XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Sayohat

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarimizda o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish uchun ekskursiya jarayonlari davom etmoqda.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari Xiva shahar "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" ga sayohat qildilar.

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh qizlari tarbiyachi ustoz L.Jeparova boshchiligida "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" ga sayohat qilib, madaniy hordiq chiqarishdi. Shuningdek, maktab-internatining 8-b sinf o'quvchilari sinf rahbari S.Atajanov bilan birgalikda Xiva shahar "Xotira maydoni" ga sayohat uyushtirishdi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-03 sinf , 8-01 sinf va 5-01 sinf o'quvchilari ustozlari boshchiligida "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

🕌 Sayohatlar davomida o'quvchilar me'moriy obidalarni tomosha qilgan holda, ular haqida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
23-27-aprel kunlari vazir ustamasiga da’vogar pedagoglar uchun suhbat bo‘lib o‘tadi

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglarga 9 oy mobaynida 5 mln 775 ming so‘mlik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Suhbat jarayoni qanday o'tadi? Talabgorlarning kasbiy mahorati qanday mezonlar asosida baholanadi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/612

Telegram I Facebook I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ogahiy_ijod_maktabi

IJOD MAKTABIMIZ HAQIDA LAVHA NAMOYISH ETILDI

📺 Xorazm televideniyesining "Assalom, Xorazm" dasturida, 2024-yilning 23-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi haqida qamrovli lavha namoyish etildi.

✔️ Unda ijod maktabning oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorligi, xorijiy tillarni o'qitilishi va o'quvchilarimizning erishayotgan yutuqlari to'g'risida so'z yuritiladi.

🔘 Ko'rsatuv Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari intervyulari asosida tayyorlangan.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa,yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#olimpiada

18-aprel kuni bo'lib o'tgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilar zahirasini shakllantirish maqsadida matematika-informatika yo‘nalishi bo‘yicha saralash olimpiadasining Respublika bosqichi natijalari e'lon
qilindi.

Respublika bosqichida eng yuqori natijaga erishgan hamda viloyatimizdan kuchli 100 talikka kirishi kutilayotgan o'quvchilar:

5-sinf
1. Abdullayev Jaloliddin Xorazm viloyati Xiva shahar ITMA PM
2. Alimbayev Salohiddin Xorazm viloyati Xiva shahar ITMA PM

6-sinf
1. O‘ktamboyeva Zarina Ildambek qizi Xorazm viloyati Urganch shahar ITMA 1-son IMI
2. Atayev Zufar Sharafiddinovich Xorazm viloyati Xiva shahar ITMA PM
3. Rahimberganova Muslimaxon Xurshidbek qizi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani ITMA IM
4. Atanazarov Rustam Javlonbek o‘g‘li Xorazm viloyati Yangibozor tumani ITMA IM

7-sinf
1. Baxodirov Akmal Otajon o‘g‘li Xorazm viloyati Yangiariq tumani ITMA IM
2. Sharipov Dilshod Xorazm viloyati Urganch shahar ITMA 1-son IMI
3. Farxodova Zeboxon G‘ayrat qizi Xorazm viloyati Yangiariq tumani ITMA IM
4. Qalandarova Sabohat Azamat qizi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 12-sonli maktab
5. Tairov Tohirjon Mardonbek o‘g‘li Xorazm viloyati Yangiariq tumani ITMA IM

8-sinf
1. Bekchonov Munisbek Muzaffar o‘g‘li Xorazm viloyati Hazorasp tumani To‘lqin FM NTM

📌Olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘yicha Apellyatsiya joriy yilning 27-aprel soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

O'ZBEKNING YURAGIDAGI SHOIR


📌Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonasida sevimli shoir Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlab adabiy kecha va mushoira bo'lib o‘tdi.

🔘Mushoirada maktabimizning 10-sinf o‘quvchilari juda  faol ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
#Bogʼot_IM

🏆
Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Ro‘zimova Zuhra Bekturdiyevna attestatsiya jarayonida
kun rekordini o'rnatdi.

💯
Ustozimiz malaka test sinovlarida 96 ballni qo‘lga kiritib oliy malaka toifasiga ega bo’ldi! Ustozimiz yaqindagina milliy sertifikatni 100% lik natija bilan qo'lga kiritgan edi.

Ustozni ushbu yutuqlari bilan tabriklab muvaffaqiyatlari bardavom bo'lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor tashkil etilgan ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi.

Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.

Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube