XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.59K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tuproqqalʼa_IM
#Tabriklaymiz
#Vatanparvarlik_oyligi

2024-yil 6-yanvar kuni Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan “Jaloliddin izdoshlari – vatanimiz posbonlari” mavzusida fizika va matematika fanlaridan Xorazm viloyati miqyosida  fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Unda  jami 339 nafar ishtirokchi ishtirok qildi. Ikki bosqichda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra matematika fanidan 

🏆Tuproqqal'a tumani Tuproqqal'a IM o‘quvchisi Eshchonov Hamidjon Arslonbek o'g'li 🥇-o‘rinni egalladi.

🎁Olimpiada g‘oliblari litsey direktori polkovnik I.Saidov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Eʼlon
#Shovot_IMI

YANGI KITOB TAQDIMOTI

🔊🔊🔊DIQQAT,DIQQAT!

📕Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zuhra Atajonovaning "IKKI OLAM ARO" hikoyalar to'plami nashr etildi.

📆12-yanvar kuni soat 11:00 da maktab-internatda ushbu yangi kitob taqdimoti bo'lib o'tadi.

📌BARCHANGIZNI USHBU KECHAGA TAKLIF ETAMIZ!

🌐 Telegram | Facebook
O'quvchi yoshlar kelajagi uchun bir kun

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tahsil oluvchi bir guruh o'quvchilar va ularning ustozlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

💥 Universitet bilan tanishish, ayniqsa yoshlar ko'nglida ajoyib taassurot uyg'otib, kelajakda tahsil olmoqchi bo'lgan ta'lim yo'nalishlari haqida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🎗 O'quvchilarning maktab davridan oliy ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishib borishi kelajakda aniq maqsadlar asosida o'qishni davom ettirishlariga yordam beradi.

🔁 English

#maktab_oʻquvchilari

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Lider_oʻqituvchilar_olimpiadasi
#RoboCoding
#Tabriklaymiz

Xabaringiz bor
, 5-6-yanvar kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida 2 bosqichda bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 927 nafar ustozlar ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, matematika fanidan Xorazm viloyati Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchisi Abdulla Kuchkarov faxrli 4-o'rinni egallab kuchli o'ntalik jamoasiga qabul qilindi va "Matematika fani kegashi" a'zolik sertifikatiga ega bo'ldi.

“Robo-Coding” olimpiadasida 700 nafardan ortiq o'quvchilar bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xorazm viloyatidan 9-11-sinflar bo'yicha ishtirok qilgan Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari faxrli 4-o'rinni egalladilar va "Eng yaxshi muhandis" nominatsiyasiga ega bo'ldilar.

🌐 Telegram | Facebook