XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🔰 8-aprel kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan "Buyuk Sohibqiron" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

✔️Direktor S.Abdullayev buyuk Sohibqiron hayotini o’rganishning ahamiyati haqida gapirdi va tadbirni ochib berdi. Ijodiy to‘garak rahbari, Sh.Masharipov tarixni bilish bugungi kunda o‘zlikni anglash yo‘li ekanini ta’kidlab o’tdi.

🎭 Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan “Temur tuzuklari”dan keltirilgan hikmatli so’zlar, buyuk sarkarda haqidagi go’zal she’rlar aytildi. Tarix fani o‘qituvchisi A.Ro‘ziboyev Sohibqiron haqida taqdimot qildi, o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

💫 O‘quvchilar buyuk sarkarda hayoti va buyuk siymo bo‘lgan shaxslar: To‘maris, Alisher Navoiy, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Zebuniso va shu kabi ajdodlarimizni sahna ko‘rinishida jonlantirishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Yangibozor_IM
#Amalga_oshirilgan_ishlar

📊 Yangi baholash tizimining afzalliklari haqida Yangibozor tumani 24-son umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yulduz Maturazova fikrlarini bayon qildi.

📌
Ma'lumot uchun, Yangibozor tumani 24-son umumta'lim maktabiga formativ-summativ baholash tizimini joriy qilishda Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan matematika fani o'qituvchisi Sardor To'liboyev va fizika fani o'qituvchisi O'g'iljon Nurmanovalar trener qilib berkitilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Amir_Temur_688_yilligi
#Shovot_IMI

Yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligiga bag'ishlab Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida:

"AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR IBRATI" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida 49093- harbiy qism vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari kapitan Nosirov Zafarbek hamda safarbarlik rezervi askarlari qatnashib, buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida, vatanparvarlik tuyg'usining muqaddasligi haqida ta'sirli fikrlar bildirdilar.

Kamondan o'q otish va futbol sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Musobaqa g'oliblari estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

9-sinflar o'rtasida "Amir Temur-o'zbek davlatchiligining iftixori" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi. Ushbu tanlovda 9-"A" sinf o'quvchisi Egamberganova A'loxon g'olib bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2🔥1
#Xonqa_IM_
#Vatan_tayanchi_otryadi

🏵 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil qilingan "Vatan tayanchi" otryadining bir guruh a'zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi.

Ko‘krak nishonlarini topshirishda ixtisoslashtirilgan maktab direktori B.Y.Saidov ishtirok qilib, otryad a'zolarini tabrikladi va bu nishonning ahamiyati va mas'uliyati haqida tushunchalar berib o‘tdi hamda o‘quvchilarga yana omadlar tiladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

Bugun poytaxtimizda Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda keng jamoatchilik vakillari, jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari ham ishtirok etishdi.

Vazirlik jamoasi sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, Amir Temur xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati
#Xiva_shahar_1_son_IMI

📃 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab maslahatchisi Ullijon Erkinovaning 10-11-sinf o'quvchilariga "Xorijiy universitetlarning O'zbekistondagi filliallari" mavzusi asosida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔰 Davra suhbati davomida Westminster, Webster, INHA, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) kabi TOP o'rinlarda turuvchi universitetlar, ularning qabul kvotalari, o'qish jarayoni haqida ma'lumot berib, zarur tavsiyalar ko'rsatildi. O'quvchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐 Telegram | Facebook