XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
20.2K photos
1.36K videos
32 files
6.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Chingiz_Aytmatov_tavalludi
#dars_jarayoni

📚 Jahon adabiyotining yetuk namoyondasi Chingiz Aytmatov nafaqat qirg'iz xalqining, balki o'zbek xalqining ham sevimli adibi hisoblanadi.

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7"A"-sinfida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Saidova Inobat tomonidan "Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" qissasi matni ustida ishlash" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

🔻Dars jarayonida o'quvchilar Chingiz Aytmatov qalamiga mansub "Birinchi muallim" qissasi bilan tanishdilar, asarda qo'llanilgan badiiy tasvir vositalari va asar g'oyasi haqida yetarli bilim va ko'nikmaga ega bo'ldilar.

🔘 O'quvchilar "Asar adashdi", "Kim chaqqon-u, kim epchil?", "Aqliy hujum" kabi metodlar asosida asar ustida topshiriqlar bajargan bo'lsalar, " Birga ijod qilamiz" metodi asosida asar matnini qayta hikoya qilishga kirishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#dars_jarayoni
#ochiq_darslar_davom_etmoqda

🌏 Tabiiy boyliklarimiz cheklangan, biroq ijodkorligimizning chegarasi yo'q.
Janubiy Koreya Posco kompaniyasining shiori

🔰 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tarbiya fani o'qituvchisi Abror Zaripov 8 A-sinfda "Mashaqqatlarni yengib o'tish" mavzusida ochiq dars o'tdi.

🌐 Darsda "Telegram" va "Vkontakte" ijtimoiy tarmoqlari asoschisi Pavel Durov, Fransiyalik Ferdinand Sheval haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi.

☀️☀️☀️Ixtirochilikning 10 foizi tasavvur bo'lsa, 90 foizi mashaqqatli mehnatdir.
Tomas Edison

🌐 Telegram | Facebook
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun imkoniyat taqdim etishni davom etamiz!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda ingliz tili fan o‘qituvchilarini Britaniya Kengashining "Online Teacher Community" platformasida onlayn tarzda malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

📆 Agar Siz Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda faoliyat olib borsangiz, quyida berilgan havola orqali kursga 5-yanvargacha ariza topshirishingizni tavsiya qilamiz.

👉https://forms.office.com/e/PbMx4YxNM1
Forwarded from WikiStipendiya
💥Navbatdagi rekordni qarshi oling: ruscha Vikipediyani ortda qoldirdik!

OʻZBEKISTON ichida
oʻzbekcha Vikipediya koʻrishlar soni boʻyicha ruscha Vikipediyadan oʻzib ketdi!

❗️Statistikaga koʻra, Oʻzbekistonda 2022-yilning noyabr oyida rus tilida 11,1 million sahifa koʻrilgan boʻlsa, oʻzbekchada 11,4 million sahifa oʻqilgan!

🔥Taʼkidlash kerakki, Markaziy Osiyoda mahalliy tilda maʼlumot koʻrish ruscha Vikipediyada oʻqishdan oʻzib ketishi birinchi marta kuzatilmoqda!

Yangicha, ayricha rekord bilan barchani tabriklaymiz!

#Tilimizuchun!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Toʼgarak_jarayoni

🌱 Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabining "Kvilling" to'garagi rahbari M.Ibragimova - tirishqoq va mehnatsevar ustoz.

🪴To'garak a'zolari bilan dars mashg'ulotlarida yangidan- yangi go'zal namunalar yaratishga harakat qiladi.

🌹 Go'zal inson - bu barkamol rivojlangan shaxs. Uning uchun dunyo boy, maftunkor, eng muhimi, mehribon va ochiqdir. Bunday odamning qalbi go'zal, deyishadi.

🌴 O'z bilimini muttasil kengaytirib, o'zida insoniylikni tarbiyalaydigan, insoniylikni insonlar o'rtasidagi munosabatlarning asosi, deb biladigan insonlar uchun hayot go'zaldir.

🌿 Yosh ustozdan yana go'zal namunalar kutib qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Alpomish_avlodlari

🏵 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida " KIM YURTIGA SODIQ BO'LSA, MENDIRMAN O'SHA!" shiori ostida sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

MAQSAD:
Vatan ozodligi yo'lida mardona kurash olib borgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati, shonli hayotini targ'ib qilish orqali o'quvchilarda Vatanga sadoqat, shijoat va qat'iyat tuyg'ularini mustahkamlash.

🌐 Telegram | Facebook
📢 7-8-sinf o'quvchilari diqqatiga.

💠 Bugun 14-dekabr soat 20:00 da @olympiad_training guruhida 7-8-sinf o'quvchilari uchun "Al-Xorazmiy olimpiadasiga hamda Xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan "Onlayn Master Class" bo'lib o'tadi.

Bunday imkoniyatni qo'ldan oy bermang hamda do'stlaringizni ham taklif qiling.

Ushbu muloqot ochiq tarzda barcha uchun mutlaqo bepul olib boriladi.

Muloqotda olimpiadalarga tayyorlanishga qiziquvchi 5-6-sinf o'quvchilarini hamda O'qituvchilarni ham taklif qilamiz.

📈 Telegram kanalimizga a'zo bo‘ling va biz bilan Prezident maktablari,Ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Xalqaro olimpiadalarga birga tayyorlaning.

➡️ https://t.iss.one/olympiad_edu

➡️ https://t.iss.one/piimaolympiad_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔰 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinf o'quvchilaridan xushxabarlar!

🏆 Respublika miqyosida matematika, ingliz tili va IQ test bo'yicha o'tkazilgan integratsion olimpiadada Ruhshona Reyimboyeva kumush medalini qo'lga kiritdi.

🏆 Allaberganov Jayhun esa O'zbekiston Respublikasida ilk bor barcha viloyatlararo "Mental arifmetika" bo'yicha Respublika saralash bosqichida faol ishtirok etdi va faxrli I-o'rinni egallab, Qozog‘istonda bo'lib o'tadigan xalqaro 5 davlat o'rtasidagi olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🎉 O'quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz, ularning keyingi o'qishlariga ham ulkan zafarlar tilaymiz.

💠 Bilim egallashda qunt va ishtiyoqni aslo so‘ndirmang, aziz o'quvchilar!

🌐 Telegram | Facebook