XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.8K photos
1.42K videos
32 files
6.32K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim
#Urganch_shahar_1_son_IMI

✍️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "O'zbek tili- milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida barcha pedagoglarga ommaviy diktant o'tkazildi.

📝 Bundan ko'zlangan asosiy maqsad tilimizga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, o'qituvchilarni lotin alifbosiga asoslangan o'zbek tilida yozuv malakalarini oshirish va imlo qoidalariga e'tiborliroq bo'lishga undashdan iborat.

🌐 Telegram | Facebook
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
testologiya sohasida bilimi va tarjima qilish ko'nikmalariga ega bo'lgan tarjimonlarni ishga taklif etadi.

Qoraqalpoq tili
Turkman tili
Qozoq tili
Qirg‘iz tili
Tojik tili
Rus tili

📞 Bog‘lanish uchun: (71) 207 20 17 (ichki raqam 607) 📭 Elektron pochta: [email protected]

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#E_lon

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi bo‘sh rahbar lavozimga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 18-27-oktabr kunlari bo'lib o'tadi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi bo'sh o'rin:

1.Direktorning ixtisoslik fanlari bo'yicha o'rinbosari  lavozimi:

🟢 Hujjatlarni 27-oktabr kuniga qadar  job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги брифинги
#18oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Vatan_tayanchi_otryadi
#Shovot_IMI
#Xiva_shahar_2_son_IM

🇺🇿O‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik,  ma'naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida "Vatan tayanchi" otryadi tashkil qilingan.

⭐️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati a’zolariga "Va’da berish" ma’rosimi tashkil etildi. Maktab-internatning 20 nafar o'quvchi yoshlari otryadga a'zo bo'lib, ko'krak nishon va guvohnomalarga ega bo'ldilar.
⭐️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida ham "Vatan tayanchi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 10-11-sinf o‘quvchilaridan tuzilgan otryad a'zolari maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Kasbga_yònaltirish

🏫 Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-11 sinf o'quvchilari "QO'SHKO'PIR-TEKS" MChJda amaliyot o'tashdi.

📝 Amaliy mashg'ulot davomida o'quvchilar tikuvchilik kasbi, biznes yuritish, ichki va tashqi bozorlarga eksport qilinayotgan mahsulotlarning bozorlarda sotilishi bilan bog'liq jarayonlar bilan tanishdilar.

❗️Hozirda mazkur korxona tayyor tikuv mahsulotlari, yaʼni dastroʻmol, oshxona kiyim-kechaklari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarib, tashqi bozorlarga eksport qilib kelmoqda.

BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
#challenge

Yaqinda bir ajoyib tashabbus boshlashibdi. O'qib nihoyatda xursand bo'ldik. Kelinglar, shuni chellenj darajasiga olib chiqaylik!

BARCHA OTA-ONALAR UCHUN YANGI CHELLENJ

O‘qituvchilarni hurmat va xursand qilish uchun hukumatning alohida qarori shart emas, bu ishni bugundan boshlashingiz mumkin: bir varaq qog‘ozga farzandingiz ustoziga minnatdorchilik xati yozib jo'nating, imkon topsangiz yoniga yangi kitob qo'shib bering. Ishoning, ustozlar uchun bu katta xursandchilik - sovg'a emas, e'tibor va e‘tirof.

"Muhtaram ustoz!
Biz uchun aziz bo‘lgan farzandlarimizga ta'lim berayotganingiz uchun sizga ko‘pdan-ko‘p tashakkurlar aytamiz. Bilamiz, bu siz uchun oson emas, 30 bola, 30 xarakter... vaqti kelsa bolamizning darsiga yordam berishga vaqt topolmaymiz, Siz esa... (davom ettirishingiz mumkin)"

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
#ona_tilim_faxrim
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Xonqa_IM

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi"ning 34 yilligi munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.

⚜️Urganch shahar 1-son IMIda 5-6-sinf oʻquvchlari oʻrtasida "She'rxonlik musobaqasi" boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilar oʻzlari yod olgan she'rlardan namunalarni ifodali bayon etdilar.

⚜️ Xonqa tumani IMda "Tilimiz haqida qanchalik bilamiz?" mavzusida savollar viktorinasi 17-oktabr kuni boshlandi va 21-oktabrgacha davom etadi. Ertalabdan maktabning faol o‘qituvchi va o‘quvchilari tadbirda qatnashib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda. Savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga minnatdorlik sifatida sovg‘alar berilmoqda. Shuningdek, maktabning 7-sinflari o‘rtasida bellashuv tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchisi: ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Umidbek Qodirov.

🔅 O'zbek tili bayramingiz muborak boʻlsin, azizlar!

🌐
Telegram | Facebook