Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
515 subscribers
6.49K photos
337 videos
19 files
1.4K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from Counselor Kuldashev
#Boyovut_tuman_IM #Bizning_shunday_ustozlarimiz_va_o'quvchilarimiz_bor

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Raimova Feruza Alijonovna o‘zbek tili va adabiyoti umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib B+ darajadagi sertifikatni qo'lga kiritdi.

❇️Shu bilan birga 11-sinf o'quvchilari Eshonqulova Farangiz Dilmurod qizi (ma'lumot uchun bu qizimizning ingliz tilidan ham sertifikati bor) 59.9 ball to'plab B darajadagi hamda Safarova Gulbahor Muhammadjon qizi 53.4 ball to'plab C+ sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

❇️O'quvchilarimizga sertifikatlarni olishda yaqindan yordam berayotgan ustozlarga cheksiz minnatdorchilik izhor qilamiz

❇️O'quvchilarimizga esa kelajakdagi o'qishlariga zafarlar tilaymiz!

|TELEGRAM |FACEBOOK  |INSTAGRAM |YOU TUBE
Forwarded from Guliston shahar 1-son IMI (Avazbek Guliston sh.1.son IMI)
🏢Guliston shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

SAT_seminar

Seminar maqsadi o'quvchilarga SAT imtihonining tuzilishi, metodikasi va baholash tizimi haqida chuqur tushuncha berish, ularni sinovning har bir segmentiga tayyorlashdan iboratdir.

SAT sertifikati sohibi bo'lgan tajribali mutaxassislar tomonidan olib borilgan ma'ruzalar, treninglar va interaktiv mashg'ulotlar yordamida o'quvchilarga testdagi murakkab savollarni hal qilishda qo'llaniladigan ilmiy-analitik metodologiyalar, vaqtni samarali boshqarish texnikalari va optimal javob berish strategiyalari o'rgatiladi.

Seminar davomida, shuningdek, o'quvchilarga SAT imtihonining matematik va analitik bo'limlari, ingliz tili va o'qish bo'yicha qismlarini puxta o'zlashtirish, o'quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning intellektual faolligini oshirish va o'z salohiyatlarini maksimal darajada namoyish etish imkoniyatini yaratadi.

|Telegram| Facebook|
Forwarded from Yangiyer IM Shermatov Doniyor
#Yangiyer_shahar_IM
#Yangi_baholash_tizimi
#Amaliy_mashgʻulot

🏢Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab OʻIBDOʻ D. Shermatov va fan o'qituvchilari tomonidan 2024-2025-o'quv yilida yangi baholash tizimi bo'yicha tajriba-sinovdagi Xovos tumanidagi 1, 9, 14, 30-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilariga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarni ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi toʻgʻrisida amaliy mashgʻulot oʻtishdi.

📌Maktab o'qituvchilarining yangi baholash bo'yicha savollariga javob berishdi. BSB va CHSB topshiriqlari bo'yicha tayyorlanadigan barcha hujjatlar bo'yicha maktab rahbariyatiga hamda oʻqituvchilariga tavsiya va koʻrsatmalar beishdi.

⌛️ Umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram