XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.99K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Ilmli, o‘ziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta o‘rganish kerak.

Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.

Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni o‘rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o‘qituvchilar demakdir.

Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o‘qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o‘z bilimini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.

Yoshlar ta’limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir!

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi
👨🏼‍💻Siz kasbiy rivojlanishni istaysizmi? U holda sizga ajoyib yangiligimiz bor!
📝Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktab o‘qituvchilari uchun
💻“O‘qituvchining kasbiy faoliyatida AKT ning ahamiyati”
mavzusidagi kursimizga taklif qilamiz.
Kursga ushbu havola orqali qo‘shilishingiz mumkin. https://EDU.PEDMARKAZ.UZ
⭐️“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

👦 Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi. Bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar 24-oktabrdan 20-noyabr kunlariga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin:

“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“B” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholgʻu — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga — sheʼr, gʻazal, doston hamda nasr yoʻnalishiga — hikoya, ertak kiradi.

💳 Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Tanlovga ariza topshirish muddati 24-oktabrda 20-noyabrga qadar davom etadi.

⬇️ Anketalar va festival nizomini yuklab olish uchun havola:

YakkaJamoaviyNizom

#KamalakYulduzlari
#yoshlarittifoqi

Kanalga obuna boʻling:
t.iss.one/xorazmyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#хорижий_ўқитувчилар_фикри
#таълимга_сармоя_келажакка_сармоя

Xorijiy davlatlardan respublikamizdagi umumta’lim maktablariga jalb qilingan chet tili fani o‘qituvchilari o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning til o’rganishga bo’lgan qiziqishlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

❗️Bugun ta’limga kiritilayotgan sarmoya va harakatlar Yangi O‘zbekiston kelajagini yaratish yo‘lidagi munosib tashabbuslardan biridir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Maʼnaviyat_marafoni
#Yangibozor_IM

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida
 
🇺🇿
"Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz!" g'oyasi asosida  "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, kitobxonlik kechasi, "AKT bilimdoni"  mavzusida musobaqalar va turkum tadbirlardan lavhalar.

🌐Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_baholash_tizimi

📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi toʻgʻrisida tayyorlangan videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz. Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Maʼnaviyat_marafoni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

⚜️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Biz bir boʻlsak, yagona-xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" shiori ostida Ma'naviyat marafoni boʻlib oʻtdi.
Unda oʻquvchilar kitobxonlik boʻyicha bilimlarini mustahkamlab oldilar.

✔️ Marafonda maktabning 5-,6- sinf o‘quvchilari faol qatnashdilar.

📚 Kitobxonlik musobaqalari chorak davomida hali davom etadi.

🌐Telegram | Facebook