XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.3K photos
1.38K videos
32 files
6.21K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
XALQARO OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI MUNOSIB KUTIB OLINDI
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
Xabaringiz bor, 2024-yil 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatida turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab Xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi va 2 nafar o‘quvchimiz yuqori natijani qo‘lga kiritishgan edi.

Xususan, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi Egamberdiev Maqsadbek oltin medalni, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi Toirov Tohirjon bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun o‘quvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldi.

Ular Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida munosib kutib olindi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i Xamro Bektemirov o‘quvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

-o‘quvchimiz Egamberdiyev Maqsadbek bitta masalani “xitoy qoldiqlari” usulida ishlagan bo‘lib, masalani baholagan hakam o‘quvchi boshqacha usuldan foydalangan deya shu masalaga pastroq ball qo‘ygan, o‘quvchi esa o‘z e’tirozi bilan hakamlarga murojaat qildi. Ertasi kuni mazkur hakam ushbu usul bilan yaxshilab tanishgach, masala muallifi ishtirokida appelyatsiya jarayonida qayta ko‘rib chiqilib, eng yuqori ball bilan qayta baholandi. Shuning hisobiga o‘quvchimiz oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Barchamiz bundan yanada xursand bo‘ldik. Safar hamda olimpiada taasurotlari barchaning xotirasida saqlanib qoladi deb o‘ylayman, - deya boshqarma bo‘lim boshlig‘i Tursunbek Nurmetov o‘z fiklarini bildirdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatida turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o'tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasi jarayonlari.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Yashil_makon
#Urganch_shahar_1_son_IMI

☘️MAKTABIMIZNI YASHIL MAKONGA AYLANTIRAMIZ

🌿 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 400 ga yaqin turli xil mevali daraxtlarning ko'chatlari va manzarali gullar ekildi.

🌿 Ushbu jarayonda maktab-internatining o'qituvchi pedagoglari va ishchi-xizmatchilari faol qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Yashil_makon
#Ogahiy_ijod_maktabi

🌏 Atrof-muhit qanchalik ozoda va go‘zal bo‘lsa, u yerda baraka bo‘ladi.

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida bahorgi mavsumning navbatdagi aksiyasi tashkil etildi.

🌱30-mart kuni maktab hududida turli navlardagi 60 tupga yaqin mevali ko'chatlar ekildi.

🌐 Telegram | Facebook