XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.83K subscribers
22.3K photos
1.53K videos
32 files
6.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Uchrashuv

🏢URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xalqaro nufuzi baland bo'lgan BRITISH MANAGEMEN UNIVERSITY vakillari bilan hamkorlikda Urganch shahridagi iqtidorli o'quvchilar hamda maktabimizning ingliz tili sertifikatiga ega o'quvchilari bilan uchrashuv uyushtirildi.

📍Uchrashuv faqat ingliz tilida tashkil qilinib, o'quvchilar ingliz tilida suhbat qilishdilar. Universitet rektori Britanyalik KONRAD OZOG o'quvchilarga BRITISH MANAGEMENT UNIVERSITY dagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berdi.

⚜️ Uchrashuv so'ngida suhbat jarayonida faol bo'lgan o'quvchilarga Universitet vakillari tomonidan esdalik sovg'alar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

🔔O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirig‘i ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash olimpiadasi tashkil qilinadi.

📣Olimpiada quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

✔️ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 6-aprel kuni;

✔️uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida 17-aprel kuni;

✔️to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 18-aprel kuni o‘tkaziladi.

‼️Olimpiada nazorat materiallari o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, asosan matematika fanidan topshiriqlar va nostandart masalalar taqdim qilinadi.

📌Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Bogʼot_IM

🏢Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus" doirasida to'garaklar o'z faoliyatini olib bormoqda.

🌠 Fotosuratlarda:

🏓 Sport to‘garagi doirasida maktab o'quvchilari o'rtasida "Stol tennis" bo'yicha navbatdagi sport musobaqasi o'tkazildi.

🖥 "Young coders" to'garagi rahbarlari Dilmurod Yusupov va Siroj Ro'ziboyevlar tomonidan o'quvchilarga "Scratch dasturida shakllar bilan ishlash"va "HTML da dasturlar tuzish" mavzularida mahorat darslari o'tilmoqda.

📚 Kitobxonlikni keng targ'ib qilishga doir turfa tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Shovot_IMI

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent shahridagi Koreya oliy ta'lim muassasasi ADJU universiteti o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha prorektori Ulug'bek Ro'zimov hamda universitet rektori maslahatchisi Azmiddin Mardayevlar maktab-internatning 10-11 sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazdilar.

🎓
ADJU universiteti o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha prorektori Ulug'bek Ro'zimov o'quvchilarga universitetdagi fakultetlar, yaratilgan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berdi.

📹O'quvchilar universitet hayotidan videoroliklar tomosha qilishdi hamda o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi
.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
#Qoʻshkoʻpir_IM
#dars_jarayoni

⚡️Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Esamurotova Dildora tomonidan ochiq dars tashkil qilindi.

Ochiq dars Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlandi.

📌 Dars mashg'uloti 8-D sinfda bo'lib o'tdi va unda o'quvchilar faol ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Amaliy_mashgʻulot

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan sinf o'quvchilari biologiya fani o'qituvchisi M.Bekchonova rahbarligida "Faunani asrash" MChJ ga amaliy mashg'ulot uyushtirdilar.

♻️ MChJ rahbari Biologiya fanlari doktori, professor Xudoybergan Bekchonov o'quvchilarga hudud fauna va florasi bilan yaqindan tanishtirdi.

🟢 O'quvchilar maktabda olgan bilimlarini amaliy mashg'ulot davomida mustahkamladilar.

🌐 Telegram | Facebook