XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ona_tilim_faxrim
#Tadbir
#Tuproqqalʼa_IM

🇺🇿 Ona tili - millat ruhi

✔️Tuproqqal'a tuman ixtisoslashgan maktabi
da 21 -oktyabr  kuni o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining  34 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin,ona tilim! " shiori ostida  bayram kechasi bo'lib o'tdi.

▪️Tadbirda ona tilini madh etuvchi  she'r va qo'shiqlar tarannum etildi. "Ona tili-millat ruhi" mavzusida o'tkazilgan insholar va diktantlar tanlovi g'oliblari taqdirlandilar.

🎨
Shuningdek, ‘’Buyuk siymolar nigohimda’’ mavzusida  6-sinf tasviriy san’at darsida rasmlar tanlovi ham o'tkazildi.

🌐
Telegram | Facebook
👍3
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#IELTS
#Tuproqqalʼa_IM

🔥🔥🔥 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11 Green sinfning bir qator o'quvchilari xalqaro IELTS imtixonida quvonarli natijalarni qo'lga kiritmoqdalar:

🔹Odamboyev Otabek  - IELTS 6.5
🔹Yusufov Farruxbek - IELTS  6.0
🔹Ollayorov Usmonbek - IELTS 5.5
🔹Ibrahimov Ikromjon - IELTS 5.5

💫O'quvchilarimizga muvaffaqiyatlar tilab, ularning ustozlari va ota-onalarini yutuqlar bilan tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʼa_IM

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-Green sinf o'quvchisi

Matniyozov Javoxirning xalqaro IELTS sertifikatidan 6.5 ballni qo'lga kiritgani haqida avvalroq xabar qilgan edik.

🏆O'quvchimizning bu galgi yutuqlari uning ustozlari va ota-onasini xushnud qilishi shubhasiz, chunki Javohir xalqaro universitetlarga hujjat topshirib, allaqachon ulardan qabul qilinganligi to'g'risida xatlarni qabul qilishni boshladi.

Jumladan:

🏫  Colorado State University ( AQSH)
🏫  NEW YORK UNIVERSITY, Shanghai (Xitoy) Dunyo universitetlari orasida top 38-o'rinda🔥🔥🔥
🏫  University of Greenwich ( Buyuk Britaniya)
🏫  University of Arizona (AQSH)
🏫  Missouri S&T University  (AQSH)
🏫  East London University (Buyuk Britaniya)
🏫  Roanoke College    (AQSH)
🏫  Temple University  (AQSH)


📊 Qabul xatlari kelishda davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangi_yil_bayrami_2024
#Tuproqqalʼa_IM

Tuproqqal‘a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan Yangi yil bayram tadbiridan lavhalar.


Tadbirda maktabning a‘lochi va jamoatchi o‘quvchilarning bayramona chiqishlari, kuy va qo‘shiqlar barchani xushnud etdi. Yutuqlarga erishgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.

🎄 Yangi 2024-yil barchaga baxt va omad olib kelsin!

🌐 Telegram | Facebook
3
#Tuproqqalʼa_IM
#Tabriklaymiz
#Vatanparvarlik_oyligi

2024-yil 6-yanvar kuni Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan “Jaloliddin izdoshlari – vatanimiz posbonlari” mavzusida fizika va matematika fanlaridan Xorazm viloyati miqyosida  fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Unda  jami 339 nafar ishtirokchi ishtirok qildi. Ikki bosqichda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra matematika fanidan 

🏆Tuproqqal'a tumani Tuproqqal'a IM o‘quvchisi Eshchonov Hamidjon Arslonbek o'g'li 🥇-o‘rinni egalladi.

🎁Olimpiada g‘oliblari litsey direktori polkovnik I.Saidov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥3👍1
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Tuproqqalʼa_IM
#musobaqa

🏢Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlangan harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.

🏆Musobaqada 10-A, 10-B sinf o‘quvchilari, jumladan, "Vatan tayanchi otryadi" a'zolari tarkibidan tuzilgan jamoalar kuch sinashdilar  va 10-B sinf o‘quvchilari jamoasi g‘oliblikka erishib, maktab direktori ko‘chma kubogini qo‘lga kiritishdi.

💠 Harbiy-sport tadbirida tuman hokimligi vakillari, 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari serjant A.Safarov, serjant S.Xaitov, maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari H.Gapurov, MMIBDO‘ M.Kenjayev, VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik X. Eshchonov hamda o‘qituvchi ustozlar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
🙏1
#Vatanparvarlik_oyligi
#Tuproqqalʼa_IM

👨‍✈️ 2024-yil 17-yanvar kuni Tuproqqal'a tumani    Ixtisoslashtirilgan maktabida10-, 11-sinf o‘quvchilari bilan "Ofitserlik-sharafli kasb" shiori ostida "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi va qoidalari" mavzusida oliy harbiy ta'lim muassasalari bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazildi.

VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik X.Eshchonov.

🌐 Telegram | Facebook
👌1
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Tuproqqalʼa_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida biologiya fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining maktab ichki bosqichi o'tkazildi.

🎁Olimpiadaning faol ishtirokchilari va faxrli 🥇🥈🥉 o'rin sohiblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍3👏1
#Vatan_tayanchi_otryadi
#Tuproqqalʼa_IM

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2-martdagi PQ-150-sonli qaroriga asosan


🇺🇿 Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" otryadining a'zoligiga 2023-2024-o‘quv yilida qabul qilingan 14 nafar 10-sinf o‘quvchilar bilan "Tantanali va'da" berish tadbiri o‘tkazildi hamda ularga "Vatan tayanchi" otryadi ko‘krak nishonlari topshirildi.

Tadbirda:
- "Veteran" faxriy jangchilar va nogironlar birlashmasi Tuproqqal'a tumani bo‘linmasi raisi A. Otajonov boshchiligidagi bo‘linma a'zolari,
- 9203-harbiy qismdan serjant S. Xaitov va oddiy askarlar,
- tuman maktablari VRYoTBDO‘-HChT rahbarlari,
- Tuproqqal'a IM direktori L.Matyaqubova, 
- maktab psixologi S. Saparova va
- CHQBT rahbari rezervdagi podpolkovnik X. Eshchonovlar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👏3
#Dars_jarayoni
#Tuproqqalʼa_IM

OLDIN MATEMATIKA, KEYIN BOSHQASI...

🧮 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 3-chorak davomida MATEMATIKA fanidan:

6-Blue sinfda "Bir o‘zgaruvchili chiziqli tengsizliklarni yechish" mavzusida (o‘qituvchi: Ibodullayev Sherzod)

7-Green sinfda "Tenglama va uning ildizlari" mavzusida (o‘qituvchi: Matchanov Temurbek)

6-Green sinfda "Bir o‘zgaruvchili chiziqli tengsizliklarni yechish" mavzusida (o‘qituvchi: Xajixonova Kumush)

✖️10-Green sinfda "Trigonometrik eng sodda tenglamalar" mavzusida (o‘qituvchi: Qalandarov Davron)

8-Green sinfda "O‘tilgan mavzular bo‘yicha misol va masalalar yechish" mavzusida (o‘qituvchi: Matmurotov Izzatbek)

🟰 8-Green sinfda "Grafik tengsizliklarni yechishning grafik usuli" mavzusida (o‘qituvchi: Sapayev Doniyor)

o'tkazilgan ochiq darslardan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Tuproqqalʼa_IM
#Amalga_oshirilgan_ishlar

Formativ va summativ baholash tizimi 2023-2024-o'quv yilida Xorazm viloyatida 29 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida joriy qilina boshlandi.

✔️Jumladan, Tuproqqal'a tumanidagi 2 ta umumta'im o'rta maktabga Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan 6 nafar mas'ullari biriktirildi. Ular tomonidan joriy o‘quv yilining boshidanoq o‘quv seminarlari tashkil qilinib, ushbu tizim haqida aniq tushunchalar va ChSB jarayonlarida amaliy yordamlar berib borildi.

🎯 Ma'lumot uchun, "O‘zbekiston-2030"  strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini keng yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimini qo‘shimcha 1000 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joriy qilish, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60%gacha oshirish belgilangan.

🌐 Telegram | Facebook
👍6
#Tuproqqalʼa_IM
#Attestatsiya
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o'qituvchisi

▪️Matmuratov Izzatbek - attestatsiya jarayonida 90 ball to'plab kun rekordini o'rnatdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Tuproqqalʼa_IM
#Kasbga_yoʻnaltirish

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonning 3-bandiga asosan oʻquvchilarini yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalarida amaliy mashg'ulotlar o'tkazish tartibi bo'yicha topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida:

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari bilan -

"IBN SINO"diagnostika markaziga sayohat tashkil qilindi. Markazdagi shifokorlar: Nodirxon Jumaniyozov (Travmatolog-ortoped) hamda Azizbek Jumaniyozov (Terapevt) lar o'quvchilarni mavjud hizmatlar va faoliyatlari bilan tanishtirishdi.

Tuproqqalʼa tuman soliq inspeksiyasiga ekskursiya tashkil qilindi. Roʻzimova Sanobar Egamberdiyevna o'quvchilarni ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan tanishtirdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Tuproqqalʼa_IM

‼️ Hurmatli ota-onalar va aziz oʻquvchilar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi sizlarni 2025- yil 26-aprel va 2-may kunlari soat 09:30 dan 14:00 gacha boʻlib oʻtadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

💢 "Ochiq eshiklar" kunida quyidagilar bilan tanishish imkoniyati mavjud:

— Maktab haqida toʻliq maʼlumot olish;
— Maktab boʻylab sayohat;
— Oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;
— Zamonaviy laboratoriya xonalari;
— Sport maydonchalari;
— Oshxona.


❗️Bunday imkoniyatni o'tkazib yubormang! Qabul jarayonlari va imtihonlar haqida batafsil maʼlumotga ega bo'lasiz.


📞 Batafsil ma'lumot uchun: +998993389111

Manzil: Tuproqqal'a tumani, Sharlauq MFY, Vatanparvar ko‘chasi, 14-uy.
Mo'ljal: Avtomaktab yonida.


🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Tuproqqalʼa_IM
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq

🔔 Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 23-may sanasida 2024-2025-o'quv yili yakuniga bag'ishlab "Ilm - eng buyuk sharaf" shiori ostida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tuman prokuraturasidan D.Sultonov, Sharlauq MFY raisi J.Quryozov hamda ota-onalar mehmon bo'lishdi. Maktab direktori v.v.b. M.Kenjayev soʻzga chiqib, bitiruvchilar va ularning ota-onalarini hamda jamoada namuna bo'lgan pedagog xodimlarga tashakkurnoma va estalik sovg'alarini topshirdi.

📋 Shuningdek, o'quv yili davomida maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarda, fan olimpiadalarida faol ishtirok qilgan oʻquvchilariga Viloyat hokimining tashakkurnomalari ham yetkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👌1