XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bellashuv
#Xiva_shahar_1_son_IMI

๐Ÿ“Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-b va 6-b sinflari o'rtasida ingliz tili fanidan "Word competion" (So'z boyligi) musobaqasi o'tkazildi. Unga oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Madrimova Fazilat boshchilik qildi.

๐Ÿ”ฐ Ushbu musobaqadan asosiy maqsad, o'quvchilar o'z bilimlariga to'g'ri baho berishni o'rganish va o'z ustlarida yanada ko'proq ishlab, natijaga erishishdir.

Musobaqada 6-b sinf o'quvchilari g'olib bo'lishdi.


๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Yangibozor_IMI
#Xiva_shahar_1_son_IMI

๐Ÿ”˜ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining fizika fani o'qituvchisi
Matyaqubov Sarvarbek milliy sertifikat imtihonida qatnashib, 100%lik natijani qayd etdi va A+ darajasiga ega bo'ldi.

๐Ÿ”˜ Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Nurmetova Muxlisa 100% lik natijani qo'lga kiritib, A darajasiga ega bo'ldi.

โšก๏ธ3 yil davomida  beriladigan ustamaga ega bo'lgan ustozlarni tabriklaymiz.Kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" shiori ostida Ikkinchi jahon urushi gโ€˜alabasiga Oโ€˜zbekiston xalqining qoโ€˜shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan jasorat tarixi darsi o'tkazildi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Sport
#Xiva_shahar_2_son_IM

Maktabgacha va maktab  ta'limi vazirligi tizimidagi muassasalarining xodimlari oโ€˜rtasida "Sogโ€˜lom tanda-sifatli ta'lim" shiori ostida Kasaba uyushmalari kubogi sport musobaqalarining 2-bosqichi bo'lib o'tdi.

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari ham ushbu sport musobaqalarida ildamlikni qoโ€˜ldan bermagan holda faol qatnashdi va quyidagi g'olibliklarni qo'lga kiritishdi:

โ™Ÿ๐™Ž๐™๐™–๐™ญ๐™ข๐™–๐™ฉ ๐™—๐™ค'๐™ฎ๐™ž๐™˜๐™๐™–: ๐™๐™–๐™ญ๐™ข๐™–๐™ฉ๐™ช๐™ก๐™ก๐™–๐™ฎ๐™š๐™ซ ๐˜ฝ๐™–๐™๐™ง๐™ค๐™ข ๐™ˆ๐™–๐™ฉ๐™ฃ๐™–๐™ฏ๐™–๐™ง๐™ค๐™ซ๐™ž๐™˜๐™ ๐Ÿฅ‡- ๐™ค'๐™ง๐™ž๐™ฃ

๐Ÿ“ ๐™Ž๐™ฉ๐™ค๐™ก ๐™ฉ๐™š๐™ฃ๐™ฃ๐™ž๐™จ ๐˜ผ๐™ญ๐™ข๐™š๐™™๐™ค๐™ซ ๐™Ž๐™๐™–๐™ซ๐™ ๐™–๐™ฉ ๐˜ผ๐™ฉ๐™–๐™—๐™ค๐™ฎ๐™š๐™ซ๐™ž๐™˜๐™ ๐Ÿฅ‰ - ๐™ค'๐™ง๐™ž๐™ฃ

โšก๏ธ๐™ˆ๐™–๐™ ๐™ฉ๐™–๐™— ๐™Ÿ๐™–๐™ข๐™ค๐™–๐™จ๐™ž๐™œ๐™– ๐™จ๐™ฅ๐™ค๐™ง๐™ฉ ๐™ข๐™ช๐™จ๐™ค๐™—๐™–๐™ฆ๐™–๐™ก๐™–๐™ง๐™ž๐™ฃ๐™ž๐™ฃ๐™œ ๐™ ๐™š๐™ฎ๐™ž๐™ฃ๐™œ๐™ž ๐™—๐™ค๐™จ๐™ฆ๐™ž๐™˜๐™๐™ก๐™–๐™ง๐™ž๐™™๐™– ๐™๐™–๐™ข ๐™ค๐™ก๐™ž๐™ฎ ๐™ค'๐™ง๐™ž๐™ฃ๐™ก๐™–๐™ง ๐™ฃ๐™–๐™จ๐™ž๐™— ๐™ฆ๐™ž๐™ก๐™ž๐™จ๐™๐™ž๐™ฃ๐™ž ๐™ฉ๐™ž๐™ก๐™–๐™— ๐™ฆ๐™ค๐™ก๐™–๐™ข๐™ž๐™ฏ.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#psixologik_faoliyat
#Yangibozor_IMI

๐Ÿข Yangibozor tuman IMI psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan o'tkazilgan psixologik metodika va trening mashg'ulotlaridan lavhalar:

๐ŸŒˆ 5-6-sinflarda "Artterapiya", "Do'stlik o'yini", "Impuls", "Molekulalar", "Uchlar", "Piramida" korreksion-rivojlantiruvchi mashqlari, "Mantiqiy va mexanik xotirani aniqlash" metodikasi;

๐ŸŒˆ 7-8-sinf o'quvchilari bilan "Men o'zimga va o'z kuchimga ishonaman" metodikasi, "Turnalar","Yomg'ir ostidagi odam" proyektiv metodikalari;

๐ŸŒˆ 9-10-sinflarda "Jamoa bo'lish ishlashni o'rganamiz" mavzusida trening mashg'uloti, "Kim chaqqon?" mashqi, "Yashash uchun 1001 ta sabab" mavzusida trening mashg'ulotlari;

๐ŸŒˆ 11-sinf o'quvchilari bilan "Men tanlagan OTM" va "Zamonaviy kasblar bilan tanishuv" mavzularida davra suhbati.

๐Ÿง‘โ€๐ŸŽ“Pedagogik jamoada esa "Stressiz go'zal hayot","Hayot go'zal, yashash zavqli" treninglari o'tkazildi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Shovot_IMI

โ–ถ๏ธ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va IT PARK XORAZM FILIALI bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Kelishuvga ko'ra, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-"A" sinf o'quvchilari IT PARK da amaliyot o'tashdi.

๐Ÿ“Uchrashuv davomida o'quvchilar bu yerda yaratilgan sharoitlar, o'quv kurslar bilan tanishibgina qolmay, dars jarayonlarini ham kuzatishdi. Amaliyot sifatida turli xil dasturlarda dasturlar yaratishdi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook