XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Shovot_IMI
#Tuproqqalʻa_IM

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!


🎗 Ma‘lumki, "9-may Xotira va qadrlash kuni" 1999-yildan beri O‘zbekistonimizda keng nishonlanib kelmoqda. Ajdodlar ruhiga hurmat va ehtiromda bo‘lish har bir avlodning vazifasidir. Shu jumladan,

🏵 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati rahbar xodimlari hamda bir guruh o‘quvchi yoshlar tumandagi "Motamsaro ona haykali" va "Xotira maydoni"ga borishdi. Bu yerda urushda halok bo'lgan yurtdoshlarimizni xotirlashdi.

🏵 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fidoiy ustozlari, ilmga chanqoq yoshlari tuman markazida joylashgan "Xotira maydoni"da gulchambar qo‘yish marosimini o‘tkazishdi. Maktab direktori L.Matyaqubova boshchiligida bir qator rahbar xodimlar va o‘quvchilar guldastalar bilan yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Oʻzbekistonliklar 9-may bayrami munosabati bilan necha kun dam oladi?

Bu yil Xotira va qadrlash kunida Oʻzbekistonliklar faqat bir kun dam oladi.

Bayram kuni — 9-may, payshanba.

Prezident farmoniga koʻra, qoʻshimcha dam olish kuni belgilanmagan. 10-may, juma — barcha xodimlar uchun ish kuni.

🌐 Telegram | Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Davlat_imtihoni
#Xonqa_IMI

🏃‍♀️🏃🏻Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-E hamda 9-F umumta'lim sinflarida jismoniy tarbiya fanidan Davlat attestatsiya imtihoni o‘tkazildi. O‘quvchilar jismoniy tarbiya fanidan belgilangan jismoniy tayyorgarlik mezonlari asosida imtihon topshirdilar.

✴️ Imtihon jarayoni hakamlar hay'ati tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun alohida topshiriqlar asosida o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook