XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Xiva_Prezident_maktabi

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabida "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab:

✔️ 9-yanvar kuni "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o'tkazildi. Uchrashuvda Faxriylar kengashi raisi F.S.Yusupov, Xorazm viloyati Qo'riqlash boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik U.K.Yo'ldoshov va Qo'riqlash boshqarmasi tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo'limi boshlig'i O.Q.Komiljonovlar o'zining boy tajribalari va bilimlari bilan o'rtoqlashdilar.

✔️ Shuningdek, Prezident maktabida bayramga bag‘ishlab rasmlar tanlovi o'tkazildi.

✔️ 13-yanvar kuni Vatanimizning himoya kuchlari, ularning vazifalari va yurtimiz xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni haqida o‘quvchilar ma'rifiy taqdimot o‘tkazishdi.

✔️ 14-yanvar kuni maʼnaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarda vatanparvarlik ruhini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida qiziqarli chiqishlar, musiqiy dasturlar va ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🇺🇿 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan:

✔️13-yanvar kuni 92002-harbiy qism komandirining ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari, serjant Xudayberganov Sarvar boshchiligida bir guruh xodimlar 7-8-sinf o'quvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi. Harbiylar turli xil avtomat qurollardan qanday foydalanishni, harbiy safarbarlikda o'zini qanday tutish, qanday qurollanish kerakligini tushuntirib o'tdilar.

✔️5-6-sinf o'quvchilari orasida rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.

✔️"Vatan himoyachilari" kuni munosibati bilan bayram tadbiri ham tashkil qilindi. "Turon" klubi jamoasi a'zolarining ta'sirli sahna ko'rinishi va "Vatan tayanchi" otryadi boshchiligidagi chiqishlar, maxsus harbiy mehmonlar, ChQBT rahbari Xursandbek Ulliyevning chiqishlari bayramga yanada jo'shqinlik baxsh etdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sertifikatlar
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🔖 2024-2025 yilgi o'quv yili boshidan beri Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 11-sinf o'quvchilari milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlarni qo'lga kiritib, oliy ta'limga kirishga yana bir qadamni qo'yishdi.

Ular bilan tanishing:

⚡️ IELTS sertifikati
1️⃣. IELTS 6.0 - Jumaniyozov Shohjahon
2️⃣. IELTS 5.5 - Rustamboyev Behruzbek

⚡️ SAT sertifikati
1️⃣. SAT score total 1000 - Jabbarganov Boburbek

⚡️Umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikat:

Matematika fanidan-
1️⃣. Sapayeva Sharifajon B (85.82)
2️⃣. Baxodirova Sevara C (75,18)
3️⃣. Odilbekova Bozorgul C (71.03)

Yuqori sinf o'quvchilarining ko'pchiligi sertikatlar olish uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Tez orada ularning natijalarini ham e'lon qilamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_1_son_IMI
#Vatanparvarlik_oyligi

🔱 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ChQBT rahbari Xursandbek Ulliyev va Xorazm viloyati Milliy gvardiyasi qo'riqlash bo'limi xodimi kapitan Dilshod Xudayberganovlar boshchiligida "Ichan qal'a davlat muzey qo'riqxonasi" da o'tkazilgan "Vatanparvarlik oyligi" tadbirlarida 11-A sinf o'quvchilari ham faol qatnashdilar.

🎯 Bunda "Ichanqa'la muzey qo'riqxonasiga sayyohlarni jalb qilish" tadbiri o'tkazildi. Kamondan o'q otish mashqlari ham olib borildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Kitobxonlik

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun ajoyib bir tashabbusni amalga oshirdi!

📗Maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida, 5-8-sinf o‘quvchilari ota-onalari ishtirokida Xudoyberdi To’xtaboyevning "Mungli ko‘zlar" romaniga bag‘ishlangan kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ota-onalar roman mazmuni, asosiy g‘oyalar va personajlar haqidagi bilimlarini namoyish etdilar. Bu tanlov o‘quvchilar uchun ham, ota-onalar uchun ham yangi bilim olish imkoniyatini yaratdi, hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#SEAMO

🇲🇾 Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilgan SEAMO (Janubi-Sharqiy Osiyo Matematika Olimpiadasi) tanlovida Xiva shahridagi Prezident maktabining 8-Blue sinf o'quvchisi

🥇Sotimboyev Ibratbek - oltin medalni qo'lga kiritdi!

🎯 Matematikaga bo‘lgan ulkan qiziqishi va mehnatlari natijasida, Ibratbek o‘zining bilim va iste’dodini xalqaro miqyosda sinab ko‘rdi va eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

Ibratbekka kelajakdagi ishlarida yana katta yutuqlarni tilaymiz va uning muvaffaqiyatlari biz uchun ilhom manbai bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan:

✔️Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey oʻquvchilari va xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida 9-11 sinf oʻquvchilari qatnashdi.

✔️Yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻquv qurollarini qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Sport

CHAVANDOZLIK DARSLARI DAVOM ETMOQDA!

🔰 Xiva shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi bilan hamkorlikda ot sport turlari bo'yicha ko'rgazmali mahorat darslari o'tkazildi.

🐎 Bu kabi mashg'ulotlar o'quvchilarda milliy sport turlarimizga bo'lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Kundan-kunga ot sportiga qiziquvchi o'quvchilar safi kengaymoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Xiva_shahar_1_son_IMI

📙 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati dars jarayonlaridan lavhalar:

⚡️21-yanvar kuni tarbiya fani o'qituvchisi O'zbekov Temurbek boshchiligida 6 b - sinfda "Zamonaviy texnologiyalar ezgulik xizmatida" mavzusi asosida ochiq dars o'tkazildi.

⚡️22-yanvarda Egamberganova Kumushoy boshchiligida "English literature" mavzusi asosida 5-A sinfiga namunali dars mashg'ulotii bo'lib o'tdi.

⚡️ 24-yanvar sanasida rus tili fani o'qituvchisi G'ulomjonova Munira boshchiligida 10-sinf o'quvchilariga "Имя числительное" mavzusidagi ochiq dars tashkillashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook