Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
524 subscribers
6.34K photos
327 videos
19 files
1.37K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
#_Hashar_elga_yarashar

"Hashar — elga yarashar" degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bag'rikenglik, o'zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko'chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

Shu bois Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 16-mart kuni "Hashar-elga yarashar" shior ostida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Hashar ishlari 18-mart kuniga qadar davom etadi.

🔍Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
I Telegram | Facebook | Instagram I
#Yangiyer_shahar_IM
#Hashar_elga_yarashar

Har yili uyg‘onish, yasharish fasli bo‘lmish navbahor, qadimiy va go‘zal ayyomimiz Navro‘zi olam arafasida ko‘cha-ko‘ylar, mahallalarni obod qilish, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holga keltirish o‘zgacha bir an’anaga aylanib qolgan.

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Erta tongdan Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining ishchi xodimlari hamjihat bo‘lib ushbu hasharda faol ishtirok etmoqda. Maktab hududidagi yoʻlaklar tozalandi va daraxtlar oqlanib, gul koʻchatlari ekilmoqda.

📲 Rasmiy sahifamiz👇
Telegram
Forwarded from Psixolog Avazbek Guliston sh.1.son IMI
🏢Guliston shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

🌱Umumxalq hashari

☘️Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda.

|Telegram| Facebook|