XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.95K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_natijalari
#Tabriklaymiz

VIDEOROLIK (yakka tartibda ishlangan)

1-o'rin

🥇Qadamova Bashorat - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

39-ISHTIROKCHI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_natijalari
#Tabriklaymiz

VIDEOROLIK (yakka tartibda ishlangan)

2-o'rin

🥈 Otaboyeva Mumtozxon - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

28-ISHTIROKCHI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_natijalari
#Tabriklaymiz

VIDEOROLIK (yakka tartibda ishlangan)

3-o'rin

🥉Yuldasheva Sarvinoz - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

25-ISHTIROKCHI
#Bugun

11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni

🙍🏻‍♀️Har yili 11-oktabrda "Xalqaro Qizlar kuni" nishonlanadi. Bu butun dunyo bo'ylab gender tengligini targ'ib qilish va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga bag'ishlangan kun. Ushbu kun qizlar duch keladigan muammolar, jumladan, kamsitish, zo'ravonlik, ta'lim va sog'liqni saqlashdan foydalanishning cheklanganligi haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

▪️Ushbu sana 2011-yilda BMT tomonidan qizlar huquqlarini tan olish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish uchun himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
12 yildan buyon yilning 11-oktabr sanasi dunyo miqyosida “Xalqaro qizlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan joriy etilgan o‘ziga xos ushbu bayramda turli xalqaro tashkilotlar dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning hayot tarzi, ularning qiziqishlari, ta’lim olish sharoitlariga qaratadi. Qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi va tahlil etiladi.

Aytish lozimki, O‘zbekistonda ham qizlarning ta’lim olishi, qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish borasida barcha qonunchilik asoslari va munosib sharoitlar yaratilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 6,4 mln nafar o‘quvchilarning 3,1 mln nafarini qizlar tashkil etadi.

⚡️Eng e’tiborlisi, vazirlik tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 200 mingga yaqin o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda bilim va kasb-hunar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu o‘quv maskanlarida qizlar kashtachilik, to‘quvchilik, pazandalik kabi yo‘nalishlar qatorida, rabototexnika, IT va boshqa ko‘plab zamonaviy kasb va bilimlarga doir bilimlarini oshirishmoqda.

Bu ta’lim markazlarida qizlarni kasbga o‘qitish, iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Aziz o‘quvchi-qizlar!

Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu muhim sana — qizlar bayrami bilan samimiy tabriklayman. O‘zbekona odob-axloq, go‘zallik va nafosat doimo sizlarga hamroh bo‘lsin!
O‘qish va izlanishdan hech qachon to‘xtamang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_qizlar_kuni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🙍🏻‍♀️ Bugun "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida iqtidorli, tashabbuskor, bilimli qizlar "QIZLARJON" klubiga a'zo bo'lishdi. Hamma bir ovozdan 11-01-sinf o'quvchisi Urazmatova Sevinchoyni klub sardorligiga saylashdi.

👮‍♂️Shuningdek, maktab-internatning o'g'il bola o'quvchilari tomonidan "Qizlarni e'zozlab" chellenji o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#IELTS
#Xonqa_IM

💠 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisilari IELTS sertifikatlarini qo'lga kiritmoqdalar.

Ko'palova Salima - 7,5 ball

Karimquliyeva Gulhayo - 6,5 ball

Otaboyeva Dilnavoz - 5,5 ball

O'quvchilarimizni ushbu yutuqlar'i bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook