XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.8K photos
1.42K videos
32 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Kasbga_yònaltirish

🏫 Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-11 sinf o'quvchilari "QO'SHKO'PIR-TEKS" MChJda amaliyot o'tashdi.

📝 Amaliy mashg'ulot davomida o'quvchilar tikuvchilik kasbi, biznes yuritish, ichki va tashqi bozorlarga eksport qilinayotgan mahsulotlarning bozorlarda sotilishi bilan bog'liq jarayonlar bilan tanishdilar.

❗️Hozirda mazkur korxona tayyor tikuv mahsulotlari, yaʼni dastroʻmol, oshxona kiyim-kechaklari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarib, tashqi bozorlarga eksport qilib kelmoqda.

BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
#challenge

Yaqinda bir ajoyib tashabbus boshlashibdi. O'qib nihoyatda xursand bo'ldik. Kelinglar, shuni chellenj darajasiga olib chiqaylik!

BARCHA OTA-ONALAR UCHUN YANGI CHELLENJ

O‘qituvchilarni hurmat va xursand qilish uchun hukumatning alohida qarori shart emas, bu ishni bugundan boshlashingiz mumkin: bir varaq qog‘ozga farzandingiz ustoziga minnatdorchilik xati yozib jo'nating, imkon topsangiz yoniga yangi kitob qo'shib bering. Ishoning, ustozlar uchun bu katta xursandchilik - sovg'a emas, e'tibor va e‘tirof.

"Muhtaram ustoz!
Biz uchun aziz bo‘lgan farzandlarimizga ta'lim berayotganingiz uchun sizga ko‘pdan-ko‘p tashakkurlar aytamiz. Bilamiz, bu siz uchun oson emas, 30 bola, 30 xarakter... vaqti kelsa bolamizning darsiga yordam berishga vaqt topolmaymiz, Siz esa... (davom ettirishingiz mumkin)"

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
#ona_tilim_faxrim
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Xonqa_IM

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi"ning 34 yilligi munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.

⚜️Urganch shahar 1-son IMIda 5-6-sinf oʻquvchlari oʻrtasida "She'rxonlik musobaqasi" boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilar oʻzlari yod olgan she'rlardan namunalarni ifodali bayon etdilar.

⚜️ Xonqa tumani IMda "Tilimiz haqida qanchalik bilamiz?" mavzusida savollar viktorinasi 17-oktabr kuni boshlandi va 21-oktabrgacha davom etadi. Ertalabdan maktabning faol o‘qituvchi va o‘quvchilari tadbirda qatnashib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda. Savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga minnatdorlik sifatida sovg‘alar berilmoqda. Shuningdek, maktabning 7-sinflari o‘rtasida bellashuv tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchisi: ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Umidbek Qodirov.

🔅 O'zbek tili bayramingiz muborak boʻlsin, azizlar!

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Grantlar.uz
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2023-yil 15-oktabrdan 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
#Сўровнома

📣📣 Hurmatli ustozlar!

Taʻlim sifatini oshirish bizning eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir. O'qituvchilarning qiziqishi, talabi va metodik ehtiyojini o'rganish va ularga zamonaviy metodik yordam ko'rsatish pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga va bu orqali o'qitish sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Shu maqsadga yo'naltirilgan soʻrovnomada ishtirok eting va sifatli ta'lim uchun oʻz hissangizni qo'shing!

👉 So’rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok eting.

❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida “Global ta’lim Forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda 140 davlatdan kelgan delegatlar, turizm rahbarlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga mas’ul rahbarlar ham ishtirok etmoqda.

Bugun turizm va ta’lim bir-biriga chambarchas bog‘liq soha ekanligi barchamiz bilamiz. Shu bois, Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdik.

Xabaringiz bor, yurtimizda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishiga erishish borasida katta maqsadlar amalga oshirishdagi dolzarb vazifalarimizdan biri.

Joriy yilda Prezident maktablari bitiruvchilaridan 114 nafari, Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilaridan 378 nafari dunyoning nufuzli ta’lim maskanlarida tahsilni davom ettirmoqda. Ular qatorida Colorado State University, Harvard University, TUM (Technical University of Munich), Arizona State University, California Institute of Technology va King‘s College kabi nufuzli ta’lim dargohlarining borligi xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Aytish lozim, 2023-yil xalqaro doirada katta yutuqlar davri bo‘lganligi, xususan o‘quvchilarimiz tarixdagi eng yuqori natijalarni qayd etib, xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 24 ta kumush va 37 ta bronza, jami 69 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Qolaversa, joriy yilda Ispaniya, Italiya, Оzarbayjon, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarda 15 ta xalqaro tanlov, festival va musobaqalarda “Barkamol avlod” maktablarining 500 nafarga yaqin o‘quvchisi Gran pri va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritganliklari haqidagi yutuqlar qayd etildi.

Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarimizda erta yoshlardanoq ushbu soha haqida tushuncha hosil qilish hamda ularning qiziqishlarini oshirishdir. Vazirlik tizimida Samarqand va Namangan viloyatlarida bolalar sayyohlik bazalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Endilikda Samarqanddagi 20 ta maktabda tajriba sifatida maktabdan tashqari ta'lim sifatida turizm soatlarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu borada Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlayapmiz.

Xalqaro forum doirasida ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilinib, samarali taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘ylaymanki, Forum qatnashchilari tomonidan bildirilgan ta’limga doir fikr va mulohazalar, takliflar maktabgacha va maktab ta’limi rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli.

Forum ishiga muvaffaqiyat tilab qolaman!
#hamkorlik
#uchrashuv
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qoʼshkoʼpir tumani FVB P va NB boshligʼi kapitan Sh.Maxmudov bilan hamkorlikda yongʼinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish, hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini zilzila vaqtida toʼgʼri harakatlanish qoidalariga oʼrgatish maqsadida uchrashuv tashkil qilindi.

❇️Uchrashuv amaliy tarzda tashkil qilindi va o'quvchilar zilzila vaqtida qanday harakat qilish lozimligini o'rganib olishdi.

🌐 Telegram | Facebook