XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
20.2K photos
1.36K videos
32 files
6.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_mashgʻulot
#Shovot_IMI
#Kasbga_yònaltirish

⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O'QUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA

❇️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-"B" sinf o'quvchilari Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da bo'lishdi.

💈O'quvchilar bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichlari, mahsulotni qadoqlash ishlari hamda korxona mahsulotlarini eksport qilish ishlari bilan yaqindan tanishib, amaliyot o'tashdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Xiva_shahar_1_son_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati dars jarayonlaridan lavhalar!

✍️ Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sotliqova Sevaraning 6-B sinfda "Xalq qo'shiqlari va ularning turlari" mavzusidagi  ochiq darsi juda qiziqarli o'tdi.

📝 6-B sinfda rus tilu fani o'qituvchisi G'ulomjanova Munira tomonidan "Имя прилагательное" mavzusida ochiq darsda o'quvchilar rus tilidan olgan bilimlarini namoyon qilib faol qatnashdilar. Darsda faol ishtirok qilgan o'quvchilar diplom bilan taqdirlanishdi.

📖 8 - A sinfda ingliz tili fanidan ingliz tili o'qituvchisi Karimova Gulnozaning "Adventure weekend" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Dars so'ngida barcha faol qatnshgan o'quvchilar diplom bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Tanlov tugashiga yana 10 kun qoldi. Sizda hali vaqt bor. Ishlaringizni bizga yuboring!
#Direktorlar_Angliyada
#ikkinchi_kun

🗣Xabar berganimizdek, bir guruh maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida kasbiy rivojlanish mashg’ulotlarida ishtirok etishmoqda.

❗️Bugungi treninglarda:
o’quvchiga yo’naltirilgan ta’lim,
maktab direktorlari uchun o’quvchining manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish hamda
o’quv dargohida bolalar uchun har tomonlama qulay muhit yaratish haqida so’z bordi.

Kunning ikkinchi yarmida esa ta’limdagi o’zgarishlar va islohotlarni amaliyotga joriy etishdagi risk va muammolar hamda ta’limda natijaga erishish uchun inobatga olinishi lozim bo’lgan jihatlar haqida seminar bo’lib o’tdi.

📝Eslatib o’tamiz, Portsmutdagi kasbiy rivojlanish mashg’ulotlari 2 hafta davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM