XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🖍Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan fanlaridan ikki yillik ta’lim tizimi uchun ilk bor tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflarini taqdirlandi.

🔶 Ona tili va adabiyot fani bo’yicha  mualliflikda qatnashib, g’oliblikka erishgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-sonIMIning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Karimova Maxsuda Yusupboyevnaning yutuqlari uzluksiz ta’limda soha rivoji uchun ahamiyatli ekanligini e’tirof qilib, uning “Yoshlarda kommunikativlik va kreativlikni oshirishda foydali mutolaaning o’rni” mavzusidagi uslubiy qo’llanmasini yaratgani hamda maktab o’quvchilari bilan “Zavqli mutolaa”loyihasi ustida ish olib borayotgani haqida quvonch bilan ayta olamiz.

🎉 Ustoz va uning hamkasblarini tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Xonqa_IM

❇️ Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-E sinf o‘quvchilari tomonidan adabiyot darsida M.Shayxzodaning "Jaloladdin Manguberdi" dramasi sahnalashtirildi.

🎭 Badiiy rahbar: ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Umidbek Qodirov

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IM
#Davra_suhbati

YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT QUDRATI, YUKSAK G‘URUR VA SADOQAT TIMSOLI!

- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik T.J.Xudoyberganov,
- Yangibozor tuman Mudofaa  Ishlari  bo‘lim boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha  o‘rinbosari, qurolli kuchlar xizmatchisi S.Q.Raximov, 
- Ichki Ishlar Vazirligi nafaqaxo‘ri, rezervdagi mayor H.B.Matyaqubov,
- Baynalminalchi jangchi  faxriylar kengashi raisi, rezervdagi serjant A.H.Qodirov,
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi nafaqaxo‘ri, rezervdagi mayor S.X.Xudoyberganovlar Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari bilan uchrashib, davra suhbati o'tkazdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_1_son_IM

TAYINLOV

Erkinova Ullijon Qahramon qizi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Maktab maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Aytib o'tishimiz kerakki, global zamonda o'quvchi-yoshlarni ilm egallash bilan bir qatorda kasbga, dunyoning Top universitetlariga yo'naltirish ishlari bo'yicha yosh kadrimizdan ulkan marralar kutib qolamiz.

🌐
Telegram | Facebook
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilishda “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.

❗️Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanishi aytib o‘tildi.

⚡️ O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Buxoro

QURULTOY BUXORODA: O‘QITUVCHILARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH MUHIM AHAMIYATGA EGA

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "O‘qituvchilar qurultoyi" uchrashuvlarining viloyat bosqichi mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Bugun Buxoro viloyatida qurultoy doirasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi va ochiq muloqot tashkil etilib, ustozlarning fikr-mulohazalari, sohani yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan takliflari tinglandi.

Shuningdek, tadbir davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari ham muhokama qilinib, tizimni yanada isloh qilishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, o'qituvchilarni yagona kuchga aylantirish va ularni kasbiy rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z bordi.

❗️Ochiq muloqot davomida 20 nafar fidoyi ustozlar "Xalq ta'limi a'lochi" ko'krak nishoni, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari va viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

✔️Shundan so'ng o‘qituvchilar uchun xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan zamonaviy metodikalar asosida dars o'tish va o'quvchilarda 4K ko'nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

⚡️ "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan uchrashuv va treninglar ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM