XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
20.2K photos
1.36K videos
32 files
6.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, joriy yil 4-noyabr kuni start olgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi viloyat bosqichi bugun yakunlandi.

Olimpiadaning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 265 nafar 9-sinf, 327 nafar 10-sinf, 295 nafar 11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.

Ular orasidan eng iqtidorli va bilimli o‘quvchilar matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan xolisona va shaffof tarzda o‘tgan bilimlar sinovi orqali tanlab olindi.

Bugun Urganch shahridagi IT markazida g‘olib o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Boshqarma boshlig‘i so‘zida o‘z o‘quvchilariga puxta bilim berib, ularni g‘oliblar safidan joy egallashlariga hissa qo‘shgan fan o‘qituvchilariga va haqiqiy bilim egalarini tanlashda qilgan xizmatlari uchun hakamlarga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng olimpiadada o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan Bog‘ot ixtisoslashtirilgan maktabi, Bog‘ot tumani 47-maktab, Gurlan tumanidagi 6-IDUM, 30-son, 43-son, Hazorasp tumanidagi To‘lqin FM nodavlat ta’lim muassasasi, Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktab, 45-son maktab, Qo‘shko‘pir tumanidagi 42-son, 1-son maktab-internat, Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Tuproqqal’a tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat, 29-, 7-son, UrDU huzuridagi akademik litsey, Urganch tumanidagi 45-IMI, 27-son maktab, Xiva shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab, Xiva shahar, Prezident maktabi, Xiva tumani 20-son, Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktab, Yangiariq tumanidagi 11-son, 38-son maktablar va ixtisoslashtirilgan maktab, Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktablar pedagoglari hamda o‘quvchilari taqdirlandi.

Olimpiada nizomiga ko‘ra, 1-o‘rinni qo‘lgan kiritgan o‘quvchilarning har biriga 1980 000 ( bir million to‘qqiz yuz sakson ming) so‘m, 2-o‘ringa 1 320 000 (bir million uch yuz yigirma ming) so‘m, uchinchi o‘ringa 990 000 (to‘qqiz yuz to‘qson ming) so‘m miqdorda pul mukofotlari ham topshirildi.

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
#Maʼnaviyat_marafoni
#Ogahiy_ijod_maktabi

📍Bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma‘naviyat marafoni” doirasidagi davra suhbati “Onamdayin mehribon Vatan” nomli tadbir bo'lib oʼtdi.

➡️ Tadbirda maktab direktori Sarvar Abdullayev so'zga chiqib yurtimiz bo'ylab keng ko'lamda o'tkazilayotgan tadbirda barchani faol bo'lishga chorladi.

🔹O‘quvchilar ijodidan mavzu doirasida sahnalashtirilgan chiqishlar, teatrlashtirilgan "Bolasisan, O'zbekistonning" sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🔸Tadbirga Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati Xiva shaharlararo boshqarmasi xodimlari, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi xodimi Matniyozov Jamshidbek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoira Maryamjon Begimova ishtirok etishdi va milliy-ma’naviy qadriyatlar – “milliylik”, “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari borasida soʼz yuritdilar.

🔻 Tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
Kibersport bo‘yicha hukumat kubogiga arizalar qabul qilinmoqda

Musobaqalar ikkita o‘yin — “Counter Strike 2” va “Dota 2” bo‘yicha o‘tkazilib, unda 16 yoshga to‘lgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun OneID tizimi orqali cybergame.uz platformasida 16-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Saralash o‘yinlari 18-noyabrdan 24-noyabrgacha o‘tkaziladi. Unda g‘olib bo‘lganlarga Toshkentda o‘tkaziladigan final bosqichiga yo‘llanma beriladi:

https://www.spot.uz/oz/2023/11/10/cybersport-tournament/

@spotuz_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼnaviyat_marafoni 
#Ogahiy_ijod_maktabi

📍Joriy yilning 10-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz , birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma‘naviyat marafoni” doirasidagi tadbir jarayonidan tayyorlangan lavha.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ona_vatanning_buyuk_farzandlari
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏫 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 5-"B"sinf o‘quvchilari ishtirokida "Biz birga bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz" shiori ostida
"Ona vatanning buyuk farzandlari" nomli viktorina bo‘lib o‘tdi.

💢 Viktorina jarayonini boshlashdan oldin o‘quvchilar guruhlarga bo‘lib olindi.

Har bir guruh tayyorlagan ko‘rgazmalari orqali Vatanmizga bo‘lgan muhabbatini, yurtimiz go‘zalligini madh etuvchi jumlalarni hamda ezgu maqsadlarini ifoda etishdi.

🌐 Telegram | Facebook