XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "TO'LQIN FM" VILOYAT OLIMPIADASI
📢📢📢OLIMPIADAGA MARHAMAT!

📣3-4-5-6-sinf òquvchilarini 26-noyabr kuni Urganch shaxrida matematika fanidan bòlib òtadigan "Al-Xorazmiy izdoshlari" olimpiadasiga taklif qilamiz

🔔 Yuqori natijaga erishgan òquvchilar (ustozlari ham) sertifikat, medal va estalik sovģalar bilan taqdirlanadi

🏆 Natijalar shu kunning òzida e'lon qilinadi

🇺🇿Savollar Rus va Òzbek tillarida bòladi🇷🇺

Ròyxatdan òtish bòyicha yoki savollar yuzasidan
@xorazmiy_olimp_admin ga murojaat qiling
#Direktorlar_Angliyada
#birinchi_kun

🗺“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

📝Unda:
Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi;
samarali boshqaruv uchun direktor va o‘qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so‘z bordi.

Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda bu borada o‘qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.

🗣Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o‘z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bellashuv
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🔥 Yoshlar Markazida joylashgan IBRAT Farzandlari klubi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamkorligida Ingliz tilida so'zlashish bo'yicha IBRAT DEBATE CHEMPIONSHIP2 bo'lib o'tdi. Musobaqada maktab-internatning 6-8-10-11-sinflaridan tashkil topgan jami 6 guruh ishtirokchilar qatnashishdi.

🥇Shulardan 11.02-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan TRIO TRES AMIGOS jamoasi finalda Khiva TM jamoasi bilan bellashib, g'olib bo'ldi va 1-o'rinni egalladi.
🥈2-o'rinni 8.01-o'quvchilari jamoasi BLACK CLOUDS WITHOUT RAIN egalladi.

🏆G'oliblar esdalik sovg'alar va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

⚡️O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi o'qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sinov_test
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf o'quvchilarining OTMga tayyorgarliklari bo’yicha 2-nazorat testlari olindi.

📌
Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchi-o'quvchilari uchun oliygohlarga kirish tayyorgarliklarini oshirish maqsadida maxsus test olish platformasi iquiz.uz sayti ishlab chiqilgan bo'lib, hozirda mazkur platforma orqali bitiruvchi-o'quvchilar hafta davomida egallagan bilimlarini yanada mustahkamlashlari hamda muntazam o'z ustilarida ishlashlari uchun qulaylik bo'lmoqda.

🌐
Telegram | Facebook