XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Xiva_Prezident_maktabi

Xotira – muqaddas, qadr – abadiy

🇺🇿 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Matniyazov Amin ota xonadonida bo'ldilar.

O’quvchilar 103 yoshni qarshilagan urush faxriysi bilan suhbatlashib, u kishining mardlik va fidokorlik yo‘li, boshidan kechirgan sinovli kunlari haqida eshitdilar. Bu uchrashuv o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, tinchlik qadri va tarixga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

🌐 Telegram | Facebook
2
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🇺🇿 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlar:

CHQBT rahbari Ulliyev Xursandbek boshchiligida 8-A va 9-B sinf oʻquvchilari va ularning sinf rahbarlari, tarbiyachi ustozlar bilan birgalikda Xiva shahridagi "Xotira maydoni"ga sayohat uyushtirdilar.
   
"Vatan ravnaqi tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi" shiori ostida rasmlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

5-6-7-8-sinf oʻquvchilaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

8-9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida  Voleybol sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Bu o'yinga tarbiyachi ustoz Abdullayev Jamol boshchilik qildi.

8-B sinf o'quvchilari ustozlari boshchiligida bayram munosabati yoshi ulug' faxriylarning holidan habar olib, ularning duolarini olish maqsadida Ro'zmetova Tojigul ona xonadonida mehmonda bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
2🔥2
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Xiva_shahar_2_son_IM

🇺🇿 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar:

8-may kuni 7-"A"sinf oʻquvchilari ustozlar hamda oʻquvchilarni munosib tarzda kutib olishdi. Oʻquvchilar tomonidan bayram mavzusi asosida tuzilgan savollarga javob berishdi.

8-"A" va 8-"B" sinf o‘quvchilari oʻrtasida futbol musobaqalari oʻtkaziladi.

5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Tasviriy sanʼat", "Videorolik", "Booktreyler yaratish" yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#Psixolog_faoliyati

Oila qudrati - jamiyat kelajagi
!

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabi psixologi N.Kariyeva tomonidan "15-may - Xalqaro oila kuni" munosabati bilan 5-sinf o'quvchilari va  ularning ota-onalari uchun psixologik trening tashkil etildi.

Treningdan  ko'zlangan asosiy maqsad  ota-ona va farzand munosabatlarini yanada mustahkamlash va bu orqali o'quvchilar ongida barqaror jamiyat tushunchalarini shakillantirishdan iborat edi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Xiva_shahar_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarbiyachi-pedagoglari faoliyatidan lavhalar.

Tarbiyachi Komiljanova Shamsqamar boshchiligida 7"A"‐ sinf o'quvchilari bilan "Mening sog'ligim" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Abdusharipova Barchinoy tomonidan 5-"A" sinf o'quvchilari uchun "Personal Hygiene" - "Shaxsiy gigiyena" mavzusida davra suhbati olib borildi.

7-"b" sinf oʼquvchilariga tarbiyachi-pedagog Nazarova Adolat tomonidan "Ekologik Global muammo" mavzusida suhbat oʼtkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Kasbga_yoʻnaltirish
#Xiva_shahar_2_son_IM

▫️Mikrokreditbankning Xiva shahar filiali hamda Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida iqtisodiyot sohasiga qiziqqan oʻquvchilarga bank faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Mikrokreditbankda boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar kuni"da Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 9-"A"sinf oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. Qiziqarli trening jarayonlari boʻlib oʻtdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2👏1
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🔔 23-may kuni Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida hayajonli va unutilmas daqiqalarga boy "So'nggi qo'ng'roq" tadbiri bo‘lib o‘tdi!

Tadbirda 244 nafar o'quvchi, 33 nafar ota-onalar faol qatnashib, bayramning chiroyli o'tishiga o'z hissasini qo'shdilar. Tadbir davomidagi kichik sinflar tomonidan musiqiy chiqishlar va bildirilgan samimiy tilaklar barchani quvontirdi.


Maktab-internatni a’lo baholarga tamomlagan, Respublika, viloyat va tuman miqyosidagi fan olimpiadalarida ishtirok etib, yutuqlarga erishgan namunali o‘quvchi yoshlar hamda ularning fidokor ota-onalari tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
🎉2👍1
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Xiva_shahar_2_son_IM

🔔 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "So'nggi qo'ng'roq" tadbiri bo‘lib o‘tdi!

Tadbir davomida maktab bitkazuvchilarining chiqishlari, raqslar ijro etildi. Mehmonlarning samimiy tilaklari tinglandi.

O'quv yili davomida yuqori natijaga erishgan bir guruh o‘quvchilar va xodimlarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar berildi.

🌐
Telegram | Facebook
👍1🔥1
#Xiva_Prezident_maktabi
#Psixolog_faoliyati

Farzandim kelajagi - mening kelajagim!

Xiva shahridagi Prezident maktabi psixologi N.Kariyeva tomonidan 7-sinf o'quvchilarning ota-onalar uchun "Farzandim kelajagi - mening kelajagim" shiori ostida psixologik trening tashkil etildi.

⚡️ Treningdan ko'zlangan asosiy maqsad o'smirlik davrni boshdan kechirayotgan o'quvchilarimizning ota-onalariga "O'smirlik" davri haqida batafsil ma'lumot berib bu davrda o'smirda uchraydigan o'ziga xos muammolarini va ularni bartaraf qilish yuzasidan ma'lumot va tavsiyalar berish.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2025_2026
#Xiva_shahar_2_son_IM

📣📣📣📣 DIQQAT, EʼLON📣📣📣📣

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabiga

⚡️5-SINF⚡️ uchun 24 NAFAR
⚡️6-SINF⚡️ uchun 24 NAFAR
⚡️8-SINF⚡️ uchun 6 ta boʻsh oʻringa
⚡️9-SINF⚡️ uchun 4 ta boʻsh oʻringa
OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI.

📂Hujjatlarni qabul qilish 1-iyun sanasidan boshlanadi.

Manzil: Xiva shahri, "Angarik" mahallasi Q.Bobo ko'chasi 13-uy

☎️ Maʼlumot uchun:
+998914351004
+998622262060
        
❤️ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
4👍3🔥3