XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#psixologik_faoliyat
#Yangibozor_IMI

🏢 Yangibozor tuman IMI psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan o'tkazilgan psixologik metodika va trening mashg'ulotlaridan lavhalar:

🌈 5-6-sinflarda "Artterapiya", "Do'stlik o'yini", "Impuls", "Molekulalar", "Uchlar", "Piramida" korreksion-rivojlantiruvchi mashqlari, "Mantiqiy va mexanik xotirani aniqlash" metodikasi;

🌈 7-8-sinf o'quvchilari bilan "Men o'zimga va o'z kuchimga ishonaman" metodikasi, "Turnalar","Yomg'ir ostidagi odam" proyektiv metodikalari;

🌈 9-10-sinflarda "Jamoa bo'lish ishlashni o'rganamiz" mavzusida trening mashg'uloti, "Kim chaqqon?" mashqi, "Yashash uchun 1001 ta sabab" mavzusida trening mashg'ulotlari;

🌈 11-sinf o'quvchilari bilan "Men tanlagan OTM" va "Zamonaviy kasblar bilan tanishuv" mavzularida davra suhbati.

🧑‍🎓Pedagogik jamoada esa "Stressiz go'zal hayot","Hayot go'zal, yashash zavqli" treninglari o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Shovot_IMI

▶️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va IT PARK XORAZM FILIALI bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Kelishuvga ko'ra, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-"A" sinf o'quvchilari IT PARK da amaliyot o'tashdi.

📍Uchrashuv davomida o'quvchilar bu yerda yaratilgan sharoitlar, o'quv kurslar bilan tanishibgina qolmay, dars jarayonlarini ham kuzatishdi. Amaliyot sifatida turli xil dasturlarda dasturlar yaratishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Tuproqqalʻa_IM

🇺🇿 Bugun Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchilari bilan "Jasorat -millat g‘ururi va iftixori" shiori ostida jasorat tarixi darsi o‘tkazildi.
  
Tadbirda faxriy ustoz ChQBT fani o‘qituvchisi S.Ro‘ziboyev, "Veteran" faxriy jangchilar va nogironlar birlashmasi Tuproqqal'a tumani bo‘linmasi raisi A. Otajonov boshchiligidagi bo‘linma a'zolari, 9203-harbiy qismdan III-darajali serjant O.Mansurbekov, maktab direktori L.Matyaqubova, MMIBDO‘ M.Kenjayev va VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik X.Eshchonovlar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq darslar tashkil qilish an'anasi davom qilmoqda:

🔘Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Maqsuda Karimova tomonidan 9-03-sinfda Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani bo'yicha bahs-munozara dars o'tkazildi.

🔘 Ingliz tili fani o'qituvchisi Gulchehra Vaisova 5-01 sinfning 1-guruhida "Speaking" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.

🔘 Tarbiya fani o'qituvchisi Shoira Saparova 9-02-sinfda "Insonni boy  va qashshoq qiluvchi omillar" mavzusida ochiq dars o'tdi.

🌐
Telegram | Facebook