XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Hashar
#Xonqa_IM

☘️ Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Xonqa ixtisoslashtirilgan maktabi hududida ham o‘tkazildi.

Hashar davomida maktab ishchi xodimlari tomonidan maktab hududidagi ariq va gulzorlar tozalanib, daraxtlarga ishlov berilib oqlandi. Shuningdek, yangidan 🌳 gujum ko‘chatlari ham o‘tqazildi. Hashar jarayonlari davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Hashar
#Bogʼot_IM

🌱Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  bog'ini ko'kalamzorlashtirish bilan birga, sinfxonalar tozaligiga ham e'tibor qaratildi. Maktabda o'tkazilgan xayriya hashariga barcha birdek o‘z hissasini qo‘shdi.

🌐 Telegram | Facebook
Ta'limga ixtisoslashgan sayt ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta'limi sohasiga ixtisoslashgan xalqtaliminfo.uz sayti ishga tushirildi.

Unda asosan O‘zbekiston va jahon ta’limida ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berib borilishi reja qilingan.

Ma'lumot uchun, “Xalq ta’limi Info” loyihasiga 2018-yili pedagog, Ulug‘bek Po‘latov tomonidan asos solingandi.

Batafsilhttps://t.iss.one/xalqtaliminfo/4952

Telegram I Facebook I YouTube
Ramazon lugʻati

Bir yilda bir oy davom etadigan Ramazon va uning roʻzasi, musulmonlar ado qilishi kerak boʻlgan Islom dinining asosiy ibodatlaridan biridir. Tilimizda Ramazonda ishlatiladigan bir qancha soʻz bor.

Ramazon- kelib chiqishi arabchadir, "quruq issiq" maʼnosini anglatuvchi ramad soʻzidan olingan. İslomdan avval Arablarda iyul/avgust oylariga teng kelgan bu oy İslomiy oylarning toʻqqizinchisi sanaladi.

Ro'za - fors-tojikcha kun so'zidan olingan. Ramazonda sahardan og'izochargacha yeb-ichmasdan qilingan ibodatga aytiladi. Turkcha va Ozarchada ro'za so'zi o'rniga oruç so'zi ishlatiladi. Qolgan qardosh xalqlarda, jumladan Qazoqchada - oraza, Qirg'izchada - orozo, Turkmanchada- agız beklemek, Tatarchada- uraza, Uyg'urchada- Ruza tutish kabi atamalar ishlatiladi.

Sahar- Arabcha soʻz. Kun yorishishi, tongning oqarishi, kabi ma'nolarni bildiradi. Saharda yeyiladigan taom, yemek ham deyiladi. Ro'zadorlar ro'zaga sahar vaqti turadilar va ro'zaga niyat qiladilar. Oromi va Suryoni tillarida ham ayni maʼnoda ishlatiladi. Akkad tilida "sheru" deyiladi.

Iftor- Arabchada, nonushta qilish vaqti, roʻza ochish vaqti, ma'nolarida ishlatiladi. O'zbek shevalarimizda bu so'zning muqobili og'izochar'dir.

Nisholda- Ramazonda tayyorlanadigan koʻpiksimon quyuq oq shirinlik. (Xalq ogʻzida nisholla, nishollo shakllari ham bor.) Odatda mahalla markazlarida, bozor rastalarida sotiladi. Eng qizig'i shundaki, bu shirinlikni sevib yeyishimizga qaramay, uni boshqa mavsumlarda topa olmaymiz. Shuning uchun bo'lsa kerak ramazon deganda aqlimizga uning bilan birga tezda nisholda ham keladi.

Bayram- Forschada padram, Sogʼdcha patram (huzur, baxt, qut degani) shaklida kelgan. Bu so'z Mahmud Qoshg'ariyning DLT(Devoni Lug'ati't Turk) asarida badram/bayram shaklida keladi. Turkiy xalqlarning barchasida bu soʻz birdek ishlatiladi. Yuqoridagi so'zni Ramazon bayrami, Hayit bayrami, Qurbon bayrami, Navro'z bayrami va boshqa qutlamalarda eshitgansiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Navroʼz_ayyomi

🌼 Ogahiy nomidagi ijod maktabining amfiteatrida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z" nomli bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Doshqozonlarda esa sumalaklar pishirildi.

➡️ Tadbirni maktab direktori Sarvar Abdullayev ochib berdi. Barchaga bahorning tarovati, uning iliq tafti yil bo‘yi tark etmasligini, yurtimiz tinch va farovon bo‘lishini tiladi.

🎼 Bayramona tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri Sherjon Masharipov so‘zga chiqib, tashkil qilingan bayram tadbiri yuqori shukuhda o‘tayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi. Xiva shahar Madaniyat markazidan tashrif buyurgan bir guruh san'atkorlar o‘zlarining sho'x, raqsbop qo‘shiqlari bilan barchaga xurshnudlik baxsh etdilar.

🌷Ayyomga bag'ishlangan bayram dasturi davomida o‘quvchilar ijodidan bayramona she'rlar, raqslar, kichik miniatyura sahna ko'rinishlari va milliy liboslar ko‘rgazmasi taqdim etildi.

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z tadbirlari davom etmoqda
.

🌐 Telegram | Facebook