XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.59K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида барпо этилган бокс бўйича Баҳодир Жалолов спорт маҳорати мактабини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу спортивного мастерства по боксу Баходира Джалолова, построенную в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #tanishiv #maktab #boks

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Eʻlon

🔊 Diqqat, TANLOV!

Hurmatli ustozlar, aziz o'quvchilar!

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati "Xalqaro xotin-qizlar" kuni munosabati bilan tashkil etiladigan nutq tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.

🎤 Tanlov shartiga asosan o'quvchilardan 1:30 dan 2:00 daqiqa oralig'ida  “Ayollarga investitsiya: oʻzgarishlarni tezlashtirish” mavzusida ingliz tilida nutq tayyorlashi so'raladi.

Tayyorlangan videoroliklarni 2024-yil 9-mart soat 13:00 ga qadar maktab-internatning ingliz tili o'qituvchisi janob Fasalu Rehman
(
@abcfasalu) ga jo'nating.

🌐 Telegram | Facebook
#Qizlar_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#natijalar
#Tabriklaymiz

📝 Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o'quvchi qizlari o'rtasida matematika fanidan "QIZLAR OLIMPIADASI" ning Agentlik bosqichi 1-mart kuni bo'lib o'tgan edi.

Olimpiadada viloyatimizdan 2 nafar o'quvchi qizlarimiz g'oliblikni qo'lga kiritdi:

5-6-SINF

🥈O‘ktamboyeva Zarina - Urganch shahar 1-son IMI - 2-o’rin
🥉Rahimberganova Muslimaxon - Qo'shko'pir tuman IM - 3-o’rin

🎉Zarina va Muslimaxonlarni ushbu yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi o'qishlarida yanada ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

📌 Ma'lumot uchun, "Qizlar olimpiadasi"ning 9 nafar g'oliblarini taqdirlash marosimi ertaga, 6-mart kuni Toshkent shahridagi "Yangi O'zbekiston Universiteti"da bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbeksiton Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1️⃣-yo‘nalish: Badia (Abdulla Oripov ijodiga mansub she'rni tahlil qilish, badiiy uslubda yoritish, fikrni asoslash);

2️⃣-yo‘nalish: videorolik (Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlaridan birini ifodali o'qigan holda obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

📅 Ijodiy ishlar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 20-mart sanasiga qadar (@abdullaoripovyoshijodkorlar)ga taqdim etiladi.

🏆 G‘oliblar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
#Xonqa_IM
#Xotin_qizlarni_eʻzozlash_haftaligi

Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-A sinfida o‘tkazilgan "Ma'naviyat soati"da o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilib she'rlar va sahna ko‘rinishi orqali onalarga o‘z ehtiromlarini bayon etishdi.

🎤 Shuningdek, darsda xonanda Yulduz Turdiyeva ijrosidagi "Ona, men keldim degin!" qo‘shig‘i, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ijrosida Dushan Fayziyning "Ona qasidasi" she'ri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev tomonidan o‘qilgan "Ona haqida rivoyat" she'rlari namoyish etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi

💠Xiva shahridagi Prezident maktabida ilk marotaba o'tkazilgan "Speedcubing" turniri o'z nihoyasiga yetdi. Unda mazkur sport turiga qiziquvchi o'quvchilar o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazib, o'zaro bellashdilar.


Yakuniy natijalar quyidagicha:
🥇 Asadbek Bekturdiyev, 11-"Blue"
🥈 Deniz Tuxtabayev, 6-"Blue"
🥉 Shohjahon Komiljonov 10-"Blue"

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Hazorasp_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Ilmga chanqoq va iste‘dodli yoshlar bilim olib kelayotgan ta'lim dargohlaridan yana biri - Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabidir
.

Hozirda ixtisoslashtirilgan maktabda 407 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga ta‘lim berishda 42 nafar jonkuyar, fidoyi ustozlar faoliyat olib bormoqda.

🔘 Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan ilm dargohida:
- 29 ta sinf xonasi;
- 3 ta laboratoriya xonasi;
- 2 ta informatika xonasi;
- robototexnika xonasi;
- sport zal, faollar zali va ovqatlanishga mo'ljallangan oshxona mavjud.

Kundan kunga rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yoshlar tarbiyasining naqadar ahamiyatli ekanligini anglagan holda o‘quvchilarga yuqori dajadagi bilim hamda yuksak tarbiya berib, yurtimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shadigan farzandlarni kamolga yetkazish maktab jamoasining bosh maqsadi hisoblanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlarning to’liq ro'yxati:
https://president.uz/oz/lists/view/7073

Farmon asosida jami 74 nafar xotin-qizlar orden va medallar bilan mukofotlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qoʻshkoʻpir_IM
#ikkinchi_xorijiy_til

▫️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2023-2024-o'quv yilidan boshlab ikkinchi xorijiy til sifatida 7-sinf o'quvchilariga FRANSUZ TILI o'rgatib kelinmoqda.

🇫🇷 Fransuz tili darslari 2007-yil Fransiya davlatining "Palma yaproqlari" ordeni va 2008-yil "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi, oliy toifali o'qituvchi Asqarova Muhabbat Ismoilovna tomonidan olib borilmoqda.

✔️Maktabda o'quvchilar fransuz tilini mukammal o'rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan va fransuz tili darsliklari bilan to'liq ta'minlangan.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlarni_eʻzozlash_haftaligi
#Yangiariq_IM

🌷Bugun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Loyiha_ishi
#Xiva_shahar_1_son_IMI

📚 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
5-b sinfida adabiyot fanidan loyiha ishi bo'lib o'tdi.

🎭 O‘quvchilar "Badiiy asarlarda insoniy fazilatlarning ifoda etilishi" mavzusi asosida taqdimot qilib, sahna asari ijro etishdi.

🎥 Alisher Navoiyning "Hayrat-ul abror" dostonidagi "Sher ila durroj" hikoyasi, O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasidan "Qarz" hikoyasini sahna asarining bosh mavzusi bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.

❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash
#qizlar_olimpiadasi

🏆GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada gʻoliblari taqdirlandi.

🥉3-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Muslimaxon Rahimberganova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sabrina Abdulazizova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Yorqinoy Hasanova;

🥈2-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Zarina O‘ktamboyeva;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Nastarin Kamolova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Charos Toshmatova.

🥇1-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Komila Mirzomiddinova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Dildora Mahkamova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Guliraʼno Nurillayeva.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM