XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bogʼot_IM
#Butunjahon_salomatlik_kuni

 🎗"7-aprel Jahon salomatlik kuni" munosabati bilan kecha
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida

🔸
Maktab psixologi Sh.Ollanazarova va maktab hamshirasi N.Xudayberganova boshchiligida "Sog'lom turmush tarzi"mavzusida 5-6 sinflarga davra suhbat tashkil qilindi.

🔸8-E sinf o'quvchilari boshchiligida noan'anaviy dars jarayoni tashkillashtirishdi. Mavzu doirasida o'quvchilar dars jarayonida va uy sharoitida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish usullarini mahorat bilan ijro qilishdi.

🔸6-sinf  o'quvchilari milliy  xalq o'yinlaridan "Oq terakmi, ko'k terak" o'yinini o'tkazishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Bogʼot_IM
#Yangiariq_IM

USTOZ SHOGIRDLAR XORAZM TELEKANALIDA MEHMON BO'LISHDI

⚡️X
orazm telekanalining "Assalom, Xorazm" dasturida Xalqaro olimpiada g'oliblari M.Egamberdiyev va T.Tayirov hamda ularning ustozlari N.Kamalov va D.Babajanovalar bilan suhbat bo'lib o'tdi.

07.04.2024

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Sayohat

🏢URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchilari O'zbekistonda nufuzi baland bo'lgan MA'MUN UNIVERSITETIGA sayohat qilishdi.

O'quvchilar Ma'mun universitetining Urganch shahrida joylashgan yangi binosidagi zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Universitet vakillari bu yerdagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berdilar.

▪️O'quvchilar qulay sharoitlarga ega Universitet bilan tanishganlaridan mamnun bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat
#Amir_Temur_688_yilligi
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan bu galdagi "Zakovat" turniri "Ikkinchi renessans izdoshlari" shiori ostida Buyuk sohibqiron AMIR TEMUR bobomiz tavalludining 688 yilligiga bag'ishlab tashkil qilindi. Unda 6-9-sinflarning 9 ta jamoasi ishtirok qildi.

📉 Qizg'in va murosasiz bahslarga boy bo'lgan aql musobaqasida

1️⃣ 9"A"- sinfning "Intellektuals" jamoasi
2️⃣ 9"B"-sinfning "Urfon" jamoasi va 8"a"-sinfning "Yuksalish" jamoasi
3️⃣ 8"B"-sinfning "Tafakkur" jamoasi egalladi.

📌Turnirning bahoriy mavsumi davom etadi.


🌐 Telegram | Facebook
#harbiy_vatanparvarlik

Har bir inson ona Vatanni ko'z qorachig'iday asrashga intiladi. Vaqti kelganida harbiy xizmatni o'tab o'z burchini ham bajarishi lozim. Yoshlarimizni harbiy mashg'ulotlar, ularning o'tkazilish jarayonlari doim qiziqtirib kelgan.

⚡️Ogahiy nomidagi ijod maktabi
⚡️
Xiva shahar 1-son IMI
⚡️
Xiva shahri 2-son IM larning 11-sinf o'g'il bolalari Yangiariq dala-oʻquv poligonida dala-oʻquv yigʻini hamda oʻq otish bo'yicha bir kunlik amaliy mashgʻulotlarida ishtirok etdilar.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rejasiga ko'ra tashkil qilingan ushbu yig'inlarda o'quchilar qurol-aslahalar va harbiy texnikalardan BTR-80, ZENIT artilleriya jangovar mashinasi, minamyot, havo hujumiga qarshi oʻqotar qurollar, granatamyot, pulemyotlardan foydalanish, tibbiy bilim asoslari va jangovar harakatlar haqida, AK-74 qurolidan oʻq otish mashgʻulotlarida amaliy ko'nikmalar hosil qildilar.

Mashg'ulotlar yigitlarda harbiy sohaga bo'lgan qiziqishni yana bir pog'onaga ko'tardi.

🌐 Telegram | Facebook