XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
PISA 2022 natijalari asosida “yo‘l xaritalari” tayyorlanadi
 
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida PISA 2022 natijalari, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar mahoratini yuksaltirish, shuningdek, PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda vazirlik mas’ullari va barcha hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida hududiy boshqarmalar rahbarlarining 2023-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti hamda keyingi yilga rejalashtirilgan loyihalari haqidagi axboroti tinglandi.

✔️Shundan so‘ng, PISA 2022 natijalari to‘g‘risida tahliliy taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda o'zbekistonlik o‘quvchilar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.

Har birimiz bu tadqiqotlar asosida turgan nuqtamizni yaxshiroq tushunishimiz va bundan keyingi harakatni shunga qarab amalga oshirishimiz lozim. Bu yilgi natijalarimizdan kelib chiqqan holda 2025-yilgi tadqiqotlarga hozirdan jiddiy  tayyorlanish zarur.

Xabaringiz bor, xorijlik ekspertlar va o‘zimizning malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Ularning tavsiyalari va barcha hudud rahbarlari takliflari asosida birinchi navbatda har bir tuman kesimida “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqamiz.

Bu o‘qituvchilar va o‘quvchilarimizni tayyorlash hamda natijalarimizni yaxshilashga yordam beradi,
dedi Hilola Umarova.

🔴 Ma’lumot uchun: ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda OECD tashkilotining rasmiy saytida o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida namunaviy savollar joylashtirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab borishlari mumkin.

Shuningdek, vazirlik tomonidan PISA tadqiqotlari yo‘nalishida maxsus platforma yo‘lga qo‘yilishi hamda uni yanada takomillashtirish yuzasidan hududlardan taklif va tavsiyalar olinishi ma’lum qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Urganch_shahar_1_son_IMI

"SPEAKING DEBATE CHEMPIONSHIP" FAOLIYATIDAN

Xorazm viloyati Yoshlar Markazida joylashgan IBRAT Farzandlari Majmuasida SPEAKING DEBATE CHEMPIONSHIP 2 bo'lib o'tdi.

✔️Musobaqada Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan 6-7-8-sinflardan tashkil topgan jami 6 guruh ishtirokchilar qatnashishdi.

🎯Natijalar quyidagicha👇

8.02-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "TEENAGERS" jamoasi faxrli 1-o'rin;

6.02-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "GO GETTERS " jamoasi 2-o'rin;

7.01-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "DYNAMITE " jamoasi faxrli 3-o'rinni egallashdi.

⚡️O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi o'qishlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!


🌐Telegram | Facebook
#Yangibozor_IM
#Uchrashuv

🌟Mehnat faxriylari Qadamboy aka Ramazanov va Durdona opa Ramazanovalar Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari bilan uchrashib, "Ogohlik-davr talabi" mavzusida suhbatlashdilar.

Suhbat davomida o'quvchilarga pirotexnik vositalardan foydalanmaslik, isrofgarchilikning oqibatlari hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

🌐Telegram | Facebook
#Sayohat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

Xiva shahar 1 -son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-11-sinf o'quvchilari Ichan qal'a muzey qo'riqxonasiga sayohat qildilar.

🕌 Sayohat chog'ida o'quvchilar madrasa, masjid, minora kabi memoriy obidalarni tomosha qilgan holda, ular haqida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐Telegram | Facebook
#Ogahiy_214_yoshda

📆 17-dekabr – Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavallud topgan kun!

🗺Sana munosabati bilan bugun Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, Ogahiy ijod maktabi jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari Ogahiy qabri joylashgan “Shayx Mavlon bobo” qabristoniga bordilar.

🗣Shundan so‘ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o‘quvchilari mehmonlar bilan birgalikda ijod maktabi oldidagi ulug‘ mutafakkirning haykali poyiga gullar qo‘yib, o‘z hurmat va ehtiromlarini izhor etdilar.

📝 Ijod maktabi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan "Ogahiyga ehtirom" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda "Ogahiy hamisha barhayot" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📸Bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy va adabiy tadbirlardan fotolavhalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM