XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#birinchi_kun

⚡️Xabaringiz bor, Toshkent shahrida 25-27-mart kunlari “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalda Xorazm viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ham qatnashmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Xalqaro_olimpiada

🇹🇲 Turkmaniston davlatining Arkadag' shahrida turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bagishlab joriy yilning 25-30-mart kunlari o‘tkaziladigan Xalqaro matematika olimpiadasiga Xorazm viloyatidan matematika fanidan chuqur bilimga ega bolgan 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat jamoa 2 nafar jamoa rahbari bilan birgalikda yetib kelishdi.

Viloyatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlar orasida Agentlik tizimidagi maktablardan

Egamberdiyev Maqsadbek (Bog‘ot IM)
Shavkatov Shodlikbek (Shovot IMI)
Tayirov Tohirjon (Yangiariq IM)
lar ham bor.

⚡️O‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Diqqat_èlon
#Ishga_taklif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi:

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi;

📝Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmunini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, samarali dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi inobatga olinadi.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Munosib ish haqi;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Agar siz kreativ fikrlaydigan, o‘z ishining ustasi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar egasi bo‘lsangiz, mazkur tanlovda o‘zingizni sinab ko‘ring.

📆 Hujjatlar joriy yilning 31-mart kuniga qadar telegramdan quyidagi raqamga taqdim qilinadi: 

📞Telegram va murojaat uchun: +998994295918

🗺Manzil: 🔎 Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-"A" uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment
#Teatr_ibodatxonadir

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida o’tkazilayotgan teatr festivali jarayonlaridan videolavha.

#1_kun

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube