XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.2K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_mktabi

TARG'IBOT TADBIRLARI

🏢
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 2024-2025- o'quv yiliga o‘quvchilar qabuli uchun targ‘ibot tadbirlari boshlanmoqda.

📌
Dastlabki manzil viloyatimizning Xiva shahridagi ayrim umumta'lim maktablari bo'lib, Ijod maktabimiz Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov va psixolog M. Atajonovalar tomonidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.

🔹 Targ'ibot tadbirlarida:
🏆 Yutuqlar
Imkoniyat va imtiyozlar
👩‍🏫 Dars jarayonlari
🤾‍♂️ To'garak mashg'ulotlari
📗 Kutubxona
🍽 Oshxona
🛏 Yotoqxona sharoitlari haqida ma'lumotlar berildi.


🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Yangibozor_IM
#Sport

🤼‍♂️ Sportning kurash turi bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan yoshlar va yosh qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Xorazm viloyati chempionatida Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o'quvchisi

🥈 Amatjanova Yangiljon - faxrli 2-o‘rinni egalladi.

🇸🇱 Yangiljon, yutuqlaring bardavom bo'lsin!!!

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Xalqaro_olimpiada
#ertalabki_saflanish_

🇺🇿Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hafta ochiq havoda ko'tarinki ruhda Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.

🇹🇲Turkmanistondagi Xalqaro Matematika olimpiadasida bronza medali sovrindori Toirov Tohirjon
maktab jamoasi tomonidan munosib kutib olindi va o'quvchimizning bu yutug'i uning kelajakdagi ulkan zafarlariga zamin yaratishi ta'kidlab o'tildi.

🔅Har bir o'quvchi turli qobiliyatlar egasi, kelajakda har bir o'quvchi o'z sohasida ulkan marralarni zabt etishi tilakdoshimiz!


🌐 Telegram | Facebook
#Kasbga_yònaltirish
#Bogʼot_IM

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI O'QUVCHILARI KASBIY RIVOJLANISH UCHUN TASHKILOTLARDA BO'LISHDI

▫️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106-sonli Farmoni 3.5 bandi ijrosini ta'minlash maqsadida maktabning 11-sinf o'quvchilari

◾️Bog'ot tuman Adliya bo'limi
◾️“AT Aloqa bank Bog’ot kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi”
muassasalariga borishdi.

✔️
O'quvchilar ushbu tashkilotlardagi xizmat ko'rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#davra_suhbati

🎓Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Urganch davlat universiteti ingliz tili fani o'qituvchisi Feruza Masharipova hamda FLEX dasturi g'oliblari Gulasal Ilhomova hamda Munira Omongaldi qizi maktab—internatning 8-9 sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazishdi.

❇️ Bunda asosan FLEX dasturi hamda ariza topshirish, uning bosqichlari, FLEX dasturida qatnashish uchun qo'yilgan talablar, yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berishdi.

✔️Shuningdek, Gulasal Ilhomova FLEX dasturiga ariza topshirish jarayonlari bilan tanishdirdi.  Munira Omongaldi qizi esa o'zining tajribalari haqida o'quvchilar bilan bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Sport
#Besh_tashabbus

🏀 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro'z!" g‘oyasi asosida Navro‘z bayramini keng nishonlash chora-tadbirlar dasturiga asosan rejalashtirilgan sportning voleybol turi bo‘yicha sinflararo musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarda 9-10-11-sinfdan 7 ta jamoa qatnashdi.

Bugun maktab birinchiligi musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Finalda ixtisoslashtirilgan maktabning 9-D va 9-F sinflari o‘zaro bellashdilar. Partiyalar hisobiga ko‘ra 9-F sinfi jamoasi 2:0 hisobida g‘olib bo‘lib 1-o‘rinni egalladi.

🔺 Musobaqalarga ixtisoslashtirilgan maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hakamlik qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook