XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Shovot_IMI
#davra_suhbati

🎓Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Urganch davlat universiteti ingliz tili fani o'qituvchisi Feruza Masharipova hamda FLEX dasturi g'oliblari Gulasal Ilhomova hamda Munira Omongaldi qizi maktab—internatning 8-9 sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazishdi.

❇️ Bunda asosan FLEX dasturi hamda ariza topshirish, uning bosqichlari, FLEX dasturida qatnashish uchun qo'yilgan talablar, yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berishdi.

✔️Shuningdek, Gulasal Ilhomova FLEX dasturiga ariza topshirish jarayonlari bilan tanishdirdi.  Munira Omongaldi qizi esa o'zining tajribalari haqida o'quvchilar bilan bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Sport
#Besh_tashabbus

🏀 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro'z!" g‘oyasi asosida Navro‘z bayramini keng nishonlash chora-tadbirlar dasturiga asosan rejalashtirilgan sportning voleybol turi bo‘yicha sinflararo musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarda 9-10-11-sinfdan 7 ta jamoa qatnashdi.

Bugun maktab birinchiligi musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Finalda ixtisoslashtirilgan maktabning 9-D va 9-F sinflari o‘zaro bellashdilar. Partiyalar hisobiga ko‘ra 9-F sinfi jamoasi 2:0 hisobida g‘olib bo‘lib 1-o‘rinni egalladi.

🔺 Musobaqalarga ixtisoslashtirilgan maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hakamlik qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʼot_IM
#Xalqaro_olimpiada

🏆XALQARO OLIMPIADA G’OLIBI MUNOSIB KUTIB OLINDI

🥇
2024-yil 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatida turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o'tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasi g'olibi

MAQSADBEK EGAMBERDIYEV
oltin medal bilan Xorazmga yetib keldi.

📣Xalqaro medal sohibi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida munosib kutib olindi.
       
🏆
O'quvchimizning g‘alabasi ta'lim muassasasida katta bayram sifatida nishonlanib, tadbir davomida ustozlariga maktab ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik sifatida estalik sovg'alari topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Faxrimiz
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlari olmoqda.

Maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi Zulfiya Shomurotovaga hozirgacha chet elning 8 ta OTM laridan qabul xatlari keldi va jami hisobda - 528 000 AQSH dollar miqdorida grant sohibasi bo'lib turibdi.

Qabul xatlari kelishda davom etmoqda...

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO OLIMPIADA G'OLIBLARI KUTIB OLINDI
01.04.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️
#bugun

2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni

📙 Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2-aprel sanasini Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlashadi.

🔸 Bu sananing ham o‘ziga xos tarixi bor. 1967-yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi 2-aprel sanasini bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Chunki shu kuni mashhur bolalar yozuvchisi Xans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan.

📚 Kitoblar olami insoniyatning nafaqat ma’naviy–ma’rifiy qarashlari, balki ongu tafakkurini, dilidagi ezgu xislatlarini, yaxshilikka yondoshgan fikr-u o'ylarini, orzu-umidlarini birlashtirib, hayot maydonining eng yuksak cho`qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga o’xshaydi. Uning har-bir sahifasi izlanishga, intilishga yangiliklar yaratishga chorlaydi. Bu borada kutubxonalarning alohida xizmatlari tahsinga sazovor ekanini ta’kidlash joizdir.

🌐 Telegram | Facebook
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bogʻlash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir sheʼrlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Boğot_IM
#Amalga_oshirilgan_ishlar

✔️Ma'lumki, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimini qo‘shimcha 1000 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joriy qilish, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60%gacha oshirish belgilangan.

📊Jumladan, Bog'ot tumanidagi 2 ta umumta'lim maktabiga yangi baholash tizimini joriy qilishda amaliy yordam berish uchun Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabidan mas'ullar biriktirilgan.

🎞Ushbu videolavhada informatika fani o'qituvchisi Dilmurod Yusupov yangi baholash tizimining mohiyati, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida, onlayn CHSBning afzalliklari haqida quyidagilarni sanab o'tdi:
🔸o'quvchilar natijalarini bir vaqtda bilib olishadi
🔸o'z xato kamchiliklarini bilishadi
🔸savollar bilan bog'liq o'rinli etirozlarini bildira olishadi
🔸vaqt bilan bog'liq muammolar chekingan


Shuningdek, tizimning qulayliklari haqida 10-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Sohiba ham o'z fikrlarini bildirdi.

🌐 Telegram | Facebook