XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
35 files
7.25K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Hamkorlik #Uchrashuv
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qoʻshkoʻpir_IM

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o'quvchilar bilan turli soha vakillari, ziyolilar va jamoat vakillari bilan uchrashuvlar reja asosida tashkil qilinib kelinmoqda. Jumladan:

⭕️Urganch shahar 1-son IMIda 7-8-sinf o'quvchilari bilan "MUHSIN"oilaviy tarbiya maktabi asoschisi Mansur Matmuradov o'quvchilar bilan suhbat uyushtirdi.
🕐O'quvchilarga maqsad qo'yish, vaqtni rejalashtirish, odob-axloq qoidalarini hayotiy tajribalardan misol qilib tushuntirildi.

⭕️Qo'shko'pir tuman IMda tuman ma'naviyat-ma'rifat bo'linmasi rahbari R.Ismoilova va "Adolat" SDP tuman kengashi rahbari O.Karimovlar bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
💬Dunyoda bo'lib o'tayotgan siyosiy jarayonlar, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, turli xildagi missionerlik harakatlar va ulardan ogoh bo'lish hamda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar xususida to'xtalib o'tildi.

🌐 Telegram | Facebook
3
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#Tabriklaymiz

🇺🇿Viloyat hokimi olimpiadasining 11-turi 14-oktabr kuni Xiva tumanida o‘tkazildi.

💥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan g'olib bo'lgan o'quvchilar:

❗️Matematika 5-6-sinflar bo'yicha

Bog'ot tumani IM:
🥇O'rinov Asliddin -
1- o'rin va 5 mln

Xiva shahridagi Prezident maktabi:
🥈Atayev
Zufarbek- 2-o'rin va 4 mln

Qo'shko'pir tumani IM:
🥉Rahimberganova Muslimaxon
3- o'rin va 3 mln

❗️Matematika 7-8-sinflar bo'yicha

Yangiariq tumani IM:
🥈Shavkatov Amirbek-
2-o'rin va 4 mln

Hazorasp tumani IM:
🥉Raximov Bunyodbek
3- o'rin va 3 mln

❗️Kimyo fani 7-8-sinflar bo'yicha

Urganch shahar 1-son IMI:

🥇Tillayeva Aziza -
1-o'rin va 5 mln
🥈Sheripboyeva Bonu - 2-o'rin va 4 mln

❗️Olimpiadaning keyingi turi noyabr oyida Xiva shahrida matematika va biologiya fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook
👍4🤩1
#Ona_tilim_faxrim
#Bellashuv
#Ogahiy_ijod_maktabi

❇️ Ogahiy ijod maktabining 7-"A" va 7-"B" sinf o'quvchilari o'rtasida 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan" kun munosabati bilan bellashuv o'tkazildi.

➡️
Bellashuvda o'quvchilar "Mushoira", "Bo'g'inlar ko'prigi", "So'z ichida so'z", "Maqollar tilga kirganda" kabi shartlar asosida bellashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Toʻgarak_jarayoni

▶️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "ROBOTOTEXNIKA TO'GARAGI" tashkil qilingan bo'lib, Xursand Razzoqov tomonidan o'quvchilarga har hafta amaliy mashg'ulotlar o'tib kelinmoqda.

✔️Yuqoridagi lavhada o'quvchimiz Oktabrov Umrbek tomonidan 2 ta rejimda ishlaydigan avtomatik sug'orish sistemasi yasalgan va dasturlangan.

1-rejim: Namlik asosida ishlaydi ya'ni qachonki yer quruq bo'lganda avtomatik sug'orib boshlaydi va me'yorga yetganda to'xtaydi.
2-rejim: Sozlangan vaqt asosida ishlaydi ya'ni qaysi vaqtga sozlab qo'ysangiz har kuni o'sha paytda avtomatik sug'oradi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥4
Forwarded from Alisher Sadullaev
18-19-noyabr kunlari O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi - 600 million so‘m boʻlgan III “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi! Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovat.tv veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

Hurmatli, shaxmat ixlosmandlari! Ushbu yirik shaxmat musobaqasi ishtirokchisiga aylaning va nafaqat o‘z kuchingizni sinash, balki professionallardan master-klass olish hamda xalqaro grossmeysterlar bilan shaxmat seanslarida bellashish imkoniyatini qoʻlga kiriting!

Arizalar, 9-noyabr 12:00 gacha qabul qilinadi.

@alisher_sadullaev
#ona_tilim_faxrim

Aytib sovumas taronasan sen,
Olib qurumas xizonasen sen.

✍️“Layli va Majnun” Alisher Navoiy – Tilimiz haqida

Остановка - BEKAT
Носки - PAYPOQ
Обед - TUSHLIK
Обои - GULQOG‘OZ
Обслуга - XIZMAT
Общежитие - YOTOQXONA
Общий - JAMI
Одолжение - ILTIFOT
Оптом - ULGURJI
От души - CHIN QALBDAN
Отвёртка - MIXBURAGICH
Ответ - JAVOB
Отдых - DAM
Отопление - ISITISH TIZIMI
Очередь - NAVBAT

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
👍3