XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#vatan_tayanchi_otryadi

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xiva shahar Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan shaharda  joylashgan maktablardagi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati a’zolariga "Va’da berish" ma’rosimi tashkil etildi.

🎫
Marosimda agentlik tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy ijod maktabi va Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari ham ishtirok qildilar va otryadga a'zo bo'lib, ko'krak nishon va guvohnomalarga ega bo'ldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Tuproqqalʻa_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi dars jarayonlaridan qizg'in lavhalar!
 
🛠 10-Green sinf o‘quvchilari bilan informatika va axborot texnologiyalari fanidan "Kompyuterning ichki qurilmalari" mavzusidagi amaliy darsda o'quvchilar ustozi Raximova Nilufar yordamida kompyuterning ichki qurilmalarini o‘z qo‘llari bilan yig‘dilar.

🌿 7-B sinf o‘quvchilari bilan biologiya fanida " O‘simliklarning  vegetativ organlarini o‘rganish " mavzusida amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilar tabiatdagi o‘simliklarni yaqindan o'rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Darsni oliy toifali biologiya fani o'qituvchisi Yeshmuradova Munojat o'tkazdi.

💧 6-Blue sinf o‘quvchilari matematika fanidan "Suvning shakllararo harakatlanishi" mavzusida loyiha ishi yaratdilar.

Kelajak siz kabi yoshlar qo'lida, qunt bilan bilim olishdan charchamanglar, aziz o'quvchilar!

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

ONA TILIM-O‘ZING MENING JON-U DILIM!

Ogahiy nomidagi ijod maktabida 21-oktabr "O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida keng ko‘lamli tadbirlar #Ona_tilim_faxrim heshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan tanlovlar, sinflar kesimida bellashuvlar, she'riyat kechalari doimiy yoritib borilmoqda.

🎙Maktabimizning 9-"B" sinf o‘quvchisi Rahmonberganov Mirjalol va 10-"A" sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Jasminalar

📑 Tengdoshlar ijodiga murojaat qilib maktabimizning 10-"B" sinf o‘quvchisi Baxtiyorov Jahongirning "Ona tilim" nomli she'rini o‘qib berdilar.

⚡️ Siz ham bizning davramizga qo‘shiling. Bayram chellenjida siz ham faol ishtirok eting.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim
#Urganch_shahar_1_son_IMI

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "4" KUN QOLDI❗️

🔰Urganch shahridagi 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida #Ona_tilim_faxrim chellenjida faol ishtirok qilyaptilar.

⚡️ Chellenjda siz ham faol ishtirok eting.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#E_lon
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_birinchi_bosqich

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI tomonidan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi ehtiyoj mavjud boʻlgan fan oʻqituvchilarini saralab olish maqsadida oʻqituvchilar tanlovining

📍Birinchi bosqichi (saralash) joriy yilning 13-22-oktabr kunlari oʻtkaziladi.

Xorazm viloyati bo'yicha bo'sh o'rinlar:

1. Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
▪️Geografiya va iqtisodiyot fani o'qituvchisi
▪️Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi

2. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
▪️Matematika fani o'qituvchisi

3. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
▪️Matematika fani o'qituvchisi

4. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
▪️Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi

🟢 Hujjatlarni 22-oktabr kuni soat 18:00 ga qadar job.piima.uz platformasi orqali topshirishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
#ona_tilim_faxrim

«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi»
.
✍️Erkin Vohidov

Аптека-DORIXONA
дежур - NAVBATCHI
действительно - DARHAQIQAT, HAQIQATDAN
багаж - YUKXONA
Анализ - TAHLIL
бритва - USTARA
Буханка - BO‘LKA NON
вешалка – ILGAK
Вилка-SANCHQI
вино - MUSALLAS
Даже - HATTOKI
Дача - DALA HOVLI

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
#ona_tilim_faxrim
#Shovot_IMI

ONA TILI VA ADABIYOT FAN HAFTALIGI JARAYONLARIDAN

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda joriy hafta "ONA TILI VA ADABIYOT fani haftaligi" deb e'lon qilindi va bu doirada turli tadbirlar o'tkazilmoqda

▪️Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari tomonidan tashkil qilingan haftalikning ochilish marosimida maktab-internatning oʻquvchi va oʻqituvchilari ona tili va adabiyot fanidan viktorina savollariga javob berdilar.

▪️ 7-"B" sinfda Ona tili fanidan "Qutb yulduzi matni tahlili va olinma so'zlar" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Dars qiziqarli hamda turli topshiriqlarga boy bo'ldi. O'qituvchi darsda turli xil interfaol metodlardan foydalandi. (o'qituvchi: X.Qo'chqarova)

▪️ 6-"A" sinfda O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asaridan parcha va "Eng og'ir gunoh" hikoyasi mavzusida ochiq dars o'tkazildi. (o'qituvchi: X.Qo'chqarova)

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

🔅18-oktabr - Samarqand shahri kuni

1996-yil 18-oktabr kuni Amir Temur tavalludining 660 yilligi tantanalari doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va bu kunni Samarqand shahri kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ayni shu kuni Samarqandda Sohibqiron Amir Temurning haykali ochilgan.

✔️Shundan buyon ushbu kun keng nishonlanib kelinadi.

🌐 Telegram | Facebook