#Yangi_yil_bayrami_2024
#Ogahiy_ijod_maktabi
🎉Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ogahiyda Yangi yil ertagi" deb nomlangan bayram shou tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✨ O‘quvchilar tomonidan yangi yil ertagi asosida sahnalashtirilgan, qiziqarli voqealarga boy multqahramonlar chiqishlari, musiqiy raqslar taqdim qilindi.
➖ Tadbir yakunida o‘tayotgan yil davomida bilimdonligi, tirishqoqligi va jamoat ishlarida faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🎊 Kirib kelayotgan YANGI YILINGIZ muborak bo'lsin, aziz hamyurtlar!
🌐 Telegram | Facebook

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yilingiz_bilan
Xorijlik professorlardan o‘zbek tilidagi tabriklar
“Yangi O‘zbekiston" universitetida Germaniya, Xitoy, Koreya, Eron, Misr, Turkiya, Portugaliya va Pokistondan kelgan xorijlik professor-o‘qituvchilar barcha yurtdoshlarimizga o‘zbek tilida yangi yil tilaklari bildirishdi.
#new_year #tabriklar #professors
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!
Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.
Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.
Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!
O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.
Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!
Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

#Tabrik
Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz uchun barcha jabhalarda barakali yil boʻldi, deyishimizga barcha asoslarimiz bor.
“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da ham Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu yil qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham ta’lim sifati va o‘qituvchi maqomini oshirish masalasi Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas islohotlarning muhim bo‘g‘iniga aylanganidan dalolat beradi.
Prezidentimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori sababli Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarning bir qismigina aks ettirilgan videolavhani eʼtiboringizga havola etmoqchiman.
Erishilgan yutuq va natijalar bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Lekin jonajon xalqimiz oldidagi hisobdorlik masʼuliyatni bir soniya ham esdan chiqarishga haqqimiz yoʻq. Bu yil ham oldimizga ulkan marralarni qoʻyganmiz, farzandlarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ishonamanki, 2024-yil yakunlari boʻyicha ham siz azizlarning oldingizda yuzimiz yorugʻ boʻladi.
Aziz hamyurtlar, muhtaram ustoz va murabbiylar, ilmga chanqoq oʻgʻil-qizlarimiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2024-yilingiz bilan tabriklayman! Barcha ezgu tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin!
Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oʻqishlaringizda yuksak zafar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

QUTLUG‘ BO‘LSIN, YANGI YIL!
Yangi yil kelyapti yangi orzular bilan!
Yana bir yil ketdi quvonch qayg‘ular bilan,
Kutaylik Yangi yilni xurram kulgular bilan,
Barchamizga Yangi yil qutlug‘ bo‘lsin, do‘stlarim!
🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲
Raqamlari juft yilda yutuqlar juftdan bo‘lsin!
Xonadonlar barakaga, qalblar shodlikga to‘lsin!
Mahzun bo‘lmasin hech kim, g‘amning urug‘i so‘lsin!

Bemorlar tuzalsinlar, hamma bo‘lsin salomat!
Har kishiga, har kimga keltirsin ko‘plab omad.
Keksalar omon bo‘lsin, yoshlar quchsin saodat!

Ustozlarga sabr-kuch, shogirlarga shijoat!
Qalbimizda doimo bo‘lsin shukr, qanoat,
Azizlarim, dunyoda omonatmiz, omonat!

Yurtimizning tinchligi abadiy bo‘lsin, do‘stlar!
Yangi yilda bo‘lmasin hech kimda kam-u ko‘stlar.
Bisyor sizga dilimda ezgu tilak so‘zlarim!

5️⃣ Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Forwarded from Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Vazir Xilola Umarova faoliyatiga bir yil to'ldi
O'tgan yili 30-dekabrda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori – Umarova Xilola Uktamovna Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangandi. Ya'ni, 2023-yilni yangi vazir bilan boshlagan edik.
Xo'sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Xilola Umarovaning bir yillik faoliyati davomida ta'limda qanday o'zgarishlar bo'ldi?
➖ Xilola Umarova vazir lavozimiga tayinlanganidan so'ng 5 oy vaqt o'tgach, ta’limni isloh qilish bo‘yicha Prezidentga taqdimot qildi;
➖ 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladigan bo'ldi;
➖ 2023-yil fevral oyidan boshlab o'qituvchilar murojaatlari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan (vazir.uzedu.uz) vazir platformasi ishga tushdi;
➖ 1-sinf o‘quvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etildi;
➖ Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash vazirlikka to'g'ridan-to'g'ri hisobdor bo'lgan “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi belgilandi;
➖ Maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi berildi;
➖ Maktab direktori lavozimida ishlamoqchi bo'lgan talabgorlarga menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish hamda menejerlik sertifikatini olish talabi qo'yildi;
➖ Menejerlik sertifikatini olgan rahbar xodimlarga qo'shimcha ustama to'lab beriladigan bo'ldi;
➖ Maktablarning ma’naviyat va ma’rifat markaziga hisobot topshirish tartibi bekor qilindi;
➖ Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti bekor qilindi;
➖ Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi ham bekor bo'ldi;
➖ Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatildi;
➖ Pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilandi;
➖ Maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etildi;
➖ Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkasining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilandi;
➖ Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshirilishi belgilandi;
➖ O‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;
➖ Xorijiy tillarni o'qitishni yanada takomillashtirish maqsadida maktablarga chet eldan "Til egalari" bo‘lgan mutaxassislar jalb qilindi;
➖ Pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi;
➖ O‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etildi;
➖ PISA 2022 natijalari asosida "Yo‘l xaritalari" tayyorlanishi belgilandi.
👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo