XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

▫️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassassalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmedov G'ulomjon Jumanazarovichning tavallud topgan kuni.

⚡️Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Ushbu muhim kunda Sizga sog'lik, baxt va quvonch, ijodiy g'alabalar, yangi martabalar, o'ylagan maqsadlaringiz va niyatlaringiz amalga oshishini tilaymiz! Barcha boshlagan ishlaringiz xayrli bo'lsin, Sizdek bilimli va mas'uliyatli rahbarlar ko'payaversin!

Faoliyatingiz davomida istiqbolli yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda Sizga kuch-quvvat tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Ayni damda Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etayotgan maktab direktorlari faoliyatidan videolavha.

✔️Ishtirokchilar ushbu dastur davomida Park Community school faoliyati bilan tanishishdi va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar maktablarda ta'lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzularidagi seminar-treninglarda qatnashishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28-noyabr kunidan asosiy fan olimpiadaning 2-guruh fanlariga (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o'zbek tili, qozoq tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, tarix va geografiya) start beriladi.

Barcha ishtirokchilarning yozgan ishlari (shifrlanmasdan oldin) – yozma ish daftarlari (muqovasi va javoblar yozilgan barcha varaqlari) va testga yozgan javoblar varag‘ining elektron shaklini rasmga olib quyida ko'rsatilgan Telegram guruhlariga joylashtiriladi. Barcha ishtirokchilar, tayyorlagan o'qituvchilari, ota-onalar va ommaviy axborot vakillari ham ulanishi mumkin.

1) Ingliz tili (9-sinf)
2) Ingliz tili (10-sinf)
3) Ingliz tili (11-sinf)
4) Nemis tili (9-sinf)
5) Nemis tili (10-sinf)
6) Nemis tili (11-sinf)
7) Fransuz tili (9-sinf)
8) Fransuz tili (10-sinf)
9) Fransuz tili (11-sinf)
10) Ona tili va adabiyoti (9-sinf)
11) Ona tili va adabiyoti (10-sinf)
12) Ona tili va adabiyoti (11-sinf)
13) Rus tili va adabiyoti (9-sinf)
14) Rus tili va adabiyoti (10-sinf)
15) Rus tili va adabiyoti (11-sinf)
16) O'zbek tili (9-sinf)
17) O'zbek tili (10-sinf)
18) O'zbek tili (11-sinf)
19) Qozoq tili (9-sinf)
20) Qozoq tili (10-sinf)
21) Qozoq tili (11-sinf)
22) Tarix (9-sinf)
23) Tarix (10-sinf)
24) Tarix (11-sinf)
25) Geografiya (9-sinf)
26) Geografiya (10-sinf)
27) Geografiya (11-sinf)

@T_Nurmetov
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#Tabriklaymiz

🇺🇿Viloyat hokimi olimpiadasining 13-turi 25-noyabr kuni Shovot tumanida o‘tkazildi.

💥Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan 8 nafar ishtirokchi olimpiada g'olibi bo'ldilar:

🔴Matematika 5-6-sinflar:

Xiva shahridagi Prezident maktabi:
🥇
Atayev Zufar - 1- o'rin va 5 mln

Yangiariq tumani IM:
🥈
Rahmanov Firdavs - 2-o'rin va 4 mln

Qo'shko'pir tumani IM:
🥉
Rahimberganova Muslimaxon - 3- o'rin va 3 mln

🔴Matematika 7-8-sinflar:

Xiva shahridagi Prezident maktabi:
🥇
Ko'palov Shohjahon - 1- o'rin va 5 mln

Bog'ot
tumani IM:
🥈
Botirov Shohruh - 2-o'rin va 4 mln

🔴Fizika 7-8-sinflar:

Bog‘ot tumani IM:
🥇
Farhodov Oybek - 1-o'rin va 5 mln

Yangibozor tumani IM:
🥈Saidabdullayev Saidabror - 2-o'rin va 4 mln

Shovot tumani IMI:
🥉
To'raxonov Mirzobek - 3-o'rin va 3 mln

Olimpiada Xorazm viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etildi, har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazildi.

❗️Yil yakunida "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik

Ta'lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:


maktab o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini tuzish,
dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta’limni (PBL) singdirish,
o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.


Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.
___________
Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):

- Bugun ertalab bizga maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi va o‘qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo‘ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o‘qituvchilar o‘z fanlarini ma’lumotlarga boy holda o‘tishmoqda.

Bizni bir-birimizdan o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram