilan taqdirlandi.

🎉 Ustozimizning keyingi faoliyatida ham yutuqlar, muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сифатли таълим вақти келди

Пришло время качественного образования

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabida_trening_jarayonlari

🔰Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida xalqaro matematika fani o'qituvchi Donovan Solomons tomonidan "Pedagogical Development" mahorat darslari bo'lib o'tdi.

✏️ Treningda o'qituvchi o'z-o'zini rivojlantirish bilan birga bolalar bilan to'g'ri ishlay olish va ularni yo'naltira olish, mustaqil fikrlash, yaratuvchilik ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha mahorat darsi bo'lib o'tdi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | you tube
Bugun, 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Hurmatli Hilola O‘ktamovna!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Sizni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy tabriklaydi!

Sizga ushbu muhim davlat lavozimida kuch-g‘ayrat, mamlakatimiz ta'lim tizimi ravnaqi yo‘lidagi kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat va ehtirom bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Hurmatli Hilola O‘ktamovna!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari nomidan Sizni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlanganingiz munosabati bilan samimiy va shodiyona tabriklaydi!

Vatanimiz ravnaqi, sifatli ta'lim tizimi rivoji, dilbandlarimiz kamoli uchun qilayotgan sharafli mehnatlaringiz o‘zining muvaffaqiyatli samarasini berishiga ishonamiz.

Sizga ushbu muhim va mas'uliyatli lavozimni bajarishda kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘lik tilaymiz!

Hurmat va ehtirom bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi jamoasi
Мактабгача ва мактаб таълими вазири вазирлик жамоасига таништирилди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига тайинланган
Хилола Уктамовна Умарова бугун вазирлик жамоасига таништирилди.

Ўзбекистон президентнинг Ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчиси Одил Абдурахманов мактабгача ва мактаб таълими вазири Хилола Умарова ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан вазирнинг биринчи ўринбосари лавозимига тайинланган Агриппина Шинни вазирлик жамоасига таништирди.

“Давлатимиз раҳбари соҳаларга ечим ва маблағни бердилар, бизнинг вазифамиз бу болаларнинг сифатли таълим олишини таъминлаш. Бу йил биз учун шиддатли йил бўлади. Мен ишонаманки, фидоийлик, шижоат ва ҳамжиҳатликда биз албатта таълим сифатини кўтариш каби масъулиятли вазифани уддалаймиз” — дея таъкидлади Ҳилола Умарова.
#Tabriknoma

KIRIB KELAYOTGAN YANGI -2023-YIL BARCHA HAMYURTLARIMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI JAMOASI!

Siz azizlarni yangi yil ayyomi bilan muborakbod qilamiz!

Kelayotgan yil ulkan orzu-umidlar va yangi rejalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Yangi 2023-yil yangi marralar, yutuqlar va shodliklarga boy bo‘lishini tilaymiz!

Yangi yil barchamizga qutlug‘ kelsin!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari

🌐 Telegram | Facebook