XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.8K photos
1.42K videos
32 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

Aytib sovumas taronasan sen,
Olib qurumas xizonasen sen.

✍️“Layli va Majnun” Alisher Navoiy – Tilimiz haqida

Остановка - BEKAT
Носки - PAYPOQ
Обед - TUSHLIK
Обои - GULQOG‘OZ
Обслуга - XIZMAT
Общежитие - YOTOQXONA
Общий - JAMI
Одолжение - ILTIFOT
Оптом - ULGURJI
От души - CHIN QALBDAN
Отвёртка - MIXBURAGICH
Ответ - JAVOB
Отдых - DAM
Отопление - ISITISH TIZIMI
Очередь - NAVBAT

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
#yangiliklar

Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

• kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

• qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

• bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

• yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan) boshlab 1-sentabrgacha.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from KHISO olimpiada
🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Respublika Ta'lim Markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida onlayn olimpiada oʻtkaziladi!

📌 Olimpiada quyidagi kategoriyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “BILAGʻON” integratsion olimpiadasi (ona tili, oʻqish va tabiat fanlari uygʻunligida);

5-11-sinf o‘quvchilari, talabalar va oʻqituvchilar uchun ona tili va adabiyot fanlaridan;

➡️ Ushbu @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

🔔 Olimpiada 21-oktyabr kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha khiso.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

❗️ Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🇺🇿 Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🥇ERON GEOMETRIYA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETING!

Dunyoning 73 ta davlatidan 28 mingden ishtirokchilarni qamrovchi xalqaro 10-Eron geometriya olimpiadasi 20-oktabr kuni bo'lib o'tadi.

"Uzbek Math Community" jamoasi hududlardagi hamkorlar ko'magida o'quvchilarga olimpiada savollarini o'zbek tilda hamda o'z hududida bepul ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

Eron geometriya olimpiadasi 4 xil yosh kategoriyasida o'tkaziladi:

👉7-8-sinf o’quvchilari uchun;
👉 9-10 sinf o’quvchilari uchun;
👉 11-sinf o'quvchilari uchun;
👉 Ixtiyoriy yoshdagilar uchun. Ya’ni yoshidan qat’iy nazar, talabalar, o’qituvchilar ham qatnashishi mumkin.

📝 Masalalar soni va ballar: Barcha kategoriya uchun 5 ta har xil qiyinlikdagi masala. Har bir masala 8 balldan baholanadi. Jami 40 ball.

Batafsil
Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/v27JAjJcApRq1YBc7

👉
@uzmathcommunity
#Hamkorlik #uchrashuv
#Prezident_maktabi
#Shovot_IMI
#Yangiariq_IM

HAMKORLIK_UCHRASHUVI

  Xiva shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Sattorbek Yo'ldashev

⭕️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va
⭕️ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham o'quvchilar bilan qizg'in uchrashuvlar olib bordi.

✔️ Davra suhbatlari qizg‘in bahs - munozaralarga boy bo'ldi. O‘quvchilar o‘zlari bilmagan ajoyib yangiliklarni va metodlarni o'rganishdi.

🌐
Telegram | Facebook
#vatan_tayanchi_otryadi

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xiva shahar Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan shaharda  joylashgan maktablardagi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati a’zolariga "Va’da berish" ma’rosimi tashkil etildi.

🎫
Marosimda agentlik tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy ijod maktabi va Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari ham ishtirok qildilar va otryadga a'zo bo'lib, ko'krak nishon va guvohnomalarga ega bo'ldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Tuproqqalʻa_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi dars jarayonlaridan qizg'in lavhalar!
 
🛠 10-Green sinf o‘quvchilari bilan informatika va axborot texnologiyalari fanidan "Kompyuterning ichki qurilmalari" mavzusidagi amaliy darsda o'quvchilar ustozi Raximova Nilufar yordamida kompyuterning ichki qurilmalarini o‘z qo‘llari bilan yig‘dilar.

🌿 7-B sinf o‘quvchilari bilan biologiya fanida " O‘simliklarning  vegetativ organlarini o‘rganish " mavzusida amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilar tabiatdagi o‘simliklarni yaqindan o'rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Darsni oliy toifali biologiya fani o'qituvchisi Yeshmuradova Munojat o'tkazdi.

💧 6-Blue sinf o‘quvchilari matematika fanidan "Suvning shakllararo harakatlanishi" mavzusida loyiha ishi yaratdilar.

Kelajak siz kabi yoshlar qo'lida, qunt bilan bilim olishdan charchamanglar, aziz o'quvchilar!

🌐
Telegram | Facebook