XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ona_tilim_faxrim
#Yangiariq_IM

🇺🇿 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

▪️Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasidan bayramga chellenj

⚡️Barcha yurtdoshlarimizni TIL BAYRAMI bilan maktab jamoasi nomidan  chin qalbimizdan tabriklaymiz!

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Tadbir

🇺🇿 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 21-oktabr - "Davlat tili" qabul qilingan kun munosabati bilan  "O'zbek tili -milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida  ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

📝
Tadbirda o'zbek tilining taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan A.Navoiyning tilga oid hikmatlari, so'z qadri xususida badiiy chiqishlar bo'ldi. O'zbek tilining yozuv qoidalari, punktuatsion me'yorlarini to'g'ri qo'llash bo'yicha fikrlar bellashuvi o'tkazildi.

▪️Tadbir jarayonidan video.

🌐
Telegram | Facebook
#Ona_tilim_faxrim
#Xiva_2_son_IM

XIVA SHAHAR 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABNING TIL BAYRAMI TADBIRLARIDAN

📝 Har bir inson o‘z ona tiliga mehr qo‘yadi. Shu tili orqali fikr-mulohazalarini bayon etadi.

✍️ Xiva shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktabi ustozlari va o‘quvchilari "Ona tilimga ta'rif" jarayonida ishtirok etishdi. Tilimizning go‘zalligini jumlalarda, she'riy misralarda ifodalashdi.

✍️ 6-"D" sinfida ona tili va adabiyot fani doirasidagi to‘garak jarayoni "O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli " shiori ostida bo‘lib o‘tdi. To‘garak jarayonida o‘quvchilar 4 guruhga bo‘lingan holda 3 shart asosida bellashishdi. Jarayon qiziqarli va munozaralarga boy bo‘ldi.

✍️8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "O‘zbek tilim- iftixorim! " mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov natijalari 21-oktabr kuni e'lon qilinadi.

🌐 Telegram | Facebook
#ona_tilim_faxrim

🔰"O‘z tiliga sadoqat, bu vataniy ishdir"
Isʼhoqxon Ibrat

Очки - KO‘ZOYNAK
Парк - ISTIROHAT BOG‘I
Перчаткa - QO'LQOP
Печать - Muhr
Пешком - YAYOV
Повар - OSHPAZ
Поворотник - YONCHIROQ
Подарок - SOVG‘A
Подвал - YERTO‘LA
Поддержка - QO'LLAB QUVVATLASH
Подоконник - TOKCHA, DERAZA TOKCHASI
Подписчик - OBUNACHI, KUZATUVCHI
Пожар - YONG‘IN

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
#ona_tilim_faxrim

⚡️"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" 

Xiva shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining  34 yilligi munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida "ONA TILI - MILLAT RUHI" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir iste'dodli o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan birga qizg'in munozaralarga boy bellashuv tarzida tashkil qilindi. Bellashuv natijasida "Temuriylar" jamoasiga g'oliblik nasib qildi.

🏵 Shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi rahbari Gavhar Ibadullayeva ham mehmonimiz bo'lib, ona tilimizning naqadar serjilo ekanligi haqida fikrlari bilan bo'lishdilar va o'quvchilarga o'zlarining bayram tabriklarini yo'lladilar.

telegram | instagram
facebook | you tube